holda joylaniShi va rivojlantirish asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda
zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, tarixiy rivojlanish
yoqilg’i-energetika sanoati asos bo’lib xizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir,
olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi
stantsiyasi qurildi va bo’lajak suv ombori maydonini o’rmondan tozalash maqsadida
yog’och-tsellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi
energiyani ko’p istemol qiluvchy tarmoqlarni o’ziga "tortdi" va, natijada, bu yerda
uchinchi yirik korxona-alyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o’rmon
17
sanoati yana "zanjirsimon" tarzda boshqa korxonalar qurilishini (jumladan,
mashinasozlik, kimyo) taqozo etadi.
Bunday majmualar O’rta Osiyo mamlakatlarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va
mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas,
balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga keladi. Demak, respublikamiz
xududiy ishlab chiqarish majmualari sug’oriladigan dehqonchilik, agrosanoat
tarmoqlari va mehnatni ko’p talab qiluvchi korxonalarini o’z ichiga olar ekan. Bunga
Mirzacho’l yoki Qarshi cho’li asosida shakllanayotgai xududiy ishlab chiqarish
majmualari misol bo’la oladi.
Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish
majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to’g’risida ham aytib o’tish o’rinli.
Jumladan, O’zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq Ishlab chiqarish
kuchlarini o’rganish kengashida (SOPS) o’tgan asrning 50-yillarida olib borilgan
ilmiy izlanishlar natijasida rayonlarning kompleks muammolari tushunchasi yoki
ilmiy yo’nalishi yaratilgan edi. Bu o’zining geografik o’rni va ma’muriy tarkibiga
ko’ra o’ziga xos bo’lgai Farg’ona vodiysi uchun ayniqsa ahamiyatli edi.
Sanoat korxonasi mavjud bo’lgan joy sanoat punkti hisoblanadi. Agar bir
joyda bir necha sanoat korxonasi joylashgan bo’lsa, u holda sanoat markazi vujudga
keladi. Yirik sanoat markyazlari atrofida sanoat punktlarining joylashuvi, ya’ni
sanoat ishlab chikdrishini hududiy tashqi etilishi, rivojlantirishning navbatdagi
pog’onasi, bosqichi-sanoat tugunini shakllantiradi. Aynan sanoat tugunlarida
hududiy majmualar mukammal tus oladi. CHunki, bunday sharoitda sanoat
korxonalarining oddiy hududiy guruhi emas, balki ular o’rtasida aloqadorlik (ishlab
chiqarish, texnologik, infratuzilma, aholi va mehg’yut resurslari aloqalari) mavjud
bo’ladi. Binobarin, sanoat tugunlarini sanoat ishlab chiqarish majmualarining eng
yetuk shakli, deb baholash to’g’rirokdir.
Sanoat tugunlari, ya’ni sanoat korxonalarini bir joyda g’uj holda
mujassamlashuvi sanoat aglomeratsiyasn, deb ham ataladi. Sanoat korxonalarini
joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa nemis olimi Alьfred Veberga
tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi katta iqtisodiy (ammo ekologik
emas) samaradorlikga ega.
Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma ob’ektlari kabi oldindan
tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi -ki, bu ayniqsa rivojlanayotgai
mamlakatlar uchun ko’proq xos.
Tahlillar ko’rsatishicha, Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyning hududiy ishlab
chiqarish majmualari g’oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish
aglomeratsiyasi ta’limotiga yaqinlik yoki o’xshashlik alomatlari bor. Ammo uning
boshqa bir ilmiy g’oyasi-energiya ishlab chiqarish tsikllari ta’limotiga hech qanday
e’tiroz bo’lmasligi kerak. CHunki u bu g’oyani bevosita amalistdan kelib chiqqan
holda (N.N.Kolosovskiy o’zining asl kasbi bo’yicha muhandis-iqtisodchi
bo’lgan)yaratgan.
N.N.Kolosovskiy o’z davrida qora metallarning metallurgiya tsikli, rangdor
metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o’rmon-yog’och-tsellyuloza
kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish tsikllarini ajratgan. Hozirgi kunda ularning
soni 20 ga yaqinni tashqi qiladi.
18
Shunday qilib, HICHMlarning ilmiy nazariy asoslari taniqli olim Nikolay
Nikolaevich Kolososvkiy tomonidan yaratildi. U ushbu masalani iqtisodiy
rivojlantirish muammolari bilan bog’liq ravishda o’rgandi. Umuman olganda,
N.N.Kolosovkiyning bunday dunyoqarashiga uning transport (temir yo’l transporti)
muhandisi ekanligi va geografiya uchun an’anaviy ahamiyatga ega bo’lgan kompleks
yondashuvining uyg’unligi asos bo’ldi; "hudud + kompleks" ishlab chiqarishning
hududiy birikmalari yoki majmualarini (komplekslarini) tashkil etadi.
CHindan ham kompleks-majmuaning ilmiy-amaliy ahamiyati katta.
CHunonchi, u:
- tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan atroflicha foydalanish;
- ishlab chiqarishni mumkin qadar chiqindisiz yo’lga qo’yish;
- ishlab chiqarishni tizim-tarkib asosida hududiy tashkil qilish;
- iqtisodiy geografiya va uning asosiy tushunchasi bo’lgan iqtisodiy rayonlarni
o’rganish;
- iqtisodiy rayonlar xo’jaligi tarkibini qayta qurish va boshqalarda
ahamiyatlidir.
Dastlabki iqtisodiy rayonlar joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va
ularning ta’sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab
chiqarish rayonlar deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda xo’jalik tizimining bir
tomonlamaligiga yo’l qo’ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to’laroq
foydalanish, aholi ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va
ortiqcha, tashqi jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini
kamaytirish kabi omillarni e’tiborga olib, iqtisodiy rayonlar xo’jaligini kompleks
ravishda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi
Dostları ilə paylaş: