qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va boshqa ijtimoiy vositalardir. Bu
38
vositalardan kishilarni rag‘batlantirish uchun ham, jazolash uchun ham
foydalaniladi.
Majburlovchi resurslar - bu ma’muriy jazolash bilan bog‘liq bo‘lgan
vositalardir. Bu vositalardan odatda o‘tilitar resurs ish bermay qolganda
foydalaniladi.
Bunga iqtisodiy
sanksiyalardan
hayiqmaydigan
(ish
tashlovchilar) ishtirokchilarini sudga ta’qib etishni misol qilib ko‘rsatish
mumkin.
Me’yoriy resurslar - insonning ichki dunyosi, qadriyatlar va xulq-
atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar kiradi. Ular bo‘ysunuvchilarga rahbar va
ijro etuvchilarning manfaatlarini tushuntirishga, hokimiyat sub’ekti
harakatlarining ma’qullanishini, uning talablari qabul qilinishini ta’minlashga
chaqirilgandir.
Ilmiy adabiyotlarda hokimiyatning resurslarini inson va jamiyat
faoliyatining muhim sohalari- siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy-
axborot, kuch ishlatuvchi sohalarga binoan turkumlashtirish ham keng
tarqalgandir.
Dostları ilə paylaş: