Adabiyotshunoslik nazariyasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#42964
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7
hikoya qissa esse shukur xolmirzayev ijodi misolida.

 

 

X U L O S A 

XX  asr  o`zbek  adabiyotida  o`ziga  xos  uslubga  ega  bo`lgan  ijodkorlardan  biri 

Shukur  Xolmirzayev  sanaladi.  Shukur  Xolmirzayev    o`zbek    adabiyotiga  60-yillarda 

kirib  keldi.  Ilk  hikoyalari  bilanoq  o`quvchilar  qalbini  zabt  etdi.  U  yaratgan  hikoyalar 

Abdulla Qahhor e`tiboriga tushdi. Keyinchalik romanchilikka ham qo`l urdi. 



20 

 

Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi obrazlarga alohida ahamiyat qaratdi. Ularni 



samimiy va tabiiy qiyofada aks ettirishga intildi. U yaratgan hikoyalarda ayniqsa bola 

obrazi alohida ahamiyat kasb etdi.  

Shukur Xolmirzayev o`zbek hikoyachilik san`atining ustozi Abdulla Qahhordan 

keyin yangi, yuqori bosqichga ko`targan yozuvchilardan  biridir. Uning hikoya, qissa 

va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag`ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan 

ajralib turadi. 

Shukur Xolmirzayev o`ndan ortiq hikoyalarida bola ruhiyatini yoritishga harakat 

qildi.  Bu  obraz  o`ndan  ortiq  hikoyalarda  aks  etgan  bo`lsa-da,  bir-birini 

takrorlamaydigan xarakterlar galeriyasi bo`lib gavdalandi. 

Shukur  Xolmirzayev  o`ziga  xos  shaxsiy  badiiy  uslub  sohibi  sifatida 

taqlidchilikdan,  biryoqlamalikdan,  bayonchilikdan  qochadi,  so`zga  xasis  bo`lsada, 

fikrini  o`quvchiga  to`la  va  yorqin  etkazishga  erishadi.  Biroq  ba`zan  uning  asarlari 

tugallanmagandek  taassurot  uyg`otadi.  O`quvchi  asar  davomini  kutadi.  Qahramonlar 

portretini chizmaydi, asosiy e`tiborini xarakter yaratishga qaratgandek ko`rinadiki, bu 

o`quvchini  o`ylashga,  chuqur  mulohaza  qilishga  majbur  qiladi.  Asar  qahramonlari 

ustidan chiqarilgan hukm o`quvchi e`tiboriga havola etiladi. Har bir o`quvchi qanday 

asar  o`qimasin  o`qigan  asar  qahramonlarining  taqdirini  o`zi  xohlaganidek  bo`lishini 

istaydi. 

Adibning ―Qorbobo keladi‖ hikoyasida bola obrazi ruhiyati ifoda etilgan. U bola 

bo`lganda  ham  juda  sodda,  ishonuvchan,  qalbi  pok,  orzu  qilgan  narsalarini  o`zi 

xohlaganday  tasavvur  qiladigan  va  shunga  o`zi  ham  ishonadigan  obraz  sifatida 

tasvirlangan. 

Yozuvchining ―Bahor‖ hikoyasida esa tog`li hududlarda yashovchi, qalbida ilk 

muhabbat  kurtak  otayotgan  va  bu  ayni  bahor  faslida  daraxtlar  uyg`onib,  barg 

yozayotgan fasl tasvirlanib hikoyaga yanada joziba bergan. 



21 

 

“Jo’raboshi”    hikoyasi    o`zlarini  ko`chaning  ―xo`jayinlari‖  deb,  biluvchi  bir 

guruh,  har  xil  yoshdagi  bolalarning  hayotidan  olingan  haqqoniy  lavhadir.    ―Ko`cha 

xo`jayinlari‖  ning  boshlig`i  Habibulla  ismli  bola  bo`lib,  u  harbiy  xizmatga  ketish 

arafasida  o`z  ―ishchilari‖  bilan  xayrlashishi,  ularga  vazifalar  tayinlashi  arafasida 

ulardagi  ruhiyatning  o`zgarishi  orqali  bolalar  hayotini  tasvirlaydi.  Bolalik,  o`smirlik, 

o`spirinlik davri va ular bilan xayrlashuv sifatida ifoda etiladi. 

Adibning “Nasib etsa” hikoyasida   haqiqatgo`y  bola  to`g`risida  gap boradi. 

Elyor Bo`ritosh opasini juda yaxshi ko`radi. U ishdan kelgan zahoti bola uning atrofida 

girdi kapalak bo`lib o`ynar, u bilan sihbatlashar edi.  

 

Bo`ritoshni  qishlog`idan  Berdiyor  yaqinda  olib  qochib  kelganligi  uchun  Elyor 



unga  oilasi,  qishlog`i  to`g`risida  o`zini  qiziqtirgan  savollarni  beraveradi.  Shu  orqali 

bola  ruhiyati  asta-sekinlik  bilan  ochila  boradi.  Adib  bola  ruhiyati  orqali  inson 

hayotidagi  o`zgarishlarning  ta`sirini  ushbu  hikoyada  tasvrlaydi  va  buni  uddasidan 

chiqadi. 

Shukur  Xolmirzayev  hikoyalarida  bola  ruhiyatini  ochar  ekan  ko`proq  ularni 

qiziqarli  holatlarda  aks  ettirishga  harakat  qiladi.  Bunday  paytda  yozuvchi  bolalar 

hayotida yuz berishi mumkin bo`lgan voqea – hodisalarga e`tiborini qaratadi. Masalan, 

maktab tasvirini berish orqali unda bolalarning maktab yoshiga xos bo`lgan jihatlarini 

ochishga harakat qiladi, qishloq hayotidan  lavhalar keltirish orqali  esa, tabiat  va  bola 

ruhiyatidagi  o`xshashliklar  yoritiladi.  Bolalar  turmush  tarzining  ko`p  qismini  egallab 

turadigan jarayon bu-o`yin. Yozuvchi hikoyalarida o`yin epizodidan foydalanar ekan, 

keltirilgan o`yinning qanday o`ynalishi, o`ynalish qonun-qoidalari haqida ham gapirib 

o`tadi.  Bundan  yozuvchining  o`zbek  milliy  o`yinlari  turkumiga  kiruvchi  o`yinlaridan 

anchagina yaxshi xabardor ekanligini bilib olamiz. 

Yozuvchi  hikoyalarida  murg’ak  bolaning  ko’nglidan    o’tayotgan  tuyg’ularni 

mahorat  bilan  ochib  bergan.  Ko`ngil  oynasi  bir      sinsa,  yoki  lat  yesa  qayta    tuzatib  

bo’lmaydigan,  shisha  misoli.  Ko’ngil  bir  ozor  yesa  o’z  holiga  kelishi,  avvalgiday 



22 

 

bo’lishi  qiyin.  Shukur  Xolmirzayev  bola  obrazini  yaratar  ekan  bu  jihatlarni  ham 



yoddan chiqarmaydi va uni mahorat bilan ko`rsata oladi.  

Xullas,  Shukur  Xolmirzayev  o`ndan  ortiq  hikoyalarida  bola  obrazini  yaratgan. 

Bolalarga xos bo`lgan ruhiy kechinmlalar, hissiyotlar, ularni larzaga solgan hodisa va 

voqealar bola tilidan ifoda etilgan. 

 

                                            ADABIYOTLAR RO`YXATI 




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin