Lirika (yunoncha lyrisos – lira jo`rligida kuylash) – badiiy adabiyotning asosiy
turlaridan biri bo`lib, biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida inson qalbida tug`ilgan ruhiy
kechinma, fikr va tuyg`ular orqali voqelikni aks ettiradi.
Poema (yunoncha roiema - ijod) – inson qalb prizmalari osha hayotning poetik
momentlarini va dolzarb muammolarini aks ettiruvchi epik, lirik, lirik-epik va
dramatik xarakterdagi yirik hajmli she`riy asardir.
Ballada (fransuzcha ballade – lotincha ballo – raqsga tushaman) –inson
hayotining dramatik momentlari va poetik nuqtalarini ko`tarinki ruhda ifodalovchi
rivoyaviy (ixcham)she`riy asar, qalb tug`yoni. Ballada uslubida romantika yorqin
ufurib turadi. Ballada, odatda, o`tkir dramatik voqea zaminiga quriladi, unda hayot
dramasi qahramonning qalb prizmalaridan o`tkazilib tahlil etiladi, turmushdagi
g`oyatda muhim muammolar yoritiladi, keskin vaziyatla lirik qahramon qalbida
tug`ilgan his-tuyg`ular, qaynoq qalb harorati lirik-romantik bo`yoqlarda ifodalanadi.
Masal (arabcha -namuna) – ta`limiy-axloqiy, didaktik, kinoyaviy xarakterdagi
kichik hajmli she`riy yoxud nasriy asar. Masalda, odatda, odamlarning ayrim
nuqsonlari, ijtimoiy munosabatlardagi nobopliklar allergik obrazlar (hayvonlar,
parrandalar, qushlar, jonivorlar, tabiat hodisalari) vositasida tanqid qilinadi, pand-
nasihat, axloqiy o`gitlar targ`ib etiladi.
Badiiy adabiyotning uchinchi turi – dramatik turdir. V.G.Belinskiy dramatik
poeziyaning xususiyatlari haqida to`xtalib, deydi: dramada epos lirika bir butun bo`lib
birlashadi: ichki hodisa o`z ichida qolishdan to`xtaydi va tashqariga chiqadi, amalda
o`zini ko`rsatadi: ichki, ideal (sub`ektiv) hodisa tashqi, real (ob`ektiv) hodisa bo`lib
qoladi.
Dostları ilə paylaş: |