Mavzuning dolzarbligi
:
Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga
oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir.
SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan
bosqichma - boskich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni
samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi.
Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi
hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib
olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati
mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo
o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning
atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari
mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida
namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari,
qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita
rivojlanadi.
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun
ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat
namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi,
o‘zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni
to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning
bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira,
tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi.
O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-
atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy
sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari
uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida
tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha
4
sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar,
bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon
bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z
o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib
kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda
bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib
olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga
munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari,
istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning
xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul
tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning
asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti
sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar,
pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari
diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir .
Dostları ilə paylaş: |