tuyg‘usi ildiz otib, ulg‘aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar
yuksak bo‘ladi.
Albatta jahon — keng, dunyoda mamlakat ko‘p, lekin bu
olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan.
Mana shu ulug‘ tuyg‘u har birimizning dilimizga jo bo‘lishi,
hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim.
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, tomirida milliy g‘urur,
Vatan ishqi jo‘sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yur-
timizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni yashnatib
tursin.
Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asaridan. www.ziyouz.com kutubxonasi