122
- Uzbekiston Respublikasi davlat chegaralarini belgilashda, xaritaga olishda va
demarkatsiya kilishda katnashish;
- viloyatlar, tumanlar , ma’muriy va boshka xududiy tuzilmalar chegaralarini doimiy
belgilar bilan belgilash va ularni yuridik jixatdan rasmiylashtirish xamda geodezik
belgilash uchun chegaralash xay’atlari ishlarini tashkil kilishda katnashish;
- manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fukarolarni zaruriy geodeziya,
kartografiya xamda kadastr ma’lumotlari va asoslari bilan shartnoma asosida
ta’minlash;
- Uzbekiston Respublikasining kartografiya-geodeziya, aerokosmik kadastr axboroti
davlat fondini tashkil kilish xamda yuritish va boshkalar.
Geodeziya – kartografiya davlat kadastri quyidagi tamoyillar asosida kiritiladi:
7. respublikaning butun hududini qamrab olish;
8. koordinatalar va balandliklarni yagona tizimini qo‘llash;
9. geodeziya – kartografiya ishlariga markazlashgan rahbarlik;
10. geodeziya – kartografiya bo‘yicha bajariladigan ishlarning ob’ektivligi,
haqqoniyligi va to‘laligi;
11. geodeziya – kartografiya ishlarining bajarilishi ustidan davlat geodeziya
nazoratini amalga oshirishi.
O‘tkazilishi mazmuni va tartibiga qarab geodeziya – kartografiya davlat kadastri
asosan shakl turga bo‘linadi: asosiy (birlamchi) va joriy (kundalik).
Asosiy kadastrning vazifasi geodeziya va kartografiyaga oid ishlarning xo‘jalik
hamda huquqiy xolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlamchi sifatida olish va qabul
qilingan kadastr xujjatlarida yoritishdan iborat.
Qayd qilish zarurki, geodeziya – kartografiyaga oid ishlar, jumladan kartografik
materiallar ma’lum vaqt o‘tishi bilan eskiradi.
Kartografik materillardagi xolatlar o‘zgaradi. Qanchalik ko‘p vaqt o‘tadigan bo‘lsa
bu materiallarning eskirishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Ushbu kadastr materiallarini
(ma’lumotlarini) shu kunning talabi darajasida ushlab turish uchun va bu
o‘zgarishlarni kadastr xujjatlarida o‘z vaqtida yoritish maqsadida joriy (kundalik)
kadastr ishlari o‘tkaziladi.
Joriy kadastrning vazifasi asosiy kadastr ishlari o‘tkazilganidan so‘ng geodeziya-
kartografiyaga oid ishlar tarkibida yuz beradigan o‘zgarishlarni aniqlash va kadastr
xujjatlariga tushirishdan iborat. Bundan tashqari, boshlang‘ich yozuvlardagi xatolarni
tuzatish va zamon talablariga mos ravishdagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ham kiritish
joriy kdastrning vazifasiga kiradi.
Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan xolda geodeziya-kartografiya davlat
kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
12. geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni ro‘yxatga olish;
13. geodeziya punktlarini hisobga olish;
14. geodiziya-kartografiyaga oid ishlarni iqtisodiy baholash.
Dostları ilə paylaş: