1.2 Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati
Ko’pchilik psixologlar hamda pedagoglar o’yinning psixologik masalalari
bilan bevosita shug’ulaninb,o’yinlarning bolaning psixik kamol toptirishdagi
ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tganlar , ma`lumki o’yin bola uchun voqeolikni aks
ettirishdirbu voqelik bolani qurshab turgan voqeolikdan ancha qiziqarlidir.o’yining
qiziqarliligi uni anglab yetishning osonligidadir .Kattalar hayotida faoliyat, xizmat
,yumush qanday ahamiyatga ega bo’lsa bola hayotida o’yin ham shunday
ahamiyatga ega .Jahon psixologiyasi fanida to’langan ma’lumotlarga ko’ra eng
soda psixik jarayondan eng murakab psixik jarayonlar hammasining eng muhim
jihatlarini shakillantirishda o’yinlar katta rol o’ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bola
muayan xususiyatga ega bo’lgan rolni tanlaydi ,shu bilan birga u yoki bu
personajga xos qatiy yurish –turishni ojngli ravishda ijro etishga intiladi. Shunday
ekan ,o’yin maskur bola uchun eng zarur faoliyatga aylana boradi va yangi
shakildagi xarektirlarni takomillashtirish ,ularni anglagan holda esga yushurish
ehtimoli yaqqol voqealikka aylana boshlaydi,Maskur harakatlarni egalash bolada
jismonoy mashiqlarni ongli ravishda bajarish imkoniyatni vujudga keltiradi.
Bolaning o’yinlar shart-sharoitidan-kelib chiquvchi ongli maqsadi harakatlarni
bajarish kezida o’z ifodasini topadi va uning o’z oldiga quygan maqsadi esda olib
qolish va esga yushurish jaroyonlariga aylanadi .Bolalr labaratoriya sharoitiga
nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga
ega bo’ladilarbu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuquroq ochishga yordam
beradi.o’yin faqat bilish jarayonlarni takomillashtirib qolmay , bolaning xulq-
atvoriga ham ijobiy tasir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini
boshqarish ko’nikmalarni tarkib toptirishga bog’liq psixologik muammoni
o’rgangan Z.B.Manuylenkoning fikricha biror maqsadga to’naltirilgan
mashyg’ulatga nisbatan o’yinda xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egalash
19
mumkin ayniqsa bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining
xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi . Katta maktabgacha yoshdagi
bolalarda o`z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham, boshqa
sharoitlarda ham qarib baravarlashadi .Bazan ular ayrim vaziyatlarda ,masalan
musoboqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga ham erishishlari
mumkin.O’yin vao’yin faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarni
shakilantirish ochun muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolaning aqliy o’sishi to’g’risida fikir yuritilganda ,oldingi bobda qayd
qilinganidek ,shuni ham aytish kerakki , narsalarni yangi nom bilan atashda yoki
yangicha nomlash xolatidan kelib chiqib ,subekt o’yin paytida faol harakat qilishga
urinadi . CHunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasavvur
qilinayotgan ,fikir yurtiladigan jisimlar mohiyatni aks etiruvchi harakat rejasiga
o’tadi.bola jisimlarni moddiy shaklidan birdaninga xayoliy ko’rinishga o’tishida
unga tayanch nuqtasi bo’lishi kerak,vaxolanki shunday tayanch nuqtasini
vazifasini bajaruvchi narsalarning aksariyatidan o’yinda bevosita obekt sifatida
foydalaniladi .O’yin faoliyatida maskur jisimlar qandaydir alomatlarni aks
ettiruvchi sifatida emas ,balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikirlash uchun
xizmat qiladi ,shuningdek ,tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog’liq
jihatini aks ettiradi. Yuqorida aytilganidek ,narsa bilan o’yin harakatlarning
takomillashuvi harakat shakli ,xususiyati ,bosqichi kabilarni qisqartirish va
umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishdagi mantiqan izchil ,yig’iq shakilga
o’tishining asosini tashkil qiladi.
Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor
bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan
xo‘losaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘gri yo‘li
ekanligini bildirmaydi. SHuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada
tafakkur va aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir, Aslida
narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini
o‘zgartirish bolaning aqliy o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi.
20
Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi kurinishi, ya’ni
uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning uchun o‘yin harakatlarini
shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga
keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning
muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali uz ifodasini topadi.
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan,
unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat
alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs
xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi
odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuygularini qo‘zgatuvchilar bilan
uzviy bogliq holda namoyon bo‘ladi. CHunki o‘yin davomida bolada har xil
xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari,
o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining
ta’siri ostida tug‘iladi.
Dostları ilə paylaş: |