Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/146
tarix02.01.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#42699
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
albatta, bu kabi yondashuv mamlakatda tub mohiyati bilan yangilanayotgan pe-
dagogik fikrlarda yangiliklar, izlanishlar, muammolar mavjud bo‘lishiga qaramay ta’lim 
jarayoniga ilg‘or texnologiyalarning kirib kelishi ta’lim jarayonining liberallashtirilishini 
kuchaytiradi. O‘qitishning an’anaviy usulidan texnologik, ijodiy va izlanuvchan usulga 
o‘tish ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv imkonini beradi. Bu esa, o‘quv jarayonini 
demokratik tamoyillar asosida boshqarish, ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirish, 
tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikda faoliyat yuritish, ayniqsa, mustaqil 
fikrlash orqali intellektni rivojlantirishga asoslanadi. 
Biroq tajribalar ko‘rsatishicha, bilimlar va rivojlangan intellekt, shu jumladan, inno-
vatsion fikrlash qobiliyati, bularning barchasi raqobatli muhitda muvaffaqiyat kafolati 
uchun yetarli emasO‘qish davomida a’lochi bo‘lgan ko‘plab talabalar bozor iqtisodi-
yoti sharoitida kasbiy faoliyatda o‘rtacha ko‘rsatgichga ega bo‘ladilar. aksincha, o‘qish- 
da muvaffaqiyatga erisha olmaganlar esa, keyinchalik ishga katta qiziqish bildiradilar, 
oldiga aniq maqsadlar qo‘yadilar, o‘z kuchiga ishonadilar, boshlangan ishni muvaffaqi-
yatli yakuniga yetkazishda katta jonbozlik ko‘rsatadilar. 
Faoliyatimizdan  kelib  chiqadigan  natijalar  atrofdagilarning  fikri,  ijobiy  muloqot, 
e’tiqod, qadriyatlarga va nihoyat, muvaffaqiyatga bo‘lgan shaxsiy ishonchga bog‘liq. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bu qobiliyat (o‘ziga bo‘lgan ishonch, muvaffaqiyatni 
maqsad qilib olish)ning rivojlanishi yuqorida keltirilgan o‘quv maqsadlari taksonomi-
yalarining  hech  birida  ko‘rib  chiqilmagan.  Bir  paytning  o‘zida  bir  g‘oyaning  kelajagi 
borday tuyuladi. U ham bo‘lsa, o‘qitish jarayonini bilimlarni egallash, tahliliy va ijodiy 
fikrlashni rivojlantirishga qaratibgina qolmay, loyihalashtirilgan ta’lim maqsadlari va va-
zifalarini raqobatli muhitda muvaffaqiyatga erishishga yo‘naltirishga ham qaratish ke-
rak. Bu yondashuv hozirdanoq menejment, psixologiya, etika, biznes kabi o‘quv pred-
metlari orasida o‘z o‘rniga ega. Bu fanlarda odamlarni boshqarishda muvaffaqiyatga 
erishish hamda ular bilan samarali muomalaga kirishishning umumiy strategiya, metod 
va  usullarini  o‘rganishga  yo‘naltirilganlik  mavjud.  Fikrimizcha,  oliy  ta’lim  tizimida  bu 
yondashuvni mutaxassisliklarga o‘qitishning barcha yo‘nalishlariga joriy etish, profes-
sor-o‘qituvchining “predmet usti” faoliyati sifatida qo‘shimcha tarzda talabalarni o‘zlari 
tanlagan sohalarida muvaffaqiyatga erishish ta’minotini o‘qitish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston  respublikasi  Prezidentining  2018-yil  5-iyundagi  qarorida  talabalar-
ni innovatsion fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni 
joriy etish asosida tashkil etish, talabalarning mustaqil ta’lim olish kabi masalalarga 
ustuvorlik berish asosiy ish etib belgilangan.
albatta, talabalarning nazariy va amaliy mustaqil ta’lim olishlari uchun katta im-
koniyatlar mavjud. Biroq ko‘p hollarda o‘quv-tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil 
ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish masalasiga dolzarb pedagogik mu-
ammo sifatida qaralmaydi, mustaqil ta’lim mazmunini tahlil etish va ishlab chiqishga 
zamonaviy nuqtayi nazardan yondashilmaydi, uning samarali metod, shakl hamda vo-
sitalaridan foydalanishga yetarlicha e’tibor berilmaydi.
Mazkur masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan o‘rganish, ta’lim jarayonida 
talabalarning mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olish hamda mustaqil 
bilim egallashlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berish zarurati, amalga oshirish va 
nazorat qilish bo‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligining zamon talablari darajasida 
emasligi, talabalarda mustaqil ta’lim olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarining 
yetarli darajada shakllanmaganligi, o‘quv-metodik adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, 
yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalarning yetarli emasligi natijasida ularning mustaqil holda qa-


39
ror qabul qilish va o‘z nuqtayi nazarini himoya qila olish ko‘nikmalarini to‘liq shakllan-
maganligi muammoning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi.
an’anaviy  ta’limda  talabalarni  tayyor  bilimlarni  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  izlanish, 
tashabbuskorlikni  rivojlanishiga  olib  kelmaydi.  Bugungi  kunda  ta’lim  jarayonida  ax-
borot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ijobiy 
fikrlar, usullar barchani qiziqtirib bormoqda. axborot texnologiyalaridan foydalanilgan 
mashg‘ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘r-
ganib, tahlil qilishlariga qaratilgan.
Mustaqil  ta’lim  talabalar  o‘rtasida  ijobiy  ma’nodagi  raqobatni  keltirib  chiqaradi. 
Bir-biridan  ibrat  olgan  holda  o‘zlarining  aqlini,  kuchini,  vaqtini  foydali  faoliyat  bilan 
shug‘ullanishga yo‘naltiradilar. Turli xil tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan olimpiada-
larida ishtirok etish va g‘olib bo‘lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko‘rgazmalarda qatnashish 
orqali ularing iste’dodining noma’lum qirralari ochiladi.
Mustaqil ta’lim yoshlarning shaxs sifatida kamol topishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘r-
satadi. Unda xarakter xususiyatlarining barqarorlashuvi, ayniqsa, irodaviy sifatlarning 
mustahkamlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish kabi fazilatlar takomillashadi. atrof-muhitdagi 
narsa-hodisalarga befarq bo‘lmaslik, ularni to‘g‘ri baholay olish, o‘zlarining mustaqil 
fikrlarini bildirish va dalillashga odatlanadilar. 
alohida ijodiy muhit yaratash natijasida pedagogik muammo bo‘yicha ma’lu-
mot va tajriba almashish sodir bo‘libgina qolmay, alohida birga ijod qilish muhitini 
yaratish hisobiga, yangi fikrlarga, beg‘arazlikka erishiladi, bu keyinchalik innovat-
sion kompitentlikning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda o‘qituvchilarimiz faoliyatida ilg‘or (novatorlik harakatlari) tajribalar-
dan yetarlicha darajada foydalanish kompetentligi kamligi ta’limning innovatsiyalashu-
vi bilan kirishib keta olmayapti. yoshlar tarbiyasida muvaffaqiyatni maqsad qilib olish, 
raqobatda ustunlikka erishish kabi masalalariga alohida tizim shaklida jamlanmagani 
va tasniflanmaganligi bois o‘qituvchilar uchun muammolarni yechishni taxmin qilish, 
uni tekshirish, amaliy-nazariy xarakterdagi masalalarda qo‘llash, tartibga solish va sis-
temalashtirish kabi masalalar hamon o‘z yechimi kutmoqda.
Talabalarning innovatsion kompеtentligini shakllantirish orqali ularni ijodiy mu-
hitda muvaffaqiyatni maqsad qilib olish, raqobatda ustunlikka erishishda neyrolingvis-
tik dasturlash zamonamizning eng ilg‘or vositalaridan sanaladi.  
neyrolingvistik dasturlashning asosiy afzalligi shundaki, uning tavsiyalari odamga 
o‘z maqsadlariga tezroq va samaraliroq erishishga yordam beradi. Bu paytda inson-
ning o‘zi payqamagan aqliy qobiliyatlari (“neyro”) ishga tushadi. Bundan tashqari, ney-
rolingvistik dasturlash o‘ziga xos yo‘l bilan tildan (“lingvistik”) o‘z maqsadlariga erishish 
yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Va nihoyat, uning yordamida o‘z aqli, psixikasi-
ni boshqarish, qadriyatlarni kutilayotgan natijalar bilan moslashtirish (“dasturlash”)ni 
o‘rganish mumkin. Ma’lumki, kompyuterlar uchun ko‘rsatmalar, undan foydalanishga 
bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar mavjud. Hozirda neyrolingvistik dasturlash doirasida 
bir qator metodlar ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Ular bizga “shaxsiy miya-
mizdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar” egasi bo‘lishimizga imkon beradi. Mazkur 
ishda pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlarning maqsad, vazifalarini loyiha-
lashda neyrolingvistik dasturlash tavsiyalaridan foydalanish va buning hisobiga o‘quv 
jarayoni samaradorligini oshirish taklif qilinadi. 
So‘nggi fikr neyrolingvistik dasturlash bilan tanish bo‘lmagan o‘quvchida tanqidiy 
munosabat tug‘dirishi mumkin. Chunki an’anaviy o‘quv jarayonida pedagog ko‘p hol-


40

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin