Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
5-son-2018

Shuxrat NЕ’MATOV, 
T.n. Qori niyoziy nomidagi O‘zPFiTi  mustaqil  izlanuvchisi
MILLIY UYG‘ONISH DAvRIDA YARATILGAN 
DarSliklarning TariXiy-METODOlOgik 
ASOSLARI
O‘
zbekistonda ta’lim tizimi rivojlanishini milliy uyg‘onish davri ta’lim tizimisiz 
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki bu davrda xalqning ziyoli qatlami ma’rifat-
parvarlik harakatlari, jumladan, maktablar ochish, darsliklar yaratish, xalqi 
farzandlarini savodli qilishdek mas’uliyatli vazifani bajarganlar.
Turkistonda ma’rifatchilik oqimining kelib chiqishiga ikki: ichki va tashqi omillar ta’sir 
qilgan. Dastlab tashqi omil, xususida, to‘xtaladigan bo‘lsak, bu omil ismoil gaspirinskiy 
(1851-1914) nomi bilan bog‘liqdir. Tatar ma’rifatparvari i.gasprinskiyning pedagogik fa-
oliyatidan Turkistonda ham keng foydalana boshlandi. U maorif tizimi oldida bir qator 
muammolar mavjudligi, ularni qay tariqa yechish lozimligini tushuntirdi, ya’ni maktabning 
madrasadan  ajralib  chiqishi,  boshlang‘ich  sinflar  uchun  alohida  o‘qituvchilar  tayyorla-
nishi, o‘qituvchining oylik maosh bilan ta’minlanishi, o‘qish va yozishni eski “hijjalama” 
yo‘li bilan emas, balki yangi “alifbo” kitoblari vositasida o‘rgatishni maqsadga muvofiq 


115
deb hisoblaydi. Bundan tashqari, u maktablarda faqatgina o‘qish emas, yozuvga ham 
ahamiyat berish zarurligi, qizlar uchun alohida maktablar ochib, ularda o‘qish va yozish-
ga e’tibor qaratilishi, o‘qitish ma’lum bir dastur asosida, darsliklar vositasida olib borilishi 
lozimligini ta’kidlagan edi.
1893-yil ismoil gasprinskiy amir abdullaxonning roziligi bilan Buxoroda birinchi ja-
did maktabini ochadi. 1903-yilga kelib esa Buxoroda jadid maktablarining soni 6 taga 
yetgan. keyinchalik bo‘lsa, bu kabi maktablar Turkistonning boshqa hududlarida  ham 
keng tarqala boshlandi. 
O‘z navbatida bu davrda Turkistonda rus-tuzem maktablari ham faoliyat olib bor-
gan. 
Birinchi rus-tuzem maktabi Toshkentda 1884-yilda ochilgan bo‘lib, unda 41 bola 
ta’lim olgan. Bu turdagi maktablar 1891-yilda Xivada, 1894-yilda Buxoroda ham ochil-
di va ularning soni 19-asr oxirida 100 dan ortiqni tashkl etdi. rus-tuzem maktablarida 
ta’lim muddati 4 yil bo

lib, rus tili, o

qish, yozish, hisob, geometriya, tarix, boshlang

ich 
o

zbek tili, arab tili va islom dini asoslari o

qitilgan. ayrim rus-tuzem maktablari qoshida 
kattalar uchun (rus grammatikasi asosini o

rgatish maqsadida) kechki maktablar, ko‘ch-
manchi aholi uchun esa internatlar tashkil qilingan. keyinchalik 2 yillik va ayollar uchun 
ham rus-tuzem maktablari ochilgan. Bu turdagi maktablar uchun Saidrasul Saidazizov 
“Ustodi avval” (1902), aliasqar kalinin “Muallimi soniy” (1903) darsliklarini yaratgan bo‘l-
sa,
 V.P.nalivkin, S.M.gramenitskiy, M.a.Terentyev, l.grigoryev, g.S.yachnik, M.M.Ora-
kulov, M.Volper kabilar rus-tuzem maktablarining o‘qituvchi hamda o‘quvchilari uchun 
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari tuzdilar.
1885-yilda rus ma’rifatparvari V.P.nalivkinning “Азбука для русско-мусуль манских 
школ оседлого населения туркестанского края” (“Turkiston o‘lkasidagi o‘troq aholiga 
mo‘ljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo”) darsligi Toshkentda chop etildi, 
1875-yilda M.a.Terentyevning “русская азбука для школ Средней Азии” (“O‘rta Osiyo 
maktablari  uchun  rus  alifbosi”)  darsligi,  1886-yilda  g.S.yachnikning  “Первая  книжка 
после  азбуки”  (“alifbodan  keyingi  ilk  kitob”)  darsligi,  1887-yilda  M.M.Orakulovning 
“Самоучитель русского языка для русско-мусульманских школ” (“rus musulmonlari 
maktablari uchun rus tilidan mustaqil ishlar”) darsliklari ham chop etilgan va foydalanish-
ga topshirilgan.
1898-yildan Turkistonda S.M.gramenitskiyning Toshkentda nashr qilingan “Первая 
книга для чтения” (“Birinchi o‘qish kitobi”), “Вторая книга для чтения” (“ikkinchi o‘qish 
kitobi”), “третья книга для чтения”  (“Uchinchi o‘qish kitobi”) darsliklari keng qo‘llana 
boshlandi. S.M.gramenitskiy ushbu  darsliklarni tabiiy-ko‘rgazmali usulda yozdi. Uning 
“Первая книга для чтения” (“Birinchi o‘qish kitobi”) darsligi  11 marta nashr qilingan. 
Ushbu darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida (3-32-betlar) alifbo o‘rgatiladi. 
Darslikning har bir betda o‘rgatilayotgan harf-tovushga mos chiroyli rasm va husnixat 
namunalari berilgan. Darslikning ikkinchi qismi “Книга первая” (“Birinchi kitob”) deb ata-
lib, 32-84-betlarni o‘z  ichiga oladi. Bu qismda 87 paragraf bo‘lib, har birida kichik hiko-
yachalar, ularga mos rasmlar, hikoya oxirida esa savollar berilgan. Darslikda bor-yo‘g‘i 
5-12 qatorli yettita she’r mavjud, 85-95-betlarda esa ruscha-o‘zbekcha-qozoqcha lug‘at 
berilgan.
S.M.gramenitskiyning “Вторая книга для чтения” (“ikkinchi o‘qish kitobi”), darsli-
gi 1898-yilda yozilgan bo‘lib, 9 marta qayta nashr qilingan. Darslik to‘qqizta bo‘limdan 
iborat. Ular quyidagilar: Maktab, Uy va bog‘, Uy hayvonlari, Shahar va qishloq, Dala, 
yovvoyi hayvonlar, Cho‘l va o‘rmon, Tog‘ va daryolar, Vatan.
Shuni e’tiborga olish kerakki, darslik Turkiston maktablari uchun yozilgan bo‘lsada, 
unda O‘rta Osiyo xalqlarining hayoti, ularning milliy qadriyatlari, ajdodlarning urf-odatla-


116

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin