SAYLOVChILAR RO‘YXATI – uchastka saylov komissiyasi tomonidan
tuziladigan rasmiy hujjat bo‘lib, ushbu ro‘yxatga aktiv saylov huquqiga, ya’ni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga
siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni saylash huquqiga ega bo‘lgan
fuqarolar kiritiladi.
SIYOSIY PARTIYA – o‘z a’zolari va tarafdorlarining siyosiy irodasini ifoda
etadigan, shu davlat siyosiy yo‘nalishini belgilashda, davlat hokimiyat organlarini
shakllantirishda, shuningdek, hokimiyatni o‘zining vakillik hokimiyat organlariga
saylangan vakillari orqali amalga oshirishda ishtirok etishni o‘ziga vazifa qilib
olgan barqaror tuzilmaga va doimiy faoliyat xarakteriga ega bo‘lgan mustaqil
ijtimoiy birlashma. Partiyaning aniq yuridik ta’rifi muayyan davlatlar
qonunchiligida beriladi va ular mahalliy siyosiy va huquqiy an’analarga ko‘ra
jiddiy farqlanishi mumkin.