79
2-guruh. kasbga yo‘naltirish guruhi.
guruh mashg‘ulotlari 2 yo‘nalishda:
1-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga nazariy bilimlarni singdi-
rib, grafik ishlarni bajarish qobiliyatini rivojlantirib borish rejalashtiriladi.
2-yo‘nalish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar fan olimpiadalariga tayyorlana-
di. Mavzular 8-9-sinf darsliklari asosida rejalashtiriladi. Fan olimpiadalarining tuman
bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilar viloyat va respublika bosqi-
chiga mazkur bosqich talablari darajasiga moslab ishlangan rejalar asosida tayyor-
lanadi.
Maktab chizmachilik ta’limining maqsadi o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan
texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda
etishga o‘rgatishdan iborat. agar o‘quvchi grafik savodxon bo‘lsa hayotda barcha
chizmaga oid ishlarni tezda tushunish va bajarib berish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Haqiqatdan ham tasviriy san’at va chizmachilik fanining inson hayotidagi ahamiyati
juda katta. Chunki bola, avvalo, dunyoni rasmlardagi kabi idrok qiladi, ko‘rgan nar-
sasini qaytaradi ya’ni, psixologiyada amaliy tafakkur tushunchasi bo‘yicha ushlab
ko‘rib, o‘zi ijro etib o‘rganadi. Hali yaratayotgan obrazlari abstrakt-mavhum holatda
bo‘lsada u qilgan ishdan estetik zavq oladi va borliqni o‘zida aks ettiradi.
Tasviriy san’at va chizmachilik fani ma’naviy-madaniyatning ham asosiy qismi-
dir. U bolalarda, inson hayotida badiiy madaniyatni uyg‘un shakllanishiga xizmat qi-
ladi. Shaxs uchun muhim bo‘lgan sifatlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Borliq, go‘zallik, dizayn estetikasi bu fanlarning asosini tashkil qiladi.
Xulosa qilib aytganda, tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan tashkil etiladigan
yakka tartibda kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlarida iqtidorli o‘quvchilar ongiga naza-
riy bilimlarni mukammal tarzda singdirib borish va amaliy ishlarni izchil davom ettirish
qobiliyatlari rivojlantirilib, respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlar va Olimpiada-
larda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, kelajakda mazkur fan yo‘nalishida tanlagan
kasbining fidoyilari bo‘lishini shakllantirish maqsad qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: