Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


  Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Kadastrlari-1

 
3.  Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish. 


 
123 
     Geodeziya-kartografiya davlat kadastrini yuritish quyidagilar bilan ta’minlanadi: 
15. aerokosmik 
suratga 
olishlarni, 
topografiya-geodeziya, 
kartografiya, 
tuproqshunoslik,  agrokimyo,  geobotanika,  geologiya,  gidrogeologiyaga  oid  va 
boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o‘tkazish, geodeziya punktlarini, geodeziya 
va  kartografiyaga  oid  bojarilayotgan  ishlarni  hisobga  olish  va  boholash,  turli 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  geodeziya-kartografiyaga  oid 
bajarilgan ishlarni ro‘yxatga olish; 
16. geodeziya-kartografiyaga oid ishlar, turli geodeziya punktlarning mavjudligi va 
ulardan foydalanish to‘g‘risidagi xisobotlarni tuzish; 
17. joriy  tadqiqotlar,  suratga  olishlar  va  xaritalar  tayyorlash  hamda  boqa 
materiallardan  foydalangan  holda  geodeziya-kartografiyaga  oid  ma’lumotla 
majmuini yaratish va tartibga solib turish. 
       Geodeziya-kartografiya  davlat  kadastrini  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  maxkamasi  xuzuridagi  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastrlari  Bosh 
boshqarmasi hamda uning maxsus korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 
        Geodeziya-kartografiya  davlat  kadastrini  yuritish  sohasida  Bosh  boshqarmaga 
quyidagi vakolatlar berilgan: 
18. Davlat kadastrlari  yagona tizimiga taqdim  etiladigan  geodeziya-kartografiyaga 
oid  ishlar  bo‘yicha  axborotlarning  tarkibi,  hajmlari  va    ularga  qo‘yiladigan 
texnik talablarni belgilash; 
19. Respublikaning butun xududi bo‘yicha geodeziya-kartografiya davlat kadastrini 
yuritilishini tashkil etish; 
20. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor 
idoralar  va  tashkilotlar  bilan  birgalikda  turli  kadastrlarni  tashkil  etish  hamda 
yuritish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy ishlarni bajarilishida qatnashish; 
21. Qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni  amalga oshirish. 
 
O‘zbekiston  Respublikasini  mustaqil  davlat  sifatida  dunyo  hamjamiyatida 
o‘zining munosib o‘rnini taniyotganligini, mamlakatda esa bozor iqtisodiyotini qaror 
topayotganligi o‘z  navbatida geodeziya  – kartografiyaga oid ishlarga bo‘lgan  talabni 
keskin oshirmoqda. Negaki yaratilayotgan davlat kadastrlari yagona tizimlagi barcha 
kadastrlar  birini  navbatda  geodeziya  –  kartografiya  materiallari  (ma’lumotlari)  bilan 
ta’minlanishi  zarur.  Bundan  tashqari,  davlat  chegaralarini  aniqlash,  ularni 
demokratsiya  qilish  hamda  dahlsizligini  ta’minlash,  xalq  xujaligi  maqsadlari  uchun 
turli  tuman  yuqori  sifatli  plan  –  kartografik  materiallar  tayyorlash  ham  aynan 
geodeziya  –  kartografiyaga  oid  ishlarni  keng  qo‘lamda  olib  borish  zaruriyatini 
tug‘diradi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin