jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining
5
qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdagi o‘ziga xos psixologik
salohiyatning ne chog‘lik to‘la-to‘kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir
mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo‘liga
xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bosdan bo‘lsa kerak, hozirgi
kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o‘z
fuqarolarining ma’naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy
manfaatlar uchun samarali foydalanish yo‘llarini izlashga jiddiy e’tiborni qaratmoqdalar. Shu
nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat
kasb etadi. Qolaversa, Prezident I.A.Karimovning "Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik
Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi
farmoyishi orqali qat’iy ta’kidlanganidek, bugungi kunda "odamlarning o‘zliklarini chuqur
anglashini, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakkurning kengayishi va
takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg‘onishini ta’minlash ma’naviyat
sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi lozim.Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan
holda shaxs shakllanishining eng asosiy davrlaridan bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshida
rivojlantiruvchi va korreksion tadbirlarni amalgam oshirish dolzarb vazifa bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: