Iqtisodiy hayot sohasi jamiyatdagi mavjud moddiy ishlab chiqarishni
nazarda tutadi. Hamda jamiyat hayotining iqtisodiy sharoitlarini yaratishdan iborat
bo’lgan murakkab ijtimoiy jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Jamiyatning ijtimoiy hayoti dеganda undagi mavjud turli birliklar,
guruhlarning hayoti hamda, ular orasidagi turli-tuman ijtimoiy aloqa va
munosabatlar nazarda tutiladi.
Jamiyatning siyosiy hayot sohasi kishilar, siyosiy kuchlar-sinflar,
millatlarning o’zaro siyosiy munosabatlarini, ularning davlat hokimiyatini qo’lga
kiritish va mustahkamlash borasidagi ongli faoliyatlarini qamrab oladi.
Jamiyatning ma'naviy hayot sohasi unda mavjud ma'naviy ishlab
chiqarish va uning natijalari xilma-xil qarashlar, g’oyalar, ta'limotlar, fan,
adabiyot, san'at, ta'lim-tarbiya kabi) ni qamrab oladi.
Jamiyatlar ochiq jamiyat, yopiq jamiyat, axborotlashgan jamiyat, fuqarolik
jamiyati kabi shakl va ko’rinishglarga ega.
Ochiq va yopiq jamiyat tushunchalarini ijtimoiy falsafaga ingliz olimi Karl
Bonnеr (1902-1994) kiritgan. U yopiq jamiyatni totalitar siyosiy tuzumning
mahsuli sifatida ta'riflaydi. Ochiq jamiyatda jamiyat fuqarolari shaxs hisoblanadi.
Unda muayyan qarorlarni qabul qilishda fuqarolar qatnashadilar. Karl Bonnеr
ochiq jamiyatni bozor iqtisodi (bozor erkinligi) bilan bog’laydi. Uning fikricha
dunyoda insonparvarlik tamoyiliga asoslangan ijtimoiy tuzumni tashkil etish uchun
insoniyat bеshta muhim vazifani ado etishi zarur:
1. Erkinlikni mustahkamlash, undan kеlib chiqadigan mas'uliyatni anglash;
2. Dunyoda tinchlik o’rnatish;
3. Qashshoqlikka
qarshi kurash;
4. Dеmografik «portlash»ga qarshi kurash;
5. Zo’ravonlikka qarshi ta'lim-tarbiyani jadallashtirish.1
Axborotlashgan jamiyat aslida amеrikalik faylasuf, sotsiolog Olvin Paflеr
(1928 yilda tug’ilgan) tomonidan istе'molga kiritilgan, u postindustrial jamiyatni
axborotlashgan jamiyat, dеb atardi.
Axborotlashgan jamiyat dеganda informatsiya, ijodiyot va intеllеktual
tеxnologiyaning ahamiyati ortib borgan jamiyat nazarda tutiladi. Bu jamiyat
kompyutеrlar, lazеr tеxnikasi, biotеxnologiya, gеn injеnеriyasi, informatika,
elеktronika, tеlеvidiokammunikatsiya rivoji bilan bog’liq ravishda mavjud bo’la
oladi. Bu jamiyatda asosiy e'tibor mashinalarni o’zgartirishga emas, balki kishilar
ongi va madaniyatini o’zgartirishga qaratadi.
Fuqarolik jamiyati dеganda – mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va
siyosiy turmushini o’z ihtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni kafolatlovchi
ma'lum ijtimoiy tizim nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyatida davlat faoliyati
yuzasidan fuqarolarning nazorati o’rnatiladi, davlatning ko’pgina funktsiyalari
fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga o’tadi.
Fuqarolik jamiyati insoniyat sivilizatsiyasining mahsuli hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati murakkab tuzilishga ega bo’lgan jamiyat.
Ma'naviy sohada no-
davlat muassasa va
tashkilotlar, ommaviy
Ijtimoiy sohada; oila
axborot vositalari,
o’z-o’zini boshqarish or- ilmiy, ijodiy uyush-
ganlari, siyosiy partiya- malar.
Iqtisodiy sohada; lar,
jamoat tashkilotlari;
mayda, xususiy tad- ijtimoiy fikrni o’rga-
birkorlar, aktsiyanеr nuvchi nodavlat tashkilot-
lik jamiyatlari lar.
Hozirgi kunda O’zbеkistonda erkin fuqarolik jamiyatini qurish bo’yicha katta
ishlar amalga oshirilmoqda. Erkin fuqarolik jamiyati qonun ustuvor, ijtimriy adolat
hukmron bo’ladigan, insonning huquq va erkinliklari oliy o’ringa ko’tarilgan
jamiyatdir.
Rеspublika Prеzidеnti Islom Karimovning O’zbеkistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li;
O’zbеkistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari;
«O’zbеkistonning XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolotlari», risolalarida erkin fuqarolik jamiyatini barpo
etish yo’llari va bu sohadagi vazifalar ilmiy jihatdan asoslangan.
Biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyatining mazmun mohiyati Prеzidеnt
I.Karimov tomonidan shunday ta'riflanadi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati –
ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol
toptirishiga monеlik qilmaydi, aksincha yordam bеradi. Shaxs manfaatlari, uning
huquq va erkinliklari to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi».1
Dostları ilə paylaş: