91
– ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muas-
sasalari portali;
– xodimlar kasbiy faoliyati natijalarini o‘zida aks ettiruvchi
elektron portfolio tizimi;
– o‘quv jarayonlari monitoringini
tashkil etuvchi tizim;
– o‘quv resurslarini o‘zida mujassamlashtirgan
elektron kutubxona tizimi;
– nazoratlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi online test-sinovlari tizimi.
Elektron monitoring tizimiga o‘tish uchun internetda http://xtxmom.bimm.uz elek-
tron manziliga murojaat etish orqali bajariladi.
Maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish elektron tizimi (http://xtxmom.bimm.uz)da o‘quv jarayoni monitoringi olib bo-
rish uchun tegishli tayanch pedagogika oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari portal-
ning bosh sahifasida o‘ziga mos bandni tanlash orqali hududlar bo‘yicha monitoringni
amalga oshiradilar.
Mazkur portal foydalanuvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kursla-
ri o‘quv jarayonini tezkor va sifatli axborot-metodik ta’minotini amalga oshirish bilan
bir qatorda axborot-ta’lim resurslarining ochiqligini ta’minlaydi hamda tinglovchilarga
sifatli o‘quv materiallaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat
qiladi. Portal tarkibidagi o‘quv jarayoniga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘quv reja,
dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa o‘quv materiallarini mujassamlashtirgan
elektron baza tinglovchilar o‘quv faoliyatini takomillashtirishga zamin yaratadi, hamda
kurslardagi o‘quv jarayonlarini yagona standart asosida tashkil etish imkoniyatini be-
radi. integrallashgan elektron monitoring tizimining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqil-
gan onlayn test sinovlarini o‘tkazish dasturiy platformasi qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslari samaradorligi hamda natijaviyligini ta’minlash, tinglovchilarning o‘quv
jarayonini differensiallashtirilgan holda tashkil etish, hududiy markazlar pedagog xo-
dimlarini bilim, malaka va ko‘nikmasini malaka talablariga mosligini aniqlashtirish im-
koniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: