19
Kasalxona miqyosida ishlatiluvchi elektr nasoslar
•
Muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlar yoki egizaklar/
uchtaliklar uchun tavsiya qilinadi
•
Sutning kelishiga va uning miqdori ortishiga yordam berishi
mumkin
•
Ko‘pincha kasalxonadan, WIC markazidan yoki laktatsiya
bo‘yicha maslahatchidan ijaraga olish mumkin
Agar siz ko‘krak nasosining istalgan turidan foydalansangiz,
foydalanish va tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga albatta
amal qiling. Tavsiya qilinganidan uzoqroq vaqt nasos bilan
so‘rmang.
Sog‘ilgan sutni saqlash
Quyida sog‘ilgan sutni saqlash va undan foydalanish bo‘yicha maslahatlar keltirilgan:
•
Ko‘krak suti shisha yoki plastik idishlarda saqlanishi kerak . Biroq qayta ishlash raqamlari 3, 6 yoki 7
bo‘lgan plastik konteynerlardan yoki ko‘rinishi eskirgan konteynerlardan foydalanmang (kimyoviy
moddalarning ko‘krak sutiga o‘tishining oldini olish uchun) .
•
Ko‘krak sutini sovutkich yoki muzlatkichda saqlagan yaxshiroqdir, biroq uni xona haroratida olti soatdan
sakkiz soatgacha yoki muz bo‘laklari solingan sovuqroq sumkachada 24 soatgacha saqlash mumkin .
•
Sovutkichda saqlangan sutdan ikki kun ichida foydalaning .
•
Uzoqroq saqlash uchun sutni imkoni boricha tezroq muzlating . Uni muzlatkichning orqa tomoni — odatda
muzlatkichning eng sovuq bo‘lgan qismida saqlang .
•
Muzlatilgan sutni uch oydan olti oygacha saqlash mumkin . Har bir ko‘krak suti konteyneriga sana
qo‘ying va undan muzlatishdan ko‘zlangan maqsadda foydalaning .
•
Muzlatilgan sutni iliq oqim suv ostida tezlik bilan yoki sovutkichda asta-sekin eriting . Eritilganidan
keyin undan 24 soat ichida foydalaning yoki foydalanilmay qolsa, chiqitga chiqaring .
•
Ko‘krak sutini pechda yoki mikroto‘lqinli pechda isitmang .
20
Ko‘krak suti bilan emizuvchi ko‘pgina onalar uylaridan tashqariga chiqib ishga yoki o‘qishga ham
borishadi . Qaytishdan avval ish beruvchingiz/maktabni kun davomida sutingizni sog‘ishni (nasos
bilan so‘rishni) xohlashingizni xabardor qiling . Nyu-York shahri Mehnat to‘g‘risidagi Qonunining
7-moddasining "Emizuvchi onalarning ko‘krak sutini sog‘ishga bo‘lgan huquqi" nomli 206-c-bo‘limi
ish beruvchilarni emizuvchi onalarga ular farzand tuqqanlaridan boshlab uch yilgacha o‘z sutlarini
sog‘ishlari uchun vaqt va joylar ajratishga undaydi .
Ishga yoki o‘qishga qaytgandan keyin ko‘krak suti bilan emizish dastlab qiyin bo‘lishi mumkin . Quyida
o‘tishni osonlashtirishga yordam beradigan ayrim maslahatlar keltiriladi:
•
Ishga dushanbadan boshlab emas, balki haftaning o‘rtasidan boshlab qaytishni o‘ylab ko‘ring .
Bu kun tartibingizni moslashtirib olishga va bir necha kunlardan keyin chaqalog‘ingiz bilan birga
bo‘lishingizga imkon beradi .
•
Ishga qaytishingizdan bir necha hafta avval ko‘krak suti nasosini tanlab oling va emizishlar orasida
nasos bilan so‘rishni boshlang . Chaqalog‘ingizni oziqlantirish uchun juda ko‘p saqlangan sut bo‘lishi
uchun ishga qaytishni boshlashingizdan avval nasos bilan sog‘ilgan sutni muzlatkichda saqlang .
•
Chaqalog‘ingizni ishga ketishingizdan oldin va ishdan kelishingiz bilanoq emizing .
•
Kun davomida sutingizni sog‘ing va uni sovutkichda yoki muz solingan sovuq sumkachada saqlang .
Uyga qaytganingizda sutni sovuting (19-betga qarang) .
•
Imkoni bo‘lsa, ikki qismdan iborat kiyim yoki ko‘krak suti bilan emizishga mo‘ljallangan kiyimlar kabi
ko‘krak suti bilan emizish yoki nasos bilan sog‘ishni osonlashtiruvchi kiyimlar kiying .
•
Uyda bo‘lganingizda, ayniqsa dam olish kunlari chaqalog‘ingizni ko‘proq marta emizishni o‘ylab ko‘ring .
Bu sutingiz kelishini ushlab turishga va chaqalog‘ingizni o‘zingizga yaqin olishga yordam beradi .
Ishga yoki o‘qishga qaytish
21
Bolangizni ko‘krakdan ajratish
Bolani ko‘krakdan ajratish va emizishni
yakunlashni asta-sekin bajargan yaxshiroq .
Ko‘kraklaringiz sutga bo‘lgan kamayib
borayotgan ehtiyojga moslashishlari kerak va
siz hamda chaqalog‘ingiz ko‘krak suti bilan
emizish beradigan qulaylik va xavfsizlikning
yo‘qotganingizni his qilishingiz mumkin .
Bolani ko‘krakdan asta-sekin ajratish uchun
ko‘krak suti bilan emizish yoki nasos bilan
sog‘ishni to‘xtatguningizcha har ikki kunda
bir marta emizishni yoki nasos bilan sog‘ishni
o‘tkazib yuborishingiz mumkin . Odatda
o‘tkazib yuboriladigan so‘nggi emizishlar
ertalabki, qisqa uyqu vaqti va tungi
oziqlantirishlar bo‘ladi .
Chaqalog‘ingizni ko‘krakdan ajratar
ekansiz, ko‘krakdan ajratishning juda tez
bo‘layotganligini ko‘rsatuvchi belgilar
yo‘qligini kuzatib boring:
Dostları ilə paylaş: |