33
Ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyati deganda shaxs-
lararo muloqot umumiy maqsad – muayyan vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan vaziyat
nazarda tutiladi. Bunda “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, faoliyatning
borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini tushu-
nish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasidir. an’anaviy
ta’lim pedagogik jarayonda o‘qituvchining subyekt sifatida, o‘quvchini esa obyekt sifatida
ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti haqidagi ta-
savvur bilan almashinadi.
Ma’lumki, XX asrning oxiri XXi asrning boshlariga kelib, ta’lim jarayoni subyektlari
faoliyatiga nisbatan yangicha yondashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning mush-
tarak ahamiyati shundaki, shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yangi
sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta’lim
jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon
bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta’lim jara-
yoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
ijodiy guruhlar, o‘yin jamoalarida ularning o‘zaro ta’sir jarayonida o‘quvchilarning
birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish o‘qituvchilar uchun dolzarb sanaladi. Bunda muloqot
ishtirokchilari xulq-atvorini real aloqalarni o‘rganish va hamkorlikdagi faoliyat davomida
– ijtimoiy faollik jarayonida bir-birining o‘zaro ta’sirini tavsiflash orqali boshqarish uchun
sharoit yaratiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro
hamkorlik tizimida muloqot shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga
qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada
o‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va
kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Hamkorlik pedagogikasi jarayonida o‘quvchilarda xushkayfiyat, rahmdillik, do‘stona
munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko‘maklashish,
kechira olish, mas’uliyatlilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzati-
ladi. Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar bir-birini yaxshi bilganliklari, yaqindan do‘stlash-
ganliklari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lganliklari, yaxshi sifatlarni namo-
yon qilganliklari, atrofdagilarning o‘zlariga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaganliklari, o‘z-
lariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari, ijobiy
hamkorlik muhitiga
singganliklari, o‘zlari va sinfdoshlariga nisba tan ishonch hissini kuzatish mumkin.
Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar o‘quvchilarning emotsional holatini yaqin-
lashtirish uchun sharoit yaratishi kerak. Zarur hollarda mashg‘ulot turiga bog‘liq ravish-
da o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning emotsional holatini boshqaradi.
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishning turli bosqichlarida peda-
gogik-psixologik tadqiqotlarning vazifasi loyihalashtirish metodologiyasi va texnologi-
yasi bilan belgilanadi. Bosqichdan bosqichga o‘tishda bu talablar takomillashtiriladi.
O‘qituvchilar darslarni loyihalashtirishda hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlarni tash-
kil etishga alohida e’tibor qaratmaydi. Ular o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan har
qanday munosabatga hamkorlikdagi jarayon sifa tida qarashga odatlangan. aksariyat
hollarda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan guruhli faoliyatni tashkil etish maqsadida o‘quv
topshiriqlarini tanlab oladi, hamkorlikdagi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun tash-
qi shart-sharoitlardan foydalanadi. Bu esa o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan ishonchli
hamkorlikni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunda hamkorlik imita tsiya (taqlid, o‘x-
shatish) xarakteriga ega bo‘ladi va o‘quvchilar orasida bahs-munozara vaziyati vujudga
keladi, biroq ular oldiga qo‘yilgan vazifalar yechilmaydi.