O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


II Bоb.  Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni tadbiq



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix02.01.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#41870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
maktabgacha talim muassasalarida metodik ishlarni tashkil etish shakllari (1)

II Bоb.  Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni tadbiq 

etishning shart- sharoitlari 

2.1.  Maktabgacha ta’alim muassasalarida  metodik kabineti ishiga 

qo`yiladigan talabalar 

2.2. Maktabgacha tarbiya bo’yicha metodik ishlarni tashkil qilish vazifalari, 

mazmuni va shakllari. 

2.3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida metodik ishlarni  tashkil etishda  

mehnat muhofazasi  

2.4. Tajriba ishlari tahlili. 

Xulоsa va tavsiyalar. 

Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 

 



 

 

                                        



              

 

 

 

 


 

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tashabbusi, 

tinimsiz sa’y-harakatlari bilan respublikamizda har tomonlama yetuk “Barkamol 

avlod”, komil insonni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 

Barkamol avlodni tarbiyalash hamisha insoniyatning eng ezgu va eng ulug’ 

orzularidan biri hisoblanib kelinadi. Agar tarix sahifalariga nazar tashlaydigan 

bo’lsak, Al-Farobiyning “Fozil odamlar shaxri” asarida jamiyatdagi har bir bilimli 

inson fozil odamdir. Bunday inson o’zi yashayotgan davlatdagi barcha qonun va 

qoidalarga e’tiborli va unga amal qiluvchi, o’z kasbining ustasi bo’ladi deb 

ta’kidlangan. 

1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun hamda 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning hayotga tadbiq etilishi,mamlakatimizda 

yangi o’quv tizimining vujudaga kelishiga hamda zamonaviy bilimga ega bo’lgan 

yosh mutahassislarni tayyorlashga zamin yaratadi. 

O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini 

qo’ygan. Bu yo’lda birinchi, lekin juda muhim qadamlar qo’yilgan. Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturining hayotga tadbiq etilishi xalqaro jamiyatda o’z 

o’rnimizni mustaxkamlashga olib keladi. Negaki dunyoning bugungi rivoji 

shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual 

salohiyatda, fikrda, aqlda, ilg’or texnologiyalardadir. Prezidentimiz I.A.Karimov 

tomonidan ta’kidlangan “Kuch – bilim va tafakkurda” degan hikmat bugun va 

ertangi kun uchun aytilgandir.  

Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, 

xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy 

hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhim 

masalalardan iborat. 

Yurtboshimiz aytadilar: ”Endigi eng dolzarb vazifamiz bu jarayonlarning 

ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangidan-yangi qarorlarini mukammal ochib 

berishni, o’quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda qilib 




 

tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan

jamiyat qurishning  faol va jo’shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat”.

(I. 2.-3)

 

2016 yil Sog’lom ona va bola yili davlat dasturida Prezident o’zbek xalqi 



uchun sog’lom bola, sog’lom avlod orzusi azaliy intilish ekanligini, ota-bobolar 

ham insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligiga va  avlodning sog’lig’iga 

juda katta e’tibor berganini ta’kidlab o’tdi.“Ana shunday muhim hayotiy qadriyatni 

jamiyatimizda yanada chuqur qaror toptirish, sog’lom va barkamol avlodni 

tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yanada yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida 

men kirib kelayotgan yangi – 2016-yilni yurtimizda Sog’lom ona va bola yili, deb 

e’lon qilishni taklif etaman” {I.2.5.} 

Jamiyatimizga yuqori malakali, bilimdon, 

madaniyatli o’z kasbining mohir ustasi bo’lish tarbiyachi-pedagoglar ko’proq talab 

qilinmoqda. Shunga ko’ra, mamlakatimizda  shu xususda qabul qilinayotga 

qarorlarida kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Ular haqida 

g’amho’rlik qilinmoqda.  

Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining hayot darajasi va sifatini yanada 

oshirish bilan bog’liq masalalar bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo’lib 

qoladi. 2016 yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi 

yoki o’tgan yilga nisbatan ko’proq mablag’ ajratiladi. Jumladan, ta’lim-tarbiya 

sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog’liqni saqlash tizimiga 14 

foizi yo’naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish sarf-

xarajatlari o’tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog’liqni saqlash tizimida 16 foizga 

ko’payadi. { I.3.6.} 

Maktabgacha ta’lim tarbiya muassasalari xalq maorifi sistemasida tarbiyani 

amalga oshiruvchi ilk bo’g’in hisoblanadi. Bolani har tomonlama garmonik 

rivojlantirish uchun esa maktabgacha bo’lgan muassasalarda ta’lim- tarbiya sifatini 

ko’tarish zarur.  

Pedagogning bolaga o’z shaxsiyati bilan ta’sir ko’rsatishi to’g’risidagi 

g’oyani o’z davrida maktabgacha ijtimoiy tarbiya sistemasining yaratuvchilaridan 

biri G.A.Arkin rivojlantirgan edi. Uning pedagogik asarlarida quyidagi: “Biz 



 

uchun tarbiyachining o’ziga hos gapirish intonatsiyasidan boshlab imo-ishoralari

tabassumi harakatlaridagi bo’lgan barcha hususiyatlarini ko’rish va payqay bilish 

g’oyat muhimdir ”{II.18.76.}  

Bola qalbiga chuqur kira oladiga va u yerda individual yashirin qadriyatlarni 

topa  biladigan,  ularni  ro’yobga  chiqarishga  amaliyotda  qo’llanish 

mustahkamlanishi hamda takomillashuviga sabab bo’la oladigan har qanday 

rivojlanish faktori tarbiyachi ko’rsatadigan ta’sir oldida ojizdir degan fikrlar 

ta’kidlangan. Mamlakatimizda xalq ta’limining birinchi bo’g’ini uchun mutaxassis 

kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Negaki, endilikda 

tarbiyachilar shu jumladan maktabgacha tarbiya tashkilotlari uchun oddiy ijrochilik 

kamlik qiladi. Bargan sari o’z vazifasiga moslashish yangilikni tez payqay bilish 

tashabbuskorli mas’uliyatni o’z ustiga qo’rqmasdan ola bilishga tayyorgarlik o’z 

oldiga vazifa qo’yish va uni mukammal bajara olish ishlashga o’rganish istagi kabi 

ishchanlik sifatlarining ahamiyati ortmoqda.  

Bola shaxsi rivojida tarbiyachining roli o’z navbatida tarbiyachining 

yetakchilik rolini yuzaga keltiradi. Bu har bir bola shaxsini shakllantirishda uning 

gardanidagi  mas’uliyatdir.  Tarbiyachi  o’z  shaxsiyatida  bolalar  qanday 

muayyanlikni ko’rishmoqda,uni o’zlarich kim sifatida qabul qilishmoqda, uning 

shaxsiyatidagi qaysi shaxsi xususiyatlarini o’zlari uchun mo’ljal qilib olishmoqda-

bularning barini bilmog’I lozim. Boshqacha aytganda tarbiyachining ,,men’’I 

qanday qilib bolalar mulkiga aylanmoqda,bolalarning o’zlariga xos bo’lga 

xususiyatlariga  nisbatan  qay ravishda-taqlid  etilmoqda  ekanligi  hamda 

tarbiyalanuvchilar uchun qanday ahamiyat kasb etmoqdaligini tushunib yetmog’ 

zarur. 

Atoqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning  ,,Agar bola yomon tarbiyalangan 

bo’lsa,buning uchun mutlaqo tarbiyachi ayibdordir.agar boli yaxshi bo’lsa bunday 

holda ham u o’z bolaligi uchun,tarbiyachisi oldida qarzdordir’’,-degan fikri hozir 

ham axamiyatini yo’qotgan emas.{II.43.- 17} 

Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari uchun mutahassislar tayyorlash 

ishida hali maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lajak xodimlarni kasbga 



 

tayyorlash muayyan sistemasi hamma joyda ham maqsadga muvofiq tashkil 

topgan deb bo’lmaydi. Bu keksa tarbiyachi uchun ham, naqiron tarbiyachi uchun 

ham g’oyat murakkabdir. Tarbiyachining yo’li og’ir va murakkab, biroq 

shunchalik ko’p shodlik va qoniqish xosil qiluvchi bundan boshqa kasbni toppish 

oson emas. 

Bo’lajak tarbiyachilarning axlaqiy ideallari qanday bo’lishi ko’p jihatdan 

oliy o’quv yurti hamda pedagogic bilim yurti o’qituvchisining ijodiy 

tashabuskorligi va bilimi,istak va mahorati hozirgi zamon talabi darajasida 

bo’lishiga bog’liq. 

Ba’zan, endigina oliy maktab yoki pedagogika bilim yurtini bitirgan yosh 

mutahasislarga maktabgacha tarbiya muassasiga mudirlik qilishni tavsiya etadilar 

(shunday holler ham uchrab turadi).Endigina faoliyat boshlagan rahbarni odamlar 

bilan ishlay olamanmi,ishni qanday tashkil etish kerakki,mazkur muassasa 

xodimlari hamnafas jamoaga aylansin,jamoa a’zolari o’rtasida xayri xona 

munosabotlar o’rnatish uchun nima qilishim kerak,mehnat faoliyatimni qanday 

tashkil etishim kerak kabi savolar hayajonga soladi.Bu savollarga javob topishi 

uchun yosh xodim eng avvalo asosiy diqqatini ta’lim- tarbiya jarayonining asosiy 

vazifalariga jalb qilgan holda undagi muhum ahamiyat kasb etuvchi mayda-

chuydalarni ham nazaridan chetda qoldirmasligi lozim. 

Bolalar tabiya muassasalariga tarbiyachilar tayyorlashdagi tajribalarning 

ko’rsatishicha,”O’zbekistonda maktabgacha tarbiyani tashkil etish va raxbarlik 

qilish”kursini o’tishda asosiy etiborni bog’cha mudiri, katta tarbiyachi hamda 

viloyat,shahar va tumanlar maktabgacha metodika kabinetlar ishini tashkil etish 

bo’limlariga ko’proq qaratmoq lozimligi  ko’zda tutilgan holda,ularning har 

birlarining kasbiy vazifalarini o’zaro bog’likda yagona bir jarayonning turli 

tomonlari sifatida aninq va ravshan ochib berishni maqsad qilib qo’ygan. 


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin