Nazorat savollari
1. Hokimiyat tushunchasini ta’riflang.
2. Hokimiyatning ob’yekti va sub’yektini misollar orqali tushuntirib
bering.
3. Hokimiyatning qanday resurslari(imkoniyatlari) mavjud?
4. Hokimiyat qanday funksiyalarni bajaradi?
Referat mavzulari
26
1. Hokimiyat vujudga kelishining tarixiy ildizlari.
2. Xalq hokimiyat manbai sifatida.
3. Hokimiyat tushunchasiga oid eng muhim yondashuvlar va ularning
o‘ziga xos xususiyatlari
4. Hokimiyatning zamonaviy nazariy tahlili.
5. Hokimiyatning islomiy talqini.
Hokimiyat tushunchasi va uning tabiati
Siyosatshunoslikning asosiy masalasi «hokimiyat» bo‘lib, bu atama
juda ko‘p ma’nolarga ega. Tabiatshunoslar tabiat ustidan hukmronlik qilish
haqida, iqtisodchilar xo‘jalik hokimiyati haqida, faylasuflar jamiyat ob’yektiv
qonunlarining hukmronligi haqida, huquqshunoslar davlat hokimiyati haqida,
ruhshunoslar insonning o‘z-o‘ziga hukmronlik qilish, pedagoglar esa ota-
onalarning bolalar ustidan hukmronligi haqida so‘z yuritadilar.
"Hokimiyat" tushunchasiga aniq ta’rif berish nafaqat nazariy, balki
amaliy ahamiyatga ega. Jamiyatda chuqur islohotlar o‘tayotgan bir davrda
islohotlarning ko‘lami, sur’ati va samaradorligi hokimiyat sohasidagi
o‘zgarishlar ko‘lami, sur’at va samarasiga to‘g‘ri proportsional ekanligini
juda ko‘p mamlakatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun,
siyosatda hokimiyatning o‘rnini, vazifalarini va, umuman, bu tushunchaning
mazmunini to‘g‘ri anglash, siyosiy jarayonlar to‘g‘risida hukm yuritish, uni
to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Ko‘pgina olimlar hokimiyatni siyosatning asosiy masalasi, uning bosh
muammosi, deb hisoblaydilar. Hokimiyat siyosatda odamlar faoliyatining
alohida bir sohasi sifatida shakllanish imkonini beradi.
Jamiyatda, odamlar o‘rtasidagi munosabat tarzida vujudga keluvchi
hokimiyat dastlab siyosiy tabiatga ega bo‘lmagan, chunki u, asosan, mos
tushuvchi manfaatlarni tartibga solgan (oqsoqollar, qabila boshliqlari,
avliyolarning avtoritetga asoslangan anonim hokimiyati).
Jamiyatning
rivojlanishi,
uning
keyingi
murakkablashuvi
hokimiyatning samaradorligini oshirish maqsadida markazlashuviga olib
keladi. Hokimiyat qabila boshliqlari, beklar, xonlar, guruhlar qo‘lida
to‘planadi (individual hokimiyat). Mana shu hokimiyatning mukammal
shakllarini topishga intilish, ko‘pgina sharq mutafakkirlari asarlarida
uchraydi. Ammo, ijtimoiy tengsizlikning ortib borishi, ijtimoiy tizimlarning
27
murakkablashishi hokimiyatning institutsional shakllarini keltirib chiqaradi.
Hokimiyat boshqaruv, barqarorlik, muvofiqlashtirish vazifalarini bajaruvchi
maxsus institutlarga tayana boshlaydi.
Aslida insoniyat tarixini hokimiyatsizlik (tartibsizlik, anarxiya) va hokimiyat
mustabidligi (diktatura) o‘rtasida eng ma’qul, o‘rta miyona echimni
topishdan iborat, deb aytish to‘g‘ri bo‘ladi.
Siyosiy fikr tarixida hokimiyatga e’tibor juda qadimdan mavjud.
Hokimiyat to‘g‘risida fikr-mulohazalarni biz dunyodagi eng qadimgi
qo‘lyozma manbalarida uchratamiz. O‘rta asr mutafakkirlari ham hokimiyat
haqida ko‘p va ibratli fikrlarni qoldirganlar. Ularning aksariyatini biz,
bugungi kun nuqtai nazaridan, me’yoriy yondashuvlar qatoriga kiritamiz,
chunki mualliflar, «hokimiyat» tushunchasiga ilmiy kategoriya tarzida
qaramaganlar va uni ta’riflashga harakat qilmaganlar.
Hokimiyat
tushunchasiga
doir
datslabki
qarashlar
qadimgi
Yunonistonda shakllandi. Qadimgi yunon tilidagi “arxe” (arche) tushunchasi
quyidagicha talqin etiladi: 1) boshlanish, oldin, dastavval; 2) boshchilik,
hukumat, hokimiyat, hukmronlik; 3) boshqariladigan. U yana quyidagi
ma’nolarni ham anglatgan – kelib chiqish, avvali sabab, bosh, boshlanish,
prinsip, asos. Lekin “arxe” tushunchasi ikkita asosiy ahamiyatni anglatgan –
boshlanish va hokimiyat. Bunda hokimiyat ikkinchi o’ringa qo’yilgan.
Bundan faraz qilish mumkinki, idora etish, boshqarish imkoniyati va
qobiliyati boshlash, boshda turish, birinchi bo’lish, bosh bo’lish,
tashabbuskor bo’lish, boshlab berish ya’ni boshlang’ich xatti-harakatni
amalga oshirish, kuch manbai bo’lish kabilarga nisbatan natijani anglatgan.
Idora etish – avvalambor, boshlash, tashabbus ko’rsatish, faollashtirish,
qo’zg’ash, yashash uchun chorlash, hayotni berish sifatida idrok etilgan.
“Arxe” so’zi o’zagidan quyidagi yunon so’zlari tashkil topgan – manba asos
soluvchi, boshlashga xizmat qiluvchi, avval boshi dastlabki qadimgi, bosh,
ilk obraz, asllik haqiqiylik. Albatta bunda so’z odamlar o’rtasidagi
munosabatlar to’g’risida emas, balki turmushdagi o’ziga xos ahvoli va o’ziga
xos mavjudligi aniq ravshan ifodalangan ishtirok, yuqori maqom, betakror
rollar, alohida ahamiyat kasb etish, ahamiyatli bo’lish haqida ketmoqda.
Ana shu tushuncha lotin tilida taxminan “Potestas” qabilida ifoda etilib
u quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1) kuch-qudrat, xatti-harakat, nimanidir
qilish kuchi, qandaydir faoliyatni amalga oshirish uchun yetarlicha kuch-
28
qudratga ega bo’lish; 2) hokimiyat, hukmronlik, kimnidir hayoti va o’limini
idora etish xuquqi; 3) qobiliyat, imkoniyat.
Ingliz tilida “Power” tushunchasi esa quyidagilarni anglatadi: 1) kuch,
qudrat, energiya, unumdorlik; 2) qudratlilik, hokimiyat, ta’sir, quvvat; 3)
vakolat; 4) davlat, oliy hokimiyat; 5) qobiliyat, imkoniyat. “Powerful” esa: 1)
kuchli, qudratli, quvvatli; 2) qudratli, ta’sirchan; 3) kuchli ta’sir etuvchi; 4)
vazmin, salmoqli, ahamiyatli.
Hokimiyat tushunchasi dastlab Aristotel tomonidan chuqur tadqiq
etildi. U hokimiyatni nafaqat insonlar o’zaro munosabati sifatida, balki
siyosiy hokimiyat sifatida ham teran ta’riflab berildi. Aristotelning
ta’kidlashicha, siyosat – bu sotsial “butunlik” va uning alohida “qismlari”
o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish ta’sir kuchi bilan “siyosiylashgan”,
qaysiki, albatta muvofiqlashtiruvchi omil yoki hokimiyat mexanizmi ishtirok
etadigan odamlar o’zaro munosabatlarini yo’lga solishdir. U o’zining
“Siyosat” asarida bu ijtimoiy munosabatlar mexanizmi haqida quyidagi
fikrlarni bildiradi: “Ilgari tarqoq bo’lgan yoki biri boshqa biri bilan uzluksiz
bog’langan, bir necha qismlardan tuzilgan hamma narsa bir butunlikni tashkil
etadi va unda hokimiyat yuritish sababi, buysunish sababi namoyon bo’ladi.
Bu tabiatning umumiy qonunidir, shuning uchun ham unga ko’tarinki, ruhiy
mohiyat bo’ysundirilgandir.
Lekin shu bilan birga Aristotel “hukmronlik qiluvchi hokimiyat”ning
oddiy munosabatlaridan farqli o’laroq jamiyatdagi ijtimoiy hokimiyatni
boshqalarga nisbatan mukammalligi va murakkab tuzilmalarga ega
ekanligiga muhim ahamiyat beradi. Bunday hokimiyat esa o’zaro irodaviy
munosabatlari kechadigan jamiyatga xosdir. Hokimiyat zaruriyatdir deb
ta’kidlaydi Aristotel chunki avvalambor barchani yagona irodaga
bo’ysundirmay, uning bir butunligi va hamjihatliligini ta’minlamay turib
jamiyatni uyushtirish va birlashritish aqlga sig’maydigan bir holdir.
Hokimiyat tabiati va mohiyatini ochib berishda ingliz mutafakkiri Jon
Lokkning xizmatlari benihoya kattadir. U birinchilardan bo’lib hokimiyatni
insonparvarlashtirish va ma’naviyatga bo’ysundirish g’oyasini ilgari suradi.
Uning hokimiyatni farovonlikka erishish vositasi ekanligiga doir quyidagi
ta’rifi bu tushunchani chuqur anglashga imkon beradi: “…Siyosiy hokimiyat
– bu shunday hokimiyatki, qaysiki har bir odam bunday hokimiyatga tabiiy
holatda ega bo’lib, uni jamiyat qo’liga, hukmdorlarga shunchalik holda
29
beradiki, ya’ni jamiyat o’z zimmasiga aniq ifodalangan yoki so’zsiz ishonchli
tarzda shuni ta’minlashni o’z zimmasiga oladiki, u bu hokimiyatdan faqat
jamiyat a’zolari farovonligi va ularning mulklarini saqlash uchun foydalana
olsin. …Shu tariqa, bu hokimiyatning maqsadi va mezoni – hokimiyat tabiiy
holatda har bir odamning qo’lida bo’lgan bo’lsa, unga tegishli hamma narsa
endi uning jamiyatida, ya’ni butun bir insoniyatda saqlanishi bilan
xotimalanadi. Bu hokimiyatning imkoniyati mansabdor shaxs qo’lida
bo’lganida hokimiyat jamiyat a’zolarini saqlash, demak, ularning hayoti
erkinliklari va mukllarini saqlashdan boshqa hech qanday maqsad va
mezonga ega bo’lmaydi. Va, binobarin, bu hokimiyat ularning hayoti va
boyliklariga daxl qiladigan despotik va mutlaq bo’lishi mumkin emas, ular
imkon qadar saqlanishi lozim; aksincha, bu hokimiyat bir butunlikni
saqlashni, undan faqat va faqat buzilgan, bir butunlik va sog’lomlikka xavf
soladigan, uningsiz hech qanday shafqatsizlik qonuniy bo’lmagan qismlarni
uzib olib tashlashni qo’llab-quvvatlaydigan, qonunlar yaratadigan, uni
buzishlarga qarshi jazolashlarni ko’zda tutadigan hokimiyat bo’lishi lozim.
Va bu hokimiyat faqat shartnoma va bitimlardan, hamjamiyatni tashkil
etuvchilarning o’zaro kelishuvlaridan kelib chiqadi”.
Ko’rinib turibdiki, demak, birinchidan, hokimiyat yuritish – boshlash
va boshchilik qilish. Ya’ni, oldindan hozir bo’lish va so’zsiz ustunlik qilish,
ustuvor qilish, ustun bo’lish, afzal bo’lish. Ikkinchidan, hokimiyat yuritish –
demak, hukmronlik qilish, ya’ni ega bo’lish, tasarruf etish, ushlab turish, o’z
mulkiga ega bo’lish. Uchinchidan, hokimiyat yuritish – demak, hukmronlik
qilish, idora etish, boshqarish, ega bo’lish, foydalanish, rahbarlik qilish, amru
farmon berish, buyruq berish, o’z ixtiyoriga ega bo’lish. Bundan shunday
xulosa chiqadiki, hokimiyat fenomeni faqat odamlarga taalluqlidir.
Hokimiyat hayotda ko’pqirrali hodisa sifatida namoyon bo’ladi.
Hokimiyat fenomeni va notenglik, ularning odamlar, ijtimoiy guruhlar va
davlat institutlari o’rtasida taqsimlanishi uzoq davrlardan boshlab turli
sharhlar, asoslashlar va ularga nisbatan shubhalar tug’ilishiga sabab bo’ldi.
Bertran Rassel hokimiyatni barcha ijtimoiy fanlarni tushuntirib beradigan
tushuncha sifatida talqin etib, uni fizikadagi energiya tushunchasiga
o’xshatadi. Hokimiyat fenomeni turli insonlar maqsadlarining o’zaro kelisha
olmasligi yoki ularning muvaffaqiyatga erishish vositasi bo’lgani uchun ham
paydo bo’ladigan ijtimoiy ixtiloflar vaziyatiga uchraganligi sababli juda
30
murakkab hodisa sifatida namoyon bo’ladi. Ba’zan hokimiyat tushunchasini
noxush hujumlarga uchrashi sabablaridan biri – bu uning majburlash zulm
qilish, kuch ishlatish yoki adolatsiz hukmronlik qilish sifatida kishilar
xotirasida avloddan-avlodga o’tib kelayotganligidir. Lekin aksariyat
holatlarda hokimiyat hodisasi ijobiy talqin etiladi, uni qonuniy rahbarlik
qilish avtoritet, e’tirof etilgan yetakchilik, ta’sir qilish, tarbiyalash,
manfaatlarni kelishtirish, guruhiy hamkorlik kabi holatlardagi eng zaririy
hodisa ekanligi tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: |