“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
muammolardan hisoblanadi. Shu maqsadda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalari asosida pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tay-
yorlash va ularning malakasini oshirish, kasbiy faoliyati monitoringini olib borishning
integrallashgan elektron tizimi platformasini ishlab chiqish, maktabgacha va xalq ta’li-
mi xodimlarining kasbiy kompetentlik darajasi dinamikasi o‘zgarishini aniqlashtirishga
qaratilgan onlayn test sinovlarini o‘tkazishning dasturiy va metodik ta’minotini ishlab
chiqishni maqsad qilib oldik. Binobarin, maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodim-
larining kasbiy faoliyati ko‘rsatkichlarini qayd etib borish, o‘quv materiallarni tinglovchi-
larga tizimli taqdim etishni amalga oshirishga xizmat qiluvchi elektron portfolio tizimi
mazmuni va dasturiy platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ustuvor ma-
salalardan hisoblanadi
3
.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirishni
muhim yo‘nalishlaridan biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan o‘quv jara-
yonini tizimli integratsiyalashdir. Bunda kurslarning o‘quv jarayonini tashkil etish va
uning mazmunini tubdan yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhitida
pedagogik faoliyat va ta’lim olish jarayonini tashkil etish strategik masala sifatida na-
moyon bo‘ladi.
Uzluksiz malaka oshirish jarayonini elektron portfolio ko‘rsatkichlari asosida baho-
lash, faqat tinglovchining o‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay,
kasbiy faoliyat jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv
uyg‘otish bilan tinglovchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Bu orqali tinglovchini obyektiv
baholash asosida unda adekvat ravishda o‘zini baholash imkoni tug‘iladi va muvaffaqi-
yatlariga tanqidiy munosabat shakllanishi qayd etiladi. Shu nuqtayi nazardan tinglov chi
bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholash, ayniqsa, bilimlarni nazorat qilishning elekt-
ron tizimi samaradorligini oshirish maqsadida tinimsiz izlanishlar va takomillashtirish
ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Elektron portfolio orqali pedagog kadrlar malakasini
oshirishning barcha shakllari amaliyotda qo‘llanishini tizimli tahlil etish imkoniyatlari
shakllanadi. Shuningdek, elektron portfolio tizimining joriy etilishi pedagoglarning krea-
tiv salohiyatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga muhim sharoitlar yaratadi, ixtisos-
lashtirilgan malaka oshirish muassasalarida pedagog kadrlarning malakasini oshirish
jarayonlarini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish imkoniyatlari
vujudga keladi.
Ma’lumki, malaka oshirish jarayonida pedagogning kasbiy mahorati rivojlantiriladi,
yangi nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlan-
tirish, ularni ta’lim-tarbiya jarayonlariga tegishli yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan
tanishtirish, mustaqil malaka oshirish mazmunini aniqlashga ko‘maklashish, pedagog-
larga innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishga yordam berish kabilar malaka
oshirish kurslarining vazifalariga kiradi.
Pedagogni uzluksiz kasbiy-pedagogik rivojlantirishga yo‘naltirish muhim hisob-
lanadi va bu orqali kasbiy o‘sishining maqsadi, shakllari, vositalari hamda individual
traektoriyasini mustaqil belgilaydi. Pedagogning kasbiy kompetentligi darajasi ta’lim
samaradorligini rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini dinamik o‘zgaruvchan sharoitlarga
moslashishi, innovatsion faoliyat va nihoyat, o‘quv jarayoni sifatini ta’minlashga jiddiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
3
abduqodirov a.a., To‘rayev B.Z. “informatika va axborot texnologiyalari” sohasidagi bo‘lajak
mutaxassis kadrlarning kasbiy kompetentligini shakllantirish nazariyasi va metodikasi. // Monografiya.
– T.: navro‘z, 2015. 176-b.
89
Bunday sharoitda monitoring pedagog kadrlarning kasbiy sifatlarini hamda ma-
laka oshirish jarayonlarini rivojlantirishni tashxis qilishning asosiga aylanadi. Chunki
aynan monitoring axborot olishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi, monito-
ringsiz adekvat, real tashxisni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday holatlar monitoringning
ahamiyatini va uni amalga oshirishga ilmiy yondashuv yo‘nalishlarini belgilab beradi.
nazorat usullaridan samarasiz foydalanish, didaktik yo‘naltirilganlik, tizimning
yo‘qligi, nazorat va baholashning yagona vositalari hamda mezonlarining yetarlicha
ishlab chiqilmaganligi pedagoglarning kasbiy faoliyatini, malakasini oshirish jarayonla-
rini, monitoringni tashkil qilishning kamchiliklari hisoblanadi.
Bugungi kunda ta’limning turli bosqichlarida pedagogik monitoring tizimini yara-
tishga urinishlar bo‘lmoqda, pedagogik faoliyatning turli jihatlari tadqiq qilinmoqda.
ko‘p sonli maqolalar va monografiyalar bu sohaga qiziqish katta ekanligi haqida gu-
vohlik beradi. Pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish, qaralayotgan muammoning dolzarb-
ligi to‘g‘risida yagona xulosaga kelish imkonini beradi.
Bizning fikrimizcha, quyidagilar monitoring vazifalari sifatida ajratib ko‘rsatilishi
mumkin:
– monitoring obyekti to‘g‘risida ishonchli va obyektiv ma’lumot yig‘ish;
– tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
– olinadigan ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish va baholash;
– ma’lumotlarni tegishli ta’limni boshqarish organlariga taqdim etish;
– monitoring o‘tkazilgan sohada faoliyatni tashkil qilish masalalari bo‘yicha takliflar
tayyorlash.
Hozirgi vaqtda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshi-
rish muassasalari bo‘yicha monitoringning tashkiliy tuzilmasini shakllantirish muhim
vazifa hisoblanadi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida ta’lim sifa-
tini o‘quv jarayoni subyektlarining ehtiyojlari va kutilgan natijalari yig‘indisining mala-
kaviy talablar asosida tashxis qilingan maqsadlarga mosligi darajasi sifatida qarash
mumkin.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalaridagi o‘quv jarayoni holati haqi-
da aniq ma’lumotlarni olish, pedagogik qarorlarni qabul qilish obyektning holatini aniq-
lash va uning rivojlanishini tashxis qilish imkonini beruvchi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta
ishlash, saqlash va tarqatish monitoring vositasida amalga oshiriladi. Obyekt haqidagi
ma’lumotlarni yig‘ishning an’anaviy metodlari (kuzatish, suhbat, anketa so‘rovnomasi,
tahlil qilish) bir-birini to‘ldiruvchi tashxis va monitoringga xosdir. Masalan, monitoring
tashxisni ma’lumot yig‘uvchi metod sifatida o‘z ichiga olishi mumkin. Bu usullarning
qo‘shib olib borilishi, o‘zaro aloqasi va o‘zaro bir-birini to‘ldirishi qayta tayyorlash va
malaka oshirish muassasalarining ta’lim faoliyati sifati to‘g‘risida har tomonlama ma’lu-
motlar olish, shuningdek o‘quv jarayoni rivojlanish dinamikasini aks ettirish imkonini
beradi.
4
Monitoring jarayonida qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalari faoliyati
natijalari, pedagog kadrlarning malaka talablariga moslik darajasi aniqlanadi.
Bunda ta’lim jarayoni sifati, o‘quv va kadrlar resurslari bilan ta’minlanganlik dara-
jasi, boshqaruv, tinglovchilarning o‘quv jarayoni, pedagog kadrlar kasbiy faoliyatining
natijalari monitoring obyekti hisoblanadi.
4
Shoymardonov T.T. pedagog kadrlar malakasini oshirishi va kasbiy faoliyati monitoringini
tashkil etishning elektron tizimi. // Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasi. – T.:
TDPU, 2017. 154-b.
|