SAYLOVCHI MAJBURIYATI – aktiv saylov huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida
qonunda belgilangan majburiyatlari (muayyan harakatni amalga oshirishga yoki
muayyan harakatdan o‘zini saqlashga qaratilgan) majmuidir.
SAYLOVCHI HUQUQI – aktiv saylov huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida
qonunda belgilangan huquqlari majmuidir. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunida saylovchining bir qator huquqlari
o‘z aksini topgan.