Key words. Primary class, technology, vocational education, profession, material, tea-
ching, lesson, teaching content, result.
Orifjon UZOQOV, Buxoro Davlat universiteti huzuridagi
XTXQTUMOHM amaliy fanlar va maktabdan tashqari
ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, t.f.n.
BOSHlang‘iCH SinFlarDa TеXnOlOgiya
FANINI O‘QITISHDA kASBIY TA’LIMNING
AHAMIYATI
B
oshlang‘ich ta’lim tizimida kasbiy faoliyat bolalarning ma’naviy, aqliy, jismo-
niy va estetik rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Shuning uchun
aynan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga kasbga qiziqish mustaqillik, ijti-
moiy faollik, mehnat qiluvchilarga nisbatan hurmat kabi hayotiy xislatlarga zamin ya-
ratiladi.
kasbiy ta’limda amaliy ishlarning turi va ketma-ketligi o‘quvchilarning yosh xu-
susiyatlarini, ijodkorligini hisobga olgan holda aniqlash va murakkabligi darajasi ortib
borishiga e’tibor qaratish joiz. Ta’lim mazmunini tanlashda esa uning o‘quvchi shaxsini
ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy jihatdan rivojlantirishdagi ahamiyatiga ham e’tibor qaratish
lozim.
Texnologiya darslarini tabiat qo‘ynida ko‘chma mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazish
yaxshi samara beradi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning amaliy ishtirokini ta’min-
lagani bois, ularda tabiatga nisbatan g‘amxo‘r bo‘lishga, uning mahsulini omilkorlik
bilan ehtiyotkorona sarflashga o‘rgatib boradi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim jarayonlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq, lekin alo-
hida olingan mustaqil tarkibiy elementlardan ham iborat. Ta’limning tarkibiy element-