Ma’ruza-1 : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni tarkibiy tuzilishi va vazifalari


Mavzu-4:Xududiy majmualarni shakllanishi va rivojlantirishning asosiy



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/64
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#41067
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
geografiyaning asosiy muammolari

 Mavzu-4:Xududiy majmualarni shakllanishi va rivojlantirishning asosiy 

muammolari.

 

                                 Reja: 

4.1. Xududiy majmualarni  shakllanishi  

4.2. Xududiy majmualarni    rivojlantirishning asosiy muammolari. 

4.3. HICHM nazariyasining vujudga kelishi 

4.4. HICHM iqtisodiy geografiyada o`rganish masalalari 

 

Tayanch so’z va iboralar:bozor  munosabatlariga  o’tish,  kontsentratsiya, 

muhassamlashuv, yirik sanoat korxonalari, raqobat muhiti, yengil sanoat, og’ir 

sanoat, oziq-ovqat sanoati, gorizontal iqtisodiy aloqalar, xom ashyo,   tashqi 

integratsiya, ixtisoslashuv, tor ixtisoslashuv, texnologik ixtisoslashuv . 

 

 

Hududiy  ishlab  chiqarish  majmualari  (HICHM)   iqtisodiy-ijtimoiy 



geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo’lgan nufuzli nazariy yutuqlardan biridir. Bu 

xususda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning xizmatini alohida ko’rsatish joiz. XX 

asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi 

doirasida I.G.Aleksandrov ish olib borishda va, ayniqsa, DneproGES loyihasini 

ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o’zining nazariyasini yaratdi. 

Uttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o’rganib rayon 

ishlab chiqarish kombinatlarini  barpo etish lozimligini ta’kidladi. N.N.Kolosovskiy 

I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to’g’risidagi ta’limotidan 

Ural, Sibir va Qozog’iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi 

va shu asosda o’zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to’g’risidagi 

ilmiy g’oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olga 

fikr edi. 

N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog’i, ishlab 

chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. 

Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy 

rayonda alohida tanlab olingan ishlab chiqarish korxonalari va aholi lunktlarini bir-

biri bilan bog’liq holda rivojlantirish va joylanishi  tashkil etadi. U ishlab 

chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi 

ekanligini qayta-qayta ta’kidladi va, ayni paytda, ma’lum hududda joylashgan ishlab 



 

16 


chiqarish korxonalar yig’indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo’la olmaydi, 

deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani  tashqi etadi, xolos. 

Demak, biz qo’shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo 

har qanday guruh majmua bo’lavermaydi. 

Keyinchalik  HICHM  nazariyasini  rivojlantirishga  N.N.Baramskiy, 

N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Iekrasov, Yu.G.SauShkin, 

T.M.KalaShnikova, 

M.N.Stepanov, 

A.I.CHistobaev, 

A.T.XruShev, 

M.M.Palamarchuk, M.D.SHarmgin, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, I.Q.Narziqulov, 

K.N.Bedrintsev, A.G.Batigin kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shdilar. 

Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki 

geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo’lib, u  tashqi rivojlantirish va 

hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi.   

M.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy 

ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular ,bir hil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy 

rayonlar to’g’risidagi tushuncha o’rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy 

rayonlarning "yadrosi"ni  tashkil etadi, xolos, deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy 

ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ishlab chiqarish korxonalarini 

ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg’un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan 

farqqiladi. 

 Albatta, iqtisodiy rayon xo’jaligi o’zining mazmun - mohiyati va maqsadiga 

ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlantirish lozim. Ana Shu nuqtai \ nazardan 

iqtisodiy rayonlar xo’japigini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi 

sifatida ko’riSh mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik 

maqsadida bunday xududiy ishlab chiqarish majmualarini "ma’muriy  rayonlar 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin