73
lab qo‘yilgan ehtiyojlarga asoslangan hamkorlikdagi faoliyati, me’yorlar, tashkiliy shakl-
lar, funksiyalar va ularni ta’limni boshqarishning barcha darajalarida amalga oshirish
tizimi tushuniladi.
Shunday qilib, ta’limni davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligida boshqa-
rishning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
– ta’limning har bir subyektiga ma’lum vakolat va mas’uliyat yuklatilgan boshqa-
rishning davlat
strukturasining mavjudligi;
– ta’limni boshqarishning barcha subyektlari uchun real vakolat va undan kelib
chiquvchi mas’uliyat belgilangan jamoatchilik strukturasining mavjudligi;
– ta’limni boshqarishning barcha daraja (qatlam)larida boshqarishning davlat va
subyektlar o‘rtasida vakolatlar va mas’ulliklarni taqsimlashda o‘zaro kelishgan holda
hamkorlikda
faoliyat yuritish;
– ta’limni boshqarishning davlat va jamoatchilik shakllari tomonidan yuzaga kela-
digan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni hal etishning hamkorlikka asoslangan tizimini
qabul qilish.
Boshqaruv obyekti nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki davlat va jamoatchi-
likning ta’lim sohasidagi hamkorlikdagi faoliyatining butun tizimidan iborat bo‘ladi.
Ta’limni davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi shaklida boshqarishning
maqsadi – shaxslar, jamiyat va davlatning qiziqishlari davlat va jamiyat nuqtayi nazari-
dan optimal tarzda muvofiqligini ta’minlashdan iborat.
Uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:
– ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarini ta’lim muassasalarini boshqarishdagi qo-
nuniy belgilangan huquqlarini ta’minlash;
– ta’limni davlat yo‘li bilan boshqarishni
demokratlashtirish;
– ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarining qiziqish va ehtiyojlarini qondirish.
Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi boshqaruvi turini shakllanishi va
rivojlanishida uning nafaqat asosiy yo‘nalishlarini, faoliyat tizimlari, maqsadi, vazifalari,
mazmuni, tashkiliy strukturasi, balki qatnashchilar o‘rtasida yuzaga keladigan muno-
sabatlarni ham belgilab beruvchi prinsiplari muhim rol o‘ynaydi.
Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi boshqaruvi quyidagi prinsiplar
negiziga quriladi:
– ochiqligi (o‘zini o‘zi boshqarish jamoaning har bir a’zosi uchun ochiq bo‘lishi
hamda ularning har biri uchun tezkor va ishonchli ma’lumot olishni ta’minlashi);
– tenghuquqlilik (ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi boshqarish tizimida maktab ha-
yotining subyekti sifatida teng huquqga ega bo‘lishi, o‘z jamoasida u yoki bu qarorlarni
qabul qilishda hal qiluvchi ovozga ega bo‘lishi lozim);
– saylash (unga ko‘ra o‘zini o‘zi boshqarish organlari teng huquqli saylash natija-
sida o‘ziga muvofiq tarzdagi vakolatlarga ega bo‘ladi);
– demokratiya (ta’limiy munosabatlarning barchasini o‘zini o‘zi boshqarish faoliya-
tiga jalb qilish nazarda tutiladi);
– qonuniylik (o‘zini o‘zi boshqarish organlarini amaldagi qonunchilik, ta’lim muas-
sasasi nizomiga so‘zsiz amal qilishi);
– maqsadga muvofiqlik (o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining faoliyati ta’lim oluvchi-
larning ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirishga yo‘naltirilishi lozim);
– vakolatlilik, vakillilik (boshlang‘ich tashkilotlar o‘zlari saylaydigan o‘zini o‘zi bosh-
qaruv organlarida o‘z vakillariga ega bo‘lishlari kerak);