Xalq ijodiyoti


Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

Foydalaniladigan adabiyotlar................................................ 

 

43 



 

49 


58 

61 


65 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

 



KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 

insonlarning ma’naviyatini oshirish, ularga ma’naviy ozuqa berish, yaxshi, 

farovon turmush sharoitlarini yaxshilash, о‘z yurti, oilasi, kasbini sevish, ularni 

ilmli, bilimli, ma’rifatli, komil inson qilish va boshqa ezgu maqsadlarga 

qaratilgan juda kо‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ishlab 

chiqarilayotgan qator-qator dasturlarning asosiy mohiyati ham ana shunday 

ulkan maqsadlarga yо‘naltirilgan. 

Mamlakatimizda bо‘layotgan katta о‘zgarishlar va muvaffaqiyatlarni bayramlarimiz 

misolida yaqqol kо‘rishimiz mumkin. Madaniy tadbirlarning oliy shakllaridan bir 

bо‘lgan bayramlar yurtimiz chiroyi, gо‘zalligi, maftunkorligini jahonga tarannum 

etmoqda. Ayniqsa, mustaqillikni qо‘lga kiritganimizdan sо‘ng bayramlarni о‘tkazish, 

tashkil etish va boshqarishga bо‘lgan e’tibor va talab kuchaydi. Chunki bayramlar 

yurtimiz, millatimiz kо‘zgusidir. 

“Bayramlar kishilar hayotidagi eng quvonchli, hissiyotli damlar, xushkayfiyat 

chog‘lar, birdamlik, mehr-oqibat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini о‘zida qamrab 

olgan buyuk bir ijodiy va tashkiliy jarayondir. 

Bayramlar  о‘z-о‘zidan bayram shakliga kelmaydi, uni tashkil etish kerak. 

Kishilar imkoniyatini hisobga olib, zamon talablaridan kelib chiqib, milliylik, urf-

odat, an’analarga sodiq qolgan holda, mavzu va g‘oya uyg‘unligida tashkil etilgan 

bayram va tomoshalar yuqori darajada о‘tkazilgan tadbirlardan hisoblanadi. 

Chunki insonlar bayramlarga madaniy hordiq chiqarish uchun, bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri 

tashkil etish uchun, estetik zavqlanish, kayfiyatini kо‘tarish va boshqa ijobiy 

hislatlarni jo qilish uchun keladi. Bu esa uning ertangi kundagi amalga oshiradigan 

ijobiy ishlariga qiziqishini yanada orttirishga, о‘z mehnatidan zavq olishiga, 

mehnat unumdorligiga erishishiga, oilasi, Vatanni sevishga, ijtimoiy hayotga 

munosabatini yaxshilik tomonga о‘zgartirishiga olib keladi.  

Bayramlarni tashkil qilinishining asosiy maqsadi ham ana shunga 



 

qaratilgan”



1

Shunday ekan, bayramlarni tashkil etish muammolari, uning inson 



tarbiyasidagi rolini har tomonlama yoritish mazkur malaka ishining asosini 

tashkil etadi.  

Madaniy tadbirlarning shakllari juda xilma-xildir. Davra suhbatlari, 

uchrashuvlar, lektoriylar, tematik kechalar, kulgu kechalari, teatr, spektakllar 

namoyishi, adabiy-badiiy, musiqiy kompozitsiyalar, yubiley va boshqalar 

shular jumlasidandir. Madaniy tadbirlarning eng olish shakli  - bayramlardir. 

Madaniyat va ahol dam olish markazlari, maktab va kollejlar, turli 

tashkilotlarda bayramlar har xil shakllarda tashkil etiladi. Madaniyat xodimlari 

va san’at ahli ushbu tadbirlarni tashkil etishda samarali mehnat qiladilar.   

О‘zbekiston davlati  mamlakatda insonlarning  yashash shart-

sharoitlarini yaxshilash, yoshlarga bilim berish, bо‘sh vaqtlarini samarali 

tashkil etish va buning natijasida jamiyat hayotida faol ishtirok etish, oilasi, 

kasbi, Vatanini sevish kabi ijobiy hislatlarni jo qilishga katta e’tibor 

qaratmoqda.  Shu bois ham jamiyat taraqqiyotiga tegishli bо‘lgan barcha 

sohalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining  2013yil 25iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy 

madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari 

tо‘g‘risida”gi 178-son qarori  ana shunday ulug‘ maqsadlarga qaratilgan. Bu 

qaror aholining, ayniqsa, bolalar va yoshlarning intellektual, estetik va madaniy 

ehtiyojlarini tо‘laroq qondirish uchun zarur zamonaviy, ijtimoiy-madaniy va 

ma’naviy-ma’rifiy muassasalar yaratish maqsadida qabul qilgan. 

Bayramlarning tashkil etish asosan madaniyat va aholi dam olish markazlari 

xodimlariga zimmasiga tushadi.  

Respublikamizda  о‘tkazilayotgan «Mustaqillik”, “Navrо‘z”, “Umid 

nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”  va boshqa shu kabi Respublika 

miqiyosidagi bayram tadbirlarimiz yuqori darajada tashkil etilmoqda. Ammo, 

                     

1

 Rustamov.V.K. “Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari”.T., 2013. 




 

bir haqiqatni aytib о‘tish joizki, bu bayramlar yildan–yilga strategik shaklga 



kirib, bir xil shtamplarni vujudga keltirmokda. Bundan tashqari bayramning 

kompozitsion tuzilishi kо‘p yillardan beri bir xil uslubda hal etilmokda. 

Tomoshabin nimadan keyin nima bо‘lishini bilib turadi. Eng achinarlisi 

teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalarda barcha tomoshani qо‘shiq va raqs 

egallamoqda. Nahotki, shunday boy tarixga, ma’naviy boylikka ega bо‘lgan 

mamlakatimizda teatrlashtirish uchun material, ma’lumotlar topilmasa? Nima 

uchun shu soha mutaxassislari berayotgan g‘oyalar, yaratayotgan ssenariylar 

e’tiborsiz qoldirilayapti? Va nihoyat nima uchun bunday bayram tomoshalarini 

о‘tkazish asosan teatr rejissyorlari va sportchilarga topshirilayapti? 

Hozirgi kunda ommaviy bayram va tomoshalar oldida turgan mana shu va 

boshqa muammolar dolzarb bо‘lib turibdi. Ushbu muammolarni hal etmas 

ekanmiz, bizdagi ommaviy tomosha san’atida oldinga intilish sezilmay qolaveradi. 

Ommaviy bayram va tomoshalarni ssenariysini yaratish jarayoniga jiddiy 

yondoshish lozim. Ssenariy tо‘laqonli adabiy-badiiy asar hisoblanadi. Lekin 

ba’zilar ssenariyga oddiy konsert dasturi sifatida, qо‘l uchida qaraydilar. 

Vaholanki, ommaviy teatrlashtirilgan bayram va tomoshalar ssenariysini yaratish 

juda ham murakkab va og‘ir jarayondir. Bunday ssenariylarni yaratish hammaning 

ham qо‘lidan kelavermaydi. 

Bayram tadbirlarining asosiy vazifasi – milliy va dunyo madaniyatlarining 

eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, o‘sib kelayotgan 

avlodni, zamonaviy yoshlarni ma'naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga 

bo‘lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash hisoblanadi. Zotan, xalqlarning o‘ziga 

hosligi va betakrorligini saqlash, tarixan shakllangan qadimiy milliy madaniyatlar, 

san'at va xalq ijodiyoti, yuz yillar davomida tarkib topgan milliy an'ana va urf-

odatlarning o‘zaro yaqinlashuvi va bir-birini boyitishi uchun, dunyoda yashayotgan 

turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat muhitini qaror toptirish uchun 

madaniy tadbirlarning ahamiyatini alohida ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. 

Shuningdek, bayramlarda  shaxs o‘z insoniy fazilatlarini shakllantira boshlaydi, 




 

yashirin, betakror, individual hususiyatlari, qobiliyatlarini kashf etadi, ularni 



o‘stiradi va rivojlantirib boradi, jamiyat, hayot bilan muloqotga kirishadi. 

Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning o‘ziga xosligi shundaki, u 

insoniyat avlodlarinig mehnati va bilimlarini o‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, 

doimiy boyitib boradi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib beradi.  

Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshirishda bayramlarni mohirona 

tashkil etish, ya'ni uning dramatik asosi bо‘lmish ssenariyni yaratish, 

sahnalashtirish va ommaga taqdim etish orqali insonlarga ta'sir qilish –hozirgi 

kunning dolzarb masalalaridandir.  




Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin