Amlokdor (arabcha, amlok, mulk so’zining ko’pligi, fors-tojikcha dor –
ega). Buxoro xonligidagi bekliklarga qarashli eng kichik ma’muriy bo’linma
(amloqdorlik)ni boshqaruvchi amaldor. Amlokdor aholining o’ziga to’q
vakillaridan bo’lib, bek tomonidan tayinlangan va bir necha katta va kichik
qishloqlar uning ixtiyorida bo’lgan. U xiroj yig’ish, dehqonlar etishtirgan hosilni
hisobga olish, soliq to’lamaganlarni jazolash, jarima solish kabi ishlar bilan
shug’ullanib, kotib (mirzo), mirob, amin, oqsoqollar yordamida amlokdorlikni
idora qilgan.
Amin – Buxoro amirligi va Turkiston general-gubernatorligida bir yoki bir
necha kichik qishloqni boshqaruvchi hamda xalq tomonidan saylangan amaldor.
Buxoro amirligida amin amlokdorga, Turkiston general-gubernatorligida esa bo’lis
(volost) boshlig’iga bo’ysungan. Aminning asosiy vazifasi aholidan o’lpon va soliq
yig’ish, aholi ustidan nazorat qilish, suv taqsimlash (Amini ob) edi. Bozorda mol
sotuvchilardan bozor haqi yig’uvchi amaldor ham amin deyilgan.
Arbob - Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshlig’i.
Dostları ilə paylaş: |