Bitiruv malakaviy ishi


 Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va o‘qituvchi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

 

2. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilish jarayoni va o‘qituvchi

 

faoliyatining ahamiyati. 

    Keys-stadi  bu  shaxslarni,  guruhlarni,  voqealarni  qayta-qayta  tahlil  qilish, 

muhokama  qilinayotgan  muammoga  bog‘liq  holda  rivojlantiruvchi  omillarni 

ta’kidlab  berishdir.  Keys-stadi  ko‘proq  ijtimoiy  fanlar  tizimida  ko‘proq 

qo‘llaniladi.  Keysda  bayon  qilingan  va  ta’lim  oluvchilarni  muammoni  ifodalash 

hamda  uning  maqsadga  muvofiq  tarzdagi  yechimi  variantlarini  izlashga 

yo‘naltirilgan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan ma’lum bir vaziyatli tahlil 

etilishiga  asoslanadgan  ta’lim  uslubidir.  Keys-stadi  tasvirlash  va  tushunitirish 

ko‘rinishida  bo‘lishi  mumkin.  Ikkinchi  turi  sabablarni  o‘rganish  orqali  asos  bo‘la 

oladigan prinsiplarni izlab topish uchun qo‘llaniladi.  

  Keys-stadi  texnologiyasi  talaba  faoliyatini  faollashtiruvchi,  o‘quv  jarayonini 

bahs-munozaralarga aylantiruvchi, bir so‘z bilan aytganda muammoli vaziyatlarga 

nisbatan  yangi  ijobiy  yechimlarni  tug‘ilishiga    ko‘maklashuvchi  ta’lim 

texnologiyasidir. Bu texnologiya uzoq davrlar davomida shakllanib, bugungi ta’lim 

tizimiga  kirib  keldi.  Keys-stadi  texnologiyasi  ham  boshqa  ta’lim  texnologiyalari 

kabi  bugungi  ta’lim  tizimida  o‘z  o‘rniga  egadir.  Keys–stadi  texnologiyasini 

qo‘llashda uni tashkil  qilish bosqichlariga katta e’tibor qaratish lozim.  Negaki har 

qanday  nazariy  jihatdan    puxta  qurilgan  texnologiyani,  amaliy  faoliyatda  to‘g‘ri 

tashkil qilinmasa u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.  

 Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda    ta’lim  maqsadlarni  to‘g‘ri  qo‘ya  olish 

ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda  navbatdagi 

asosiy bosqichlarni ajratib berish maqsadga muvofiqdir. 

  1.    Keysning  didaktik  maqsadini  shakllantirish.  Bu  bosqichning  tarkibida 

o‘quv  fani  ish  rejasiga  keys-stadi  metodini  kiritish,  shu  fanning  bo‘limlarini,  




 

mavzularini  aniqlash,    texnologiyaga    mos  vaziyatlarni  tashkil  qilish,  maqsad  va 



vazifalarni    shakllantirish  kabilar kiradi. 

 2.  Muommali  vaziyatlarni  aniqlash.  O‘quv  amaliy  soat  mavzularidadan  kelib 

chiqib vaziyatlarni tanlab olish. 

 3.  Keysning  dastur  xaritasini  tuzish.(keys  matn  asosida  ifodalanishi,  yoki 

boshqa  manbalarda  aks  etishi  mumkin)Ya’ni  tanlab  olingan  muammoli  vaziyat 

asosida keysning qo‘llanish bosqichlarini texnologik xaritada aks etirish. 

 4.  Muammoli  vaziyatga  tegishli  manbalarni  izlash,  dasturlashgan  xaritaning 

qisqacha  mazmuni  keltirish.  Bu  jarayonda  tuzilgan  keysning  kelib  chiqish 

manbalari,  o‘rganilgan  adabiyotlari,  uning  turlari,  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

ko‘rsatilib o‘tiladi. 

 5.  Keys    modulini  tanlash  yoki  tuzish.  Bu  jarayonda  keys  uchun  ma’lum  bir 

modul tanlab olinadi va shu asosda uning tuzilmasi tuziladi. 

 6.  Keys    turini  tanlash.  Yuqoridagi  holatlardan  kelib  chiqib  keysning 

qo‘llanish turi aniqlanadi va shu orqali amaliy faoliyatda tadbiq qilinadi. 

 7.  Keysda  qo‘llaniladigan  matnini  yozish.  Keys  matni  yozishda  o‘rganilgan 

manbalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Matn  qisqa  yoki  keng  hajmda  bo‘lishi 

mumkin. 

 8.  Keysning  maqsadlarini  to‘g‘riligini,  ishlash  samarasini  eksperimentlar 

guruhi  bilan    birgalikda  ko‘rib  chiqish.  O‘quv  amaliy  soatda  qo‘llash  mumkin 

bo‘lgan  tayyor  keysni  oldindan  sinovdan  o‘tkazish  va  samaradorligini  oldindan 

bashorat qilish. 

 9.  Keysni  yakunlovchi  xulosasini  tayyorlash.  Keysning  yakuniy  xulosasini 

tuzish,  qo‘llanilgan vaziyatning ma‘qbul yechimlarini oldindan tuzib chiqish. 

10.  Keys  uchun  zarur  qo‘llanmalar  tayyorlash,  ularni  o‘quv  mashg‘ulotlarda 

qo‘llash va  nashr qildirish. 

11.  Keysdan  foydalanish  uchun  uslubiy  tavsiyalar  tayyorlash,  talabalar  uchun 

o‘quv  vazifalarni  oldindan    ishlab  chiqish,  texnologiyani  qo‘llash  uchun  qulay 

sharoit yaratish. 




 

 Keys-stadi  texnologiyasida  qo‘llaniladigan  muammoli  vaziyatlar  talabada 



qiziqish uyg‘otishi uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak. 

-   qiziqarli, o‘quvchilar uchun aniq va oddiy tilda yozilishi; 

- ijobiy, namunaviy misollar bilan birgalikda salbiy ko‘rsatkichlarning ifodalanishi; 

- tanlangan talabalar kontigentini mavjud  talabalar soniga mosligi, yechim uchun 

zarur bo‘lgan axborotlar keltirilganligi

  Muammoli  vaziyatlar  modulini  tuzish  jarayonida  muammoni  aniqlash  va 

guruhlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda keltirilgan  vaziyat 

yechimi, murakkab va dolzarb mavzular asosida qurilgan bo‘lishi zarurdir. [36, 54 

b] 

  Keys-stadi  texnologiyasidagi    muammoli  vaziyatlarni  tahlil  qilishda 



talabalarning  quyidagilarga  e’tiborli  bo‘lish,  yechimni  sari  yo‘l  topishda  yordam 

beradi. 


- muammoli vaziyat talabidan kelib chiqib uni shakllanish bosqichlarini aniqlash; 

-   vaziyat aks etgan  vaqt  va zamon chegarasini aniqlash; 

-   muammoli vaziyat tasnifi, turini aniqlash; 

-   vaziyat yechimlarini orasidan ma’qbul variyatini tanlay olish; 

-   ma’lumotlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash; 

-   muammoni yechish texnologiyalarini tashkiliy bosqichlarini ishlab chiqish

-   muammoli vaziyatni yechimini guruh bilan birgalikda  hal qilish

  Keys-stadi  texnologiyasining  asosiy  tarkibi  sabab  va  oqibatdir.  Sabab 

texnologiyaning dastlabki qismi bo‘lsa, oqibat uning yakunlovchi qismidir. Keysni 

tahlil    qilish  jarayonida  sabab  va  oqibatni    to‘g‘ri  shakllantira  olish  asosiy  o‘rini 

egallaydi.  Sabab  va  oqibat  tahlili  muammolarning  kelib  chiqish  manbalarini 

o‘rganishdan boshlanadi, ular hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi.  Sabab  

va  oqibat tahlili  quyidagilarni o‘z ichiga oladi. 

-   muammoli vaziyatning ob’ektini  va predmentini shakllantirish; 

-  vaziyatlarning  sabab  va  oqibatlarini  aniqlashda  tayanch  ilmiy-tadqiqot 

manbalarni  bo‘lishi; 




 

-  sabab va oqibat orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash; 



-   o‘rganilayotgan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish; 

Muammoli  vaziyatni  yechimini  topishda  turli-xil  tahlil  qilish  usullaridan 

foydalaniladi. 

      1.  Pragmatik    tahlil    u  yoki  bu  manbalarni,  jarayonlarni,  hodisalarni  tahlil 

qilishda    ko‘proq  ijobiy  nuqtai-nazarlarda  hisobga  olishni  nazarda  tutadi. 

Pragmatik  tahlilning  asosiy  tushunchasi      ijobiy  yechimlarni  topish  bilan 

baholanadi.  Bu tahlil bir qancha boshqichlarda amalga oshiriladi. 

- keysda keltirilgan manbalar, jarayonlar vazifalaridan kelib chiqgan holda fikrash; 

-   keyslarning  mazmundorligini aniqlash; 

-  muammoli  vaziyatni  tahlil  qilish,  muvofaqqiyatsizliklarning  sabablarini 

o‘rganish; 

-  keyslarning  ilmiy  darajalarini,  foydalanilayotgan  adabiyotlar  zahiralarini 

aniqlash; 

-   keyslarning ijobiy yechimlar bilan boyitish yuzasidan takliflar ishlab chiqish

 2.  Aksiologik  tahlil  u  yoki  bu  manba  hodisalarini  oldindan  rejalashtirilgan 

maqsadlar asosida tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunday tahlilning asosiy maqsadi 

jamiyatdagi hodisalarni tafovutlarni  o‘rganishdir. Aksiologik tahlil uslubi  amaliy 

faoliyatda hozirgacha qo‘llanilmagan. 

3.  Prognostik  tahlil    kelgusida  sodir  bo‘luvchi  muammoli  vaziyatga  xos 

yechimlarni bashorat qiladi. O‘zining mazmuniga ko‘ra bu tahlil oldindan bashorat 

qilish  tahlili  deyiladi.  Bu  tahlil  qilinayotgan  muammoli  vaziyatlarning  bo‘g‘usi 

jarayonini bilishga undaydi. 

4.  Keys–stadi  uslubidan  foydalanishda  vaziyatga  xos  tahlil  asosiy  ahamiyatga 

egadir.    Bu  tahlilda    muammoli  vaziyatdan  kelib  chiqgan  holda  maqsad  va 

vazifalar, yechimga olib boruvchi usullar belgilab olinadi. 

5. Tavsiyalar beruvchi  tahlil, bunda muammoli vaziyatga nisbat yechim emas  

tavsiyalar ishlab chiqiladi. Keltirilgan tavsiyalar orqali vaziyatdagi muammolar hal 

qilinadi. 




 

 Keys-stadi    texnologiyasi  bilan  ishlash  jarayonida  amalga  oshiriladigan 



vazifalar: 

-  muammoli vaziyatni tizimlashtirishni amalga oshirish, ular  tipologiyasi, tasnifi, 

natijasi, yechim yo‘llarini aniqlash; 

-    texnologiyaning  vazifasini,  muammoli  vaziyatni  qurshab  olgan  tashqi  va  ichki 

muhit bilan hamkorlikdagi harakatlarini aniqlash; 

-    muammoli vaziyatning kelib chiqish, sabab-oqibatlarni o‘rganish; 

-  muammoli  vaziyatning  faoliyat  mazmunini  oldindan  tashxis  qilish,  ijobiy 

yechimlarni ishlab chiqish; 

-  muammoli vaziyatga xos   prognostik tahlilni amalga oshirish ; 

- muammoli vaziyatlarda keltirilgan shaxslarga nisbatan tavsiyalar ishlab chiqish; 

-  muammoli vaziyat faoliyatini aks etiruvchi dastur ishlab chiqish; 

     Keyslardagi  muammoli  vaziyatlarning  yechimini  topishda  quyidagi 

bosqichlar tavsiya qilinadi: 

Birinchi bosqich, vaziyat  va uning tarkibiy qismi bilan tanishish. 

Ikkinchi  bosqich,    muammoni  yuzaga  keltiruvchi  sabablar,  manbalarni    va 

muammoli vaziyat tarkibida qatnashgan  shaxslarni ajratish; 

Uchinchi  bosqich,  aqliy  hujum  metodini  qo‘llash  uchun  fiklarni  yoki  kichik 

mavzularni ajratish; 

Tortinchi  bosqich,  u  yoki  bu  qarorni  qabul  qilishda  kelib  chiquvchi  natijalar 

tahlil qilib ko‘rish; 

Beshinchi  bosqich,  keysni  yechimini  yoki  unga  mos  keluvchi  bir  qancha  

variyatlarni tahlil qilish; 

        Keys–stadi  texnologiyasini  ta’lim  jarayonlarda  qo‘llash  bir  qancha 

qiyinchiliklar  keltirib  chiqaradi.  Keys-stadi  texnologiyasi  quyidagi  bosqichlar 

orqali tashkil qilinadi; 

-   muammoli vaziyat bilan talabalarni tanishtirish; 

-  keysni tahlil qilish; 

-  keysda  munozara jarayonini uyushtirish, taqdimot qilish; 




 

-  munozarada qatnashuvchilarni baholash; 



-  munozara yakunini tashkil qilish

       Talabalarni keys matni bilan tanishishi  keysni tashkil qilishdan bir necha kun 

oldin  amalga  oshiriladi,  bu  talabalarning  mustaqil  ishi  sifatida  baholanadi.  Bu 

jarayonda  keysga  tayyorlanish  vaqti  keysning  hajmi,  mukammaligiga  qarab 

belgilanadi. 

  I.  Kozinaning  fikricha      keys  bilan  ishlash  jarayonida    birinchi  navbatda 

keysdagi bog‘lovchi (kalit)  muammoni topish kerak va keltirilgan muammolardan 

yechish  uchun  zarur  bo‘lganlari  qaysi  ekanligini  bilish  zarur,  keysda  vaziyatni 

yuzaga  keltiruvchi  sababni  topish,  uni  asosiy  harakatlantiruvchi  kim    va  nima 

ekanligini  aniqlash,  fakt  va  tushunchalarni  tanlab  olish,  vazifalarni  yechishda 

qanday  qiyinchiliklar  paydo  bo‘lishini  oldindan  anglash  keysni  yechimi  tomon 

harakatlantiradi. [30,46 b] 

      Keysni  tashkil  qilishdan  oldin  talabalarni  texnologiya  mohiyati  bilan 

tanishtirish, keys bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini eslatib o‘tish, 

faolliyatni  to‘g‘ri  tashkil  qilishda    yordam  beradi.  Quyidagi  eslatmalarni 

talabalarga havola qilinadi. 

1.  O‘quv  fanning  ma’lum  bo‘limiga  tegishli  ma’lumotlarni  qayd  qilib  oling, 

bilimlar zahirasida yig‘ilgan xotira blokini oching. Ular siz uchun keysni tahlilida 

zarur bo‘ladi. 

2.  Keysni  tezlik  bilan  o‘qib  chiqing,  bu  keys  haqida  umumiy  tasavvurlarni 

beradi. 

3.  Keysga  talluqli  savollarni  diqqat  bilan  o‘qib  chiqing  va  siz  keysni  yaxshi 

tushunganingiz haqida o‘zingizda ishonch hosil qiling, hamda sizdan nima so‘ralsa 

bajaring. 

4.  Keys  mantini  yana  bitta  boshidan  o‘qing,  diqqat  bilan  taklif  qilingan 

savollarga tegishli  ma’lumotlarni yoki muammolarni yozib boring. 




 

5. Muammoli vaziyatga qaysi g‘oyava konsepsiyalar mos kelishini tahlil qilib 



ko‘ring.  Muammoga  mos  keluvchi  g‘oyalar  blokini  hosil  qilib,  o‘zingiz  uchun 

zarurlarini tanlang. 

   Keysni  tashkil  qilishda  talabalarda  muammoga  nisbat  qiziqishni  oshirish, 

munozarali  bahslarni  tashkil  qilish  asosiy  o‘rini  egallaydi.  Keys  tarkibidagi 

savollar oldindan tayyorlanadi va talabalarga keys bilan birgalikda taqdim qilinadi.  

  Keys-stadi texnologiyasida “Aqliy hujum” metodini  qo‘llash jarayoni yanada 

jadallashtiradi. 

  Keys-stadi  texnologiyasini  tashkil  qilishda,  uning  taqdimot  qoidalariga  amal 

qilish  ham  maqsadga  muvofiqdir.  Keysni  tashkil  qilishda  uni  qanday  usullarda 

taqdim  qilish  kerak  degan  savol  tug‘iladi.  Qaysi  usullar  orqali  talabalarga  keys 

taqdim qilinsa talabada qiziqish paydo bo‘ladi?  

   Intellektual  (aqliy)  manbani  ommaviy  taqdim  qilish  ko‘nikmasini  egallash, 

tavsiya  qilish,  muvofaqqiyatini  ko‘rsatish  yoki  ijobiy  foydalanishga  yo‘naltirish 

mumkinligi  asoslab  berish  bugungi  kun  mutaxassisi  eng  zarur  bo‘lgan  sifatlardan 

hisoblanadi. [41,158b] 

  Taqdimot  shaxsni  ko‘pgina  ijobiy  sifatlarni  charxlaydi:  iroda,  ishonch, 

muloqatchanlik, muvofaqqiyatga erisha olish ko‘nikmasini va boshqalar. 

  Ommaviy  (og‘zaki)  taqdimot  keysni  guruhda  muammmoni  yechish 

imkoniyatini  tug‘diradi,  u  umumiy  faoliyatni  yuqori  darajada  ishlab  chiqish 

ko‘nikmasini va  munozarada qatnashish imkoniyatini  yaratadi.  O‘g‘zaki  taqdimot  

talabalarda  qisqa  muddatli  ta’sir  qilish  xususiyatiga  ega,  shuni  uchun  ham  idrok 

qilish va esda saqlash qiyin kechadi. So‘zga chiquvchini tayyorgarligi  munozarani 

tashkil qilishda gavdalaniladi.  

  O‘g‘zaki  taqdimot  davrida  so‘zga  chiquvchini  emotsional  holatini  hisobga 

olish  zarur;  so‘zga  chuquvchini  munosabat  va  emotsiyasi  uning  nutqida  alohida 

ahamiyat kasb etadi. 

       Keys-stadini tashkil qilishda yuqoridagilarda keltirilganlardan tashqari,  talaba 

faoliyatini baholash alohida ahamiyat ega. Chunki tashkil qilingan har bir faoliyat 




 

o‘zida fasilitatsiya metodini, ya’ni o‘quvchi bilimi va harakatini baholashni ko‘zda 



tutishi lozim. Rag‘batlantirish to‘g‘ri olib borilmasa faoliyat ijobiy natija bermaydi. 

Keys-stadi  uslubida  talabalarni  baholash  didaktik  tamoyillarga  asoslangan  holda 

amalga oshiriladi.[36, 28b] 

       Keys-stadi uslubini baholashda  an’anaviy  tizimga xos 5 ballik tizim  unchalik 

samara bermaydi, bu jarayonda, jahon miqyosida tan olingan 100 ballik  tizimdan 

foydalanish  ko‘proq  samara  beradi.  Ya’ni  bu  tizim  orqali  talabaning  barcha 

faoliyatlarini to‘liq  baholash mumkin.  

       Mashg‘ulotlarni  tashkil  qilishda  talabalarni  baholashda  turlicha  yondashish,  

uslublardan  foydalanish  mumkin.  Bu  jarayonda    talabaning  nazariy  bilimlaridan 

ko‘ra    amaliy  bilimlari  baholanadi,  ya’ni  bildirayotgan  fikrlarning  yangiligi, 

mantiqiyligi asosiy o‘rini tashkil qiladi. Talabalarning vaziyatga nisbatan o‘zgacha 

yondasha  olishi,  o‘z  fikrini  himoya  qilaolishi,  jamoa  birdamligini  saqlay  olishi 

baholash jarayonida alohida e’tiborga olinadi.  

 Talabalarni baholashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 

-    baholashda  talabaning  munozaraga  tayyorligini,  uning  o‘ziga  bo‘lgan  ishonchi, 

dadiligini ham e’tiborga olish kerak; 

-  vaziyatga chuqur kirisha olishi, savollarga diqqatini qarata olishi qobiliyatlarini 

shakllanganligiga; 

-  vaziyatni yechishda aniq nuqtani topishi, to‘g‘ri qarorni qabul qilishi mazmunan 

yondasha olishi; 

-    mantiqan  fikrlay  olishini  ko‘rsata  olishi,  fikrlarini  bayon  qila  olishi,  to‘g‘ri 

xulosalarga kela olishi; 

-   zarur qismlarni ajrata olishi, ularni keys tahlilida qo‘llay olishi; 

-   tahlilni xulosalay olishi; 

      Keys-stadi  texnologiyasida  talabani    baholashda  quyidagi  shakllardan 

foydalaniladi.  




 

      Birinchi variantda, talaba bilimi  fanlarni o‘zlashtirishiga qarab qo‘yiladi, keys-



stadi  texnologiyasini  qo‘llash  jarayonida  olingan  bahosi,  fanni  o‘zlashtirish 

bahosiga qo‘shib qo‘yiladi, ya’ni umumiy holda baho qo‘yiladi. 

 Ikkinchi 

variantda 

talabalarning 

bilimlarni 

baholashda 

keys-stadi 

texnologiyasi  boshqa  usullardan  foydalanadi,  ya’ni  baholash  jarayoniga  og‘zaki 

yoki yozma imtixon, test kabi  baholash usularini  kiritadi. 

 Uchinchi variantda texnologiya  baholash jarayonida barcha usullardan  keng  

foydalanadi. 

  Keys-stadi uslubidan barcha baho  turlaridan foydalanish mumkin bo‘lib ular 

joriy, oraliq. yakuniy baholardan baholardan iboratdir. 

  Joriy  baho  keys  tahlili  jarayonida  boshqarishga  yordam  beradi,  oraliq  baho 

talabani  keysni    to‘g‘ri  yo‘lidan  borishini  belgilab  beradi,  yakuniy  baholash 

talabalarni  fanlar  yuzasidan  olingan  bilimning  mustahkamligini,  xulosaning 

to‘g‘riligini   belgilaydi. 

 Guruh  faoliyatini  baholashda ularning  o‘zaro birdamligi, munozarani to‘g‘ri 

tashkil qilaolishi e’tiborga olinadi. 

  Baholashda  jarayonida  talabaning  ijodiy  yondashishida:  talabaning  nafaqat 

keysni  tahlil  qiliolishi,  qoidani  tushunishi,  balkim  uning  tizimini  tushuna  olishi, 

keys  bilan  ishlaganida  uni  har  tomonlama    tushunchalarga  ega  bo‘lishi  ham 

inobatga  olish  kerak.  O‘qituvchi  talabani  baholashda,  uning  tarbiyaviy  jihatlariga 

e’tibor  berishi  kerak,  chunki  ta’lim-tarbiya  bir-biriga  juda  yaqin  uzluksiz 

jarayondir.    Baholashda  talabaning  tarbiyaviy  jihatlarini  ham  e’tibordan  chetda 

qoldirmaslik zarur. [34,45 b] 

        Keys-stadi  texnologiyasida  o‘qituvchi  roli  an’anaviy  uslubga  nisbatan  biroz 

kattadir.  Keys-stadi  texnologiyasida  o‘qituvchi    fikriy  tortishuvni,  munozarani 

tashkil qiladi, talabalarni fikrlarini tasdiqlash orqali ularni jarayonga moslashtiradi. 

[36,56 b] 



 

 O‘quv jarayonini samarali o‘tishida o‘qituvchi yetarli darajada emotsional his-



tuyg‘uga boy bo‘lishi, guruhdagi kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘ymasligi, hamkorlik 

uslublarini qo‘llashi, talaba shaxsini hurmat qilishi kerak. [38,36 b] 

O‘qituvchi  faoliyatining  samarasi  ,  o‘zining  mashg‘ulotida  ya’ni,  keys-stadi 

texnologiyasidan qo‘lashda  birqator tamoyillardan foydalanishda ko‘rinadi. 

1.  Didaktik  manbalarning  rang-barangligi  va  ilmiylik    tamoyili,  bu  tamoyil 

o‘qituvchining  didaktik  jarayonlardan  xabardor  bo‘lishni,  uning  uslub-vositalarni 

bilishni, ulardan o‘quv jarayonida to‘g‘ri foydalanishni nazarda tutadi. 

2.  Hamkorlik  tamoyili,  ta’limni  egallash  jarayonida  talabalar  bilan  birgalikda 

faoliyat qilish, vaziyatni jamoa bilan tahlil qilish orqali belgilanadi. 

3.  O‘qituvchining    pedagogik  yangiliklardan  xabardor  bo‘lishi,  ham-kasblari 

bilan  tajribalar  almashishi,  talabalarni  maqsadlar  sari  yo‘naltira  olishida  katta 

ahamiyatga ega. 

4. Ijodiyot tamoyili, keys-stadi texnologiyasi  ijodiy, yangicha fikrlashni talab 

qiladi.  Keys  tuzishdagi  eng  zarur  faoliyat  ta’lim  jarayonini  loyhalashtirish,  uni 

o‘qitish  tehnologiyalarda  mustahkamlash,  talabalarni  ijodiy  fikrlashga 

yo‘naltirishdan iborat. 

5.Pragmatik  tamoyil, u yoki bu keysni imkoniyatlarini aniq ifodalashga qaratib 

mo‘jallantiruvchi  tamoyil  hisoblanib  talabalarda  tahlil  qilish  ko‘nikmalarini 

shakllantiradi.  Keys-stadi  uslubidan  foydalanishda  o‘qituvchini  faoliyati  ikkita 

fazani (davrni)o‘z ichiga oladi. 

 Birinchi  faza  (davr)  keysni  tahlili  uchun  kerak  bo‘lgan    savollarini  tuzish 

o‘qituvchining  auditoriyadan  tashqari    ijodiy  faoliyatni  ifodalaydi,u  jarayonda 

o‘qituvchi  jarayoni  loyhalovchisi  rollini  bajaradi.  [21,21b]  U  oldindan  jarayoni 

tashkil  qilish  uchun  tayyorlanadi,  mashg‘ulotni  o‘tkazish  uchun  kerak  bo‘lgan 

ko‘rgazmali, texnik vositalar bilan  o‘quv xonasini qurollantiradi. Jarayoni tashkil 

qilish  uchun  zarur  bo‘lagan  barcha  narsalarni  oldindan  tayyorlash  bilan 

shug‘ullanadi. 



 

  Ikkinchi  faza  (davr)  o‘zida  keysni  tahlil  qilish  davomida  o‘qituvchini 



auditoriyadagi  faoliyatni    nazarda  tutadi,  bu  yerda  o‘qituvchi  kirish  va  yakunlash 

so‘zlari  bilan  chiqadi,  munozara  yoki  taqdimotni  tashkil  qiladi,  auditoriyada 

ishchanlik  kayfiyatini  uyg‘otadi  va  bu  holatni      jarayon  oxirigacha  saqlashga 

harakat qiladi, talabalarning bilim va qobiliyatlardan kelib chiqib ularni  baholaydi. 

[21,22b] 

  Keysni  tahlilida    samarali  yo‘llarini  axtarishda  ko‘proq  aniq  ma’lumotlarga 

e’tibor  berish  kerak.  Mashg‘ulotlarni  boshlanishi  (munozara  yoki  taqdimot 

namoyishi)  bu  aniq  bir  jarayon  bo‘lib,  bunda  vaziyatni  to‘liq  holda  o‘qituvchi 

qo‘llida  bo‘ladi.  Keys  tahlilida  talabaning  umumiy  vaziyatga,  qiziqishi, 

ko‘tarinkillik bilan yondashishi, jarayonga yo‘nalishi asosiy o‘rini egallaydi. 

 O‘quv maqsadlari samarali bajarilishi uchun tahlil jarayonida har tomonlanma 

tayyorlangan  bo‘lishi  kerak,  bu 

jarayon 

tizimlashgan, 

vaqt 

bo‘yicha 



reglametlashgan va nazorat qilingan bo‘lishi kerak. 

 Munozara  asosan  o‘qituvchi  tomonidan  rag‘batlantiruvchi  savollarni 

qo‘yishdan  boshlanadi.  Savollar  oldidan  tayyorlangan  bo‘lishi  kerak.  O‘qituvchi 

qo‘yilgan  savollarga  auditoriyani  reaksiyasini  seza  bilishga  harakat  qilishi  kerak, 

bu jarayonda ta’lim maqsadlariga erishishga yo‘naltirishni nazarda tutiladi. 

         Keys-stadi  texnologiyasini  tashkil  qilishda  o‘qituvchi  quyidagi  vazifalarni 

bajaradi. 

1.  Mashg‘ulot  boshlanishida  talabalarga  “Keys-stadi”  texnologiyasining 

mohiyati,  ta’limiy  imkoniyatlari  va  kutilayotgan  natijalari  haqida  batafsil 

tushuntiradi. Buning natijasida talabalar mashg‘ulotda ongli va faol qatnashadilar, 

o‘zlarining kasbiy rivojlanishlariga befarq qolmaydilar. 

2.  Kichik  jamoalarga  o‘rgatish  uchun  turlicha  yoki  bir  xil  mazmunga  ega 

bo‘lgan  vaziyatlarning  yozma  matnlari  tarqatiladi. Lekin ushbu  vaziyatlarni    bitta 

umumiy mavzu birlashtiradi. 




 

3.  Vaziyatlar  bayon  qilingan  matnlar  turli  grammatik  xatoliklardan,  mantiqiy 



chalkashliklardan  holi  bo‘lishiga  va  voqea-hodisalar  rivoji  aniq  ifodalanishiga  

e’tibor qaratadi. Aks holda talabalar xato xulosalar chiqarishlari mumkin. 

4.  Tahlil  qilinishi  kutilayotgan  vaziyatlar  bevosita  talabalarning  bo‘lg‘usi 

mehnat faoliyati mazmuni bilan bo‘g‘liq bo‘lishi kerak. 

5.  Talabalarga  vaziyatlar  tahlili  bo‘yicha  topshiriqlar  aniq  beriladi. 

Shuningdek, vaziyat tahlilida nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligi aytiladi.Bu esa 

vaziyatdgi asosiy muammoni aniqlash imkonini beradi. 

6. Talabalar tahliliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularga yo‘naltiruvchi 

savollar bilan murojaat qilinadi. 

7.  Har  bir  talabaning  mashg‘ulotda  faol  qatnashishi  e’tiborga  olinadi,  ular 

faoliyati kuzatib boriladi. 

8.  Zarur  paytlarda  talabalar  o‘qituvchidan  maslahat  olishlari  mumkin.  Lekin 

oxirgi xulosalarni talabalarning o‘zlari chiqarishlari shart. [23, 28 b] 

 

        Keys-stadi  texnologiyasi  dars  jarayonini,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  faoliyatiga 

yangicha  ruh  bag’ishlovchi  ta’lim  texnologiyalardandir.    O‘quv  jarayonida 

qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos 

ta’limiy  imkoniyatlariga  ega.  Shuningdek  keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda 

o‘qituvchining  o‘rni  va  ahamiyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Dissertatsiya 

ishining II bobida yuqorida muhim vazifalar keng ochib berilgan. 

      Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda    ta’lim  maqsadlarni  to‘g‘ri  qo‘ya  olish 

ustuvor  masalardan  biridir.  Keys-stadi  texnologiyasini  tashkil  qilishda    yuqorida 

keltirilgan o‘n birta bosqich  asosiy o‘rini egalaydi.  

      Asosan 

texnologiyani 

tashkil 

qilishda 

vaziyatlarni 

to‘g’ri 


qo‘yish, 

muammoning  sabab  –oqibatlarini  to‘liq  ochib  berish  lozim.  Keysni  to‘g’ri  tanlay 

olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni 

tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir. 




 

       II-bobning  birinchi  rejasida  texnologiyani  tashkil  qilishda  “Aqliy  xujum”, 



“Munozara”  metodlarining  ahamiyati  zarurligi  ochib  berilgan.  Shuningdek 

vaziyatni  tahlil  qilish  turlari,  bosqichlari,  tahlil  qilishda  nimalarga  e’tibor  berish 

zarurligi va talabalarga eslatlarmalar keltirib o‘tilgan. 

       II-bobning,    ikkinchi  rejasida  texnologiyani    qo‘llashda  o‘qituvchining 

ahamiyati,  jarayonni  tashkil  qilishda  uning    vazifalari,  talabalarni  bahollash 

jarayoni haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

        Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda  o‘qituvchi  vazifasi  uning  jarayoni 

odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil 

qilishi,  mavzuga  xos  va  mos  vaziyatni  tuza  olishi  va  talabalar  faoliyati  boshqara 

olishi lozim. 

           Keys-stadi  texnologiyasida  bahollash    jarayonida  barcha  baholash 

tizimlaridan foydalanish mumkin. Bahollash jarayoniga talabalarning  jamoa bilan 

birlasha olishi, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatga mos yechimlarni 

topishlari alohida e’tiborga olinadi. 

 

 


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin