Xalq ijodiyoti


II BOB.   OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

II BOB. 

 OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISH ASOSLARI 

 

2.1.Bayramlar – madaniy tadbirlarning oliy shakli 

Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat 

chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini о‘zida qamrab 

olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir. 

Bayramlar  о‘z-о‘zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. 

Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-

odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan 

bayram va tomoshalar yuqori darajada о‘tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. 

Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri 

tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kо‘tarish va boshqa ijobiy 

hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan 

ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, о‘z mehnatidan zavq olishiga, 

mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga 

munosabatini yaxshilik tomonga о‘zgartirishiga olib keladi.  

Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga qaratilgan. 

Nazariya bilan amaliy ish birlashganda uning uslubiyoti vujudga keladi. 

Masalan, K.S.Stanislavskiyning olamshumul sistemasi ham aktyorlik va 

rejissyorlik, teatr san’ati faoliyatidagi amaliy-ijodiy va nazariy jarayonlar 

sharoitida bunyodga kelgan о‘ziga xos uslubiyotdir. Bayramlarni tashkil etish 

asoslari ham yuqorida qayd etganimizdek, nazariya hamda amaliy tajribalarning 

birlashishi natijasida vujudga kelib, ish shakllarini tashkil qilishda foydalaniladigan 

yо‘l yо‘riqlar va usullarni о‘z ichiga oladi.  

Shunday ekan, bayram va tomoshalarni tashkil etishni shu sohaning yetuk 

mutaxassislari ijodiy faoliyatlari misolida yoritishni maqsadga muvofiq deb topdik. 

Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq 

turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar – ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari, 




41 

 

bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar 



rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, 

shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz 

rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar, 

texnik ta’minotchilar bayramni tayyorlash va о‘tkazishdek sermashaqqat ishni 

amalga oshiradilar.

13

 



Bayramlarni tashkil etish uchun rejissyor va uning atrofidagi 

sahnalashtiruvchi, ishchi guruhlarning hamfikrligi, ularning dunyoqarashlarining 

bir-biriga mos kelishi va bir-birlarini tо‘ldirib borishlari va eng asosiysi 

bayramning mohiyatini keng xalq ommasiga yetkazib berish masalasidagi ularning 

hamjihatligi ayniqsa muhimdir.  

Yuqorida ta’kidlab о‘tganimizdek, har qanday bayramni tо‘g‘ri tashkil etish 

rejissyorning nuqtai nazari, dunyoqarashi, uning saviyasi va tashkilotchilik 

qobiliyatining darajasiga bog‘liq. Baxtiyor Sayfullayevning bayramlarga ilmiylik 

nuqtai nazardan yondashishi uning muvaffaqiyatlarining shartidir. Toshkentning 

2000 yilligiga bag‘ishlangan bayram tomoshasida Leningrad Madaniyat instituti 

professori, taniqli rejissyor D.M.Genkin sahnalashtirish jarayonlaridan birida u: 

«Baxtiyor Sayfullayevdagi ilmiylik va milliylikka e’tibor bizni ishimizni 

osonlashtiradi», – deb tan olgan edi. Darhaqiqat, ushbu fazilat har bir rejissyorning 

asosiy quroli bо‘lmog‘i lozim. Rejissyor Baxtiyor Sayfullayev О‘zbekistonga 

birinchilardan bо‘lib bayramlar nazariyasi va ularni tashkil etishning ilmiy 

asoslarini olib kirgan ilk mutaxassislardan hisoblanadi. Uning barcha 

sahnalashtirgan bayram va tomoshalaridan aniqlik, masshtablilik, milliylik, eng 

asosiysi ilmiylik ufurib turadi. 

Yuqorida qayd etib о‘tganimizdek, bayramlar tо‘g‘risidagi ta’limot bilan 


Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin