II. bob Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida o‘yinning
ahamiyati.
2.1. O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini
asosan kuyidagi klassifikatsiya kilish mumkin.
1) syujetli va rollarga bulib uynaladigan o‘yinlar;
2) Dilaktik o‘yinlar;
3) Xarakatli yoki koidali o‘yinlar;
4) Aralashtirilgan o‘yinlar;
5) Kurish va yasash o‘yinlari.
Syujetli va rollarga bulib uynaladigan bogcha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin
formasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kuprok «bogcha-bogcha», «poezd-poezd»
kabi kizikarli bulgan o‘yinlar uynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning
o‘yinlari bir xil bulsa xam syujeti xar xil buladi. Masalan: kichik gurux bolalari
«bogcha-bogcha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovkat pishiradilar, nonni
kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non kugirchoklarga berilmaydi,
pishirilgan ovkat tarelkaga suzilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik
o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida
maxsus dastur asosida olib boriladigan mashgulotlarni muvaffakiyatli
utkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi ukish faoliyatiga tayyorlashga
katta yordam beradi.
31
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida xarakatli yoki koidali o‘yinlar
xam muximdir. CHunki xarakli o‘yinlar bolalarni jismoniy jixatdan
chiniktiradi, dadil, kurkmas, epchil bulishga undaydi.
Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o‘yin faoliyati syujet va mazmundan
tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan
voqelikning doirasi tushuniladi. o‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga,
oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda
yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor,
cheklangan bo‘lsa, o‘yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks
ettiradi.
O‘yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularin maxsus guruhlarga
biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o‘yinlarning
quyidagi tasnifini tavsiya qiladi:
1) ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kasb-
hunarga oid o‘yinlar;
2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro‘zg‘or: bog‘chaga, maktabga, kundalik
turmushga oid o‘yinlar;
3) harbiy
: urush-urush o‘yinlari;
4) drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o‘yinlar.
Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari
psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to‘la qo‘shilamiz, chunki harbiy va
drammalashtirilagn o‘yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin.
Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi
bolalarga xos rolli o‘yinlarning syujetiga ko‘ra uchta guruhga ajratishni tavsiya
qiladi:
1) maishiy mavzu syujetiga oid o‘yinlar;
32
2) ishlab chiqarish syujetiga maaluqli o‘yinlar;
3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o‘yinlar.
Muallif ayrim o‘yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha
bo‘g‘inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishag qarab va undan
ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi.
Uning fikricha, o‘yin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush
tajribasi kengayishi, uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib
borishi bilan bog‘liqdir. Darxaqiqat, o‘yin syujetining o‘sishi turmushning tobora
yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o‘ziga
xos boshqa ko‘rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.
Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim
birinchi», «koptok», «ok kuyonchautiribdi», «etib ol» o‘yinlari kiradi.
Xarakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashgulotlarida
utkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni xam bolalar sevib uynaydilar. Bu
o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga kuyiladi,rollarni esa bevosita
bolalarni uzlari ijro etadilar. Masalan: «Kizil shapkacha», «Tormok»,
«SHolgom» drammali o‘yinlar bolalarni nutki xayol va kobiliyatlarini tarkib
toptiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari orasida kurish-yasash o‘yinlari
xammaga ma’lum bir maksadga karatilgan buladi.
O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda urganish imkonini beradi.
Ayrim bolalar jamoa bulib uynashni yoktiradilar bu psixologik bolani umumiy
tarakkiyotiga ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga
tortishlari kerak.
Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik proseslari bilan
birlikda individual ( shaxsiy) xislatlari ham shaklllanadi. Mana shu nuqtai
nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlari orasida
eng asosiy, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasadagi
ta’lim – tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin
faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir.
|