2.Keys-stadi texnologiyasining turlari va manbalari.
Keys-stadi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan hisoblanadi. Ushbu
innovasion texnologiya asosini talabalarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq
vaziyatlar va ularning tahlili tashkil qiladi.[27, 24b.] Bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat
bilan bo‘g‘liq vaziyatlarni chuqur o‘rganish natijasida nazariyaning amaliyot bilan
bo‘g‘liqligi ta’minlanadi. O’quvchilar muayyan vaziyatlarni har tomonlama
o‘rganadilar. O‘z navbatida ular faol fikrlaydilar, nazariy mashg‘ulotlarda eshitgan
bilimlarini
mustaqil
o‘rganish davomida to‘plagan ma’lumotlar bilan
taqqoslaydilar, shaxsiy tajribalarga murojaat qiladilar. Turli vaziyatlarni
hamkorlikda yoki mustaqil ravishda tahlil qilish va qayta ishlash davomida
qo‘shimcha ma’lumotlarga nisbatan zarurat sezadilar, statistik ma’lumotlarni
o‘rganadilar. Natijada talabalarning bilimlari amaliy jarayon bilan bog‘likda
2
mustahkamlanib boriladi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, nutq
mahorati, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi.
Masalaning muammolilik jihatlari aniqlashtiriladi, maqsad va vazifalari,
tadqiqot yo‘nalishlari belgilaniladi. O’quvchilar muammoli vaziyatlarni hal
qilishning turli variyatlarini ilgari suradilar, mulohaza yuritadilar, eng ma’qul
hisoblangan g‘oyalarni muhokamaga qo‘yadilar, qarorlarni qabul qiladilar
O‘quvchilar kelgusi mehnat faoliyatini aniq rejalashtirilishini o‘rganadilar,
favqulotda holatlar sodir bo‘lsa, eng to‘g‘ri yechim va qarorlarni qabul qilishga,
ta’lim jarayonida to‘plangan nazariy ma’lumotlarni rivojlantirgan holda amaliyotga
ijodiy tadbiq qilishga tayyor bo‘ladilar.
Keys-stadi texnologiyasi talabaning kelajakda yetuk mutaxassis sifatida
shakllanishida ijtimoiy- psixologik ahamiyati katta. Chunki kasbiy faoliyat bilan
bog‘liq turli amaliyotlarini, lavozimiy majburiyatlarini bajaruvchi shaxs o‘rniga
qo‘yib ko‘radi, voqea-hodisalarni o‘rganadi, qanday xulosa yoki qaror qabul qilish
mumkinligini va bunda mehnat jamoasi bilan ijodiy hamkorlikni qanday yo‘lga
qo‘yish ma’qulligini o‘ylab ko‘radi, yakuniy natijalarni oldindan ko‘ra bilish,
muammolarni oldini olish, ularni hal qilish davomida turli ruhiy zo‘riqish
holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini, kasbiy sohada hamkorlik, hamfirlilik,
faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish lozimligini, na moddiy va na
ma’naviy, ruhiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini bilib oladilar.
Ushbu texnologiyaning yana bir afzaligi shundaki, o‘quvchilarda kasbiy axloq
me’yorlari haqida tushunchalar shakllanadi va rivojlanadi. Olar o‘zlarini bo‘lg‘usi
kasbiy faoliyati qay darajada tayyor ekanliklarini sinab ko‘radilar.
Ular o‘z qobiliyatlarini aniq baholagan holda rivojlanish imkoniyatlari
to‘g‘risida o‘ylab ko‘radilar.
Keys-stadi texnologiyasi ham barcha texnologiyalar kabi tur va manbalarga
o‘z ichiga oladi. Bular orqali keys-stadi texnologiyasi haqida talabalar to‘liq
ma’lumotlar oladilar va o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llash imkoniyatlariga ega
bo‘ladilar.
2
Keyslarni guruhlashtirishda, ularining mazmun mohiyatiga e’tibor beriladi,
ularni guruhlashtirishda asosan maqsad vazifalar inobatga olinadi. Shuning uchun
ham keyslarni guruhlashtirish bir muncha qiyin kechadi.
Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin
- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi;
- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi;
- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar;
Shuningdek ko‘pgina adabiyotlarda keyslarni quyidagi turlarga ajratadilar:
1) Kalit keyslar(Key cases);
2) Notanish keyslar(Outlier cases);
3) Tanish keyslar(Local knowledge cases).
Keyslarni turlarga ajratishda N. Fedyaninm, V.Davidenkolarning ham o‘z
nazariyalari mavjud.
- tizimlashtirilgan (highly structured) keysda kichik hajmdagi qo‘chimcha
axborotlar beriladi, bunda мuammoni vaziyatni yechayotgan talabalar oldindan
tuzilgan rejalar asosida vaziyat yechimini izlashlari lozim. Bu turdagi keyslar
yuqori darajadagi vaziyat yechimini talab qiladi.
- kichik tasvirlar (short vignetts) keysida muammoli vaziyat hajmi bitta
matndan, bir yoki ikkita ilovadan iborat bo‘lib, talabalar faqat yechimga xos
tushunchalar bilan tanishtiriladi, tahlil davomida talaba bilim zahirasi kengligi
alohida o‘ringa egadir.
- katta hajmdagi tizimlashmagan keyslar (long unstructured cases ) hajmi
chegaralanmagandir. Shuningdek ta’lim jarayoning barcha turlarida foydalanish
mumkin, ma’lumotlar aniq va to‘liq hajmda talabalarga taqdim qilinadi.
- boshlang‘inch keyslar (ground breaking cases) qo‘llashdan maqsad talabalarni
oldin o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdir va mavjud bilimlarni
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdir. Bu jarayonda talaba va
o‘qituvchilar ilmiy izlanuvchilar talab qilinadi. [21,10b]
2
Keyslar qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, ular o‘rtasida keysning subkeyti va
obyekti bo‘ladi. Subyekt izlanishning nazariy qarashi ko‘rsatilgan amaliy, tarixiy
birligi hisoblanadi. Obyekti esa o‘sha nazariy qarashning analitik suyagidir.
Keys tadqiqotchilari keyslarni ikki qismga ajaratadilar, ya’ni muammoli
vaziyat va yechim. Muammoli vaziyat keysning dastlabki holatidir, bunda tegishli
umumiy axborotlar kiritiladi. [21,12b]
Muammoli vaziyatning yechimini izlashda talabalarni axborotlarni topishga
yo‘naltitish lozim.
Bunday yondashish keys jarayonini rivojlantiradi va jarayonga
nisbatan talabalarni faolligini taminlaydi.
O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan keyslarning hajmi bir-ikki varaq yoki undan
ortiq bo‘lishi mumkin. Shuningdek hajm jihatdan katta keyslar,
kichik hajmdagi
keyslarga qaraganda talabalarda ba’zibir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday
holatlarda muammoli vaziyatni bosqichlarga bo‘lib o‘rganish tavsiya qilinadi.
Keyslardagi muammolar bir yoki bir necha qismlarga bo‘g‘lanib ketishi jarayoning
uzluksiz davom qilinishini ta’minlaydi.
Keyslarni taqdim qilishda qo‘lyozmadan yoki elektron variyatdagi matnlardan
foydalanish mumkin. Matndagi su’ratlar, diaograma chizmalar, jadvallar talabalar
uchun ko‘rgazmali qurol bo‘lib hizmat qiladi.
Elektron axborotlar orqali tasvirlangan keyslarni tahlil qilish talabalarga
engilik tug‘diradi. Keyingi davrlarda keyslardan foydalanishda multimediyalar
ommalashib ketmoqda.
Syujet mazmuniga qarab keyslar syujetli (manbalarni ifodalovchi, mazmunli)
syujetsiz turlarga ajratiladi. Syujetli keyslar asosan o‘tgan voqealar haqida hikoya
qiladi, syujetsiz keyslar qoidagi asosan mazmunni yashiradi. Chunki mazmuni
to‘liq ifodalangan keyslar talabani kengroq fikrlashiga halaqit beradi. Keysdagi
muammoli vaziyatlarni tuzishda vaqt tushunchasini ahamiyat berish lozim.
Shuningdek muammolar tabbiy holda aks etilgan, sabab-oqibatlari ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak.
2
Keyslarni
tahlil
qilishda
talabalarda
bashorat
qilish
ko‘nikmasini
shakllantirish ham muhim ahamiyat ega. Bashorat qilish muammoli vaziyatda aks
etgan hodisalarni yechimini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatadi va qahromonlarning
kelgusidagi xati-harakatlariga nisbatan ijobiy yechimlarni topishga yordam beradi.
Muammoli vaziyat mazmunida ma’lum bir shaxslarning, tashkilotlarning
faoliyat jarayoni aks etadi. Shunga qarab vaziyatning sub’ektlari quyidagi turlarga
ajratiladi.
1. Shaxslarning faoliyat jarayoni aks etgan keyslarda, ma’lum bir shaxsni
xarakatlari ifodalanadi, ular menejer, fan arbobi, rahbar, pedagog, talaba yoki
boshqa kasb vakillari bo‘lishi mumkin.
2. Tashkiliy-institutsional keyslarda tashkilotlar, ta’lim muassalari, ularning
bo‘limlari ifodalaniladi.
3. Sub’ektlari ko‘p keyslar, o‘zida turli ob’ektlarni jamlaydi.
Keysning hajmi, uning o‘tkazish vaqtini belgilab beradi. Hajmi jihatdan kichik
keyslar bir betdan, bir necha betgacha ifodalanib, u ikki soatlik amaliy
mashg‘ulotlarni bir qismini ajratishga mo‘ljalangan bo‘ladi. O‘rtacha hajmdagi
keyslar ikki soatlik mashg‘ulotlarga mo‘ljalangandir. Hajmi katta keyslar o‘n
betdan iborat bo‘lib, undan bir qancha amaliy mashg‘ulotlar davomida foydalanish
mumkin. Shuningdek keyslar ilovali keyslar hamda ilovasiz bo‘lishi mumkin.
Ilovali keyslar maqsadi: statistik axborotlarni hisoblash, tahlil qilish, malakalarni
shakllantirishdir. Shuningdek keyslarning tarkibida muammoli vaziyat yechimini
topishga yo‘naltiruvchi savollar ham mavjud bo‘ladi, bu orqali talabalar vaziyat
yechimi sari yo‘naltiriladi.
Tajribalarni ko‘rsatishicha keys-stadi texnologiyasi o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlarni amalga oshirishi va samarali texnologiyaga aylanishi uchun uning
tarkibiy tuzilishida ilmiy-uslubiy ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Shundagina keys-
stadi texnologiyasi samarali o‘quv texnologiyasiga aylana oladi.
Ma’lum bir jarayoni tashkil qilishda biz bevosita shu jarayonga tegishli
manbalarni izlab topishga va faoliyatimizda qo‘llashga harakat qilamiz. Keys-stadi
2
texnologiyasidan, o‘quv jarayonida foydalanishda biz turli-xil manbalarga
murojaat qilamiz, aynan muammoli vaziyatlarni tashkil qilishda, ko‘pgina
manbalardan foydalanamiz. Keys-stadi texnologiyasi orqali dars o‘tishda,
o‘qituvchining tajribasi, ilmiy–uslubiy faoliyatining o‘rni kattadir.
Barcha texnologiyalar kabi keys-stadi texnologiyasi o‘z manbalariga ega.
Ba’zi fikrlarga ko‘ra keysning asosiy manbasi hayotiy vaziyatlar hisoblanadi.
Hayotiy hodisalar baxslarga sabab bo‘ladi, muammoni yechish jarayonini
jadallashtiradi. Ijtimoiy hayotning barcha ko‘rinishlari keysning faktologik va
muammoviy bazasi bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek keys tarkibining asosini
tashkil qiladi.
Keyslarning yana bir muhim manbasi ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Uning
yordamida keys texnologiyasining maqsadi, vazifasilari, ta’lim tizimida tutgan
o‘rni belgilanadi.
Keysning uchinchi manbasi - bu fandir. U o‘zida keys-stadi
texnologiyasining ikkita metodologiyasini ifodalaydi va boshqa uslublar qatorida
keys uslubini tahliliy sur’atini belgilaydi.
Amaliy jarayonlarda keys –stadi texnologiyasi qo‘llashda yuqorida keltirib
o‘tilgan manbalardan bittasi asosiy o‘rini egalaydi. Bitta vaziyatda uchta manbadan
foydalanilsa ham bittasi baribir asosiy o‘ringa chiqib oladi. Bu holatda keysning
asosiy manbalaridan foydalanilishida, ularning ahamiyatini esdan chiqarmaslik
kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda keys-stadi texnologiyasi quyidagi
turlarga ajratiladi: Amaliy keyslar (real xayotiy vaziyatlarni aks ettiruvchi); ta’lim
–tarbiyaga yo‘naltiruvchi keyslar (asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish
hisoblanadi); ilmiy-izlanish keyslari (ilmiy izlanishlarni amalga oshirishga
yo‘naltirilgan). [21,14b]
Amaliy keysni asosiy maqsadi: hayotiy muammoli vaziyatlarni to‘liq,
izchillikda, navbatma-navbat ifodalashdir. Bu kabi keyslar eng yuqori darajada
tuzilgan va ko‘rgazmali vositalaga boy bo‘lishi kerak. Amaliy keysning asosiy
2
vazifasi hayotni bilishga, shaxs hayotida uchraydigan muammolarga nisbatan
oldindan yechim topishga o‘rgatishdir. Amaliy keys vaziyatning asosiy
harakatlantiruvchi modelidir. Ushbu keysning ta’lim sohasidagi vazifalari
quyidagilardan iborat: bilimlarni mustahkamlash, vaziyatlarning yechimlarni ishlab
chiqish va boshqalar
Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar: Har bir keys ta’lim-tarbiya beruvchi
vazifasiga egadir. Ta’lim-tarbiya beruvchi keyslar quyidagi asosiy vazifalarni
ifodalaydi.
Birinchidan, bunday keyslar ta’lim-tarbiya jarayonidagi turli-xil muammolarni
o‘zida jamlaydi, ya’ni ya’ni mutaxassislarning o‘z faoliyatida duch kelgan
muammolar aks etadi;
Ikkinchidan, ta’lim-tarbiya beruvchi keyslarda birinchi o‘rinda o‘quv jarayoni
turadi. Bu kabi keyslardagi vaziyatlar o‘quv jarayonlarda yuzaga keladigan
muammolar, munosabatlar asosida tuziladi. Vaziyatlarni tuzishda aynan shu
muammo emas, balki ularga o‘xshash maketlaridan foydalaniladi.
Ilmiy tadqiqot, ilmiy izlanuvchanlik keyslar: asosiy mazmuni, ilmiy tadqiqot,
ilmiy izlanuvchanlik ishlarida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilayotgan vaziyatlar
asosida yangi ilmiy-ijodiy g‘oyalarni ishlab chiqish keys oldida turgan asosiy
maqsadlardan biridir. Bu turdagi keyslarni barcha o‘quv guruhlarida qo‘llab
bo‘lmaydi va ular ilmiy-tadqiqot tamoyili moduli asosida tizimlashtiriladi. Shuning
uchun ham bu kabi keyslarni o‘quv uslubi sifatida emas, oliy va kasbiy ta’lim
mutaxassislarini ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish jarayonida qo‘llash
to‘g‘ri keladi. [21,15 b]
Keysning yuqorida belgilab o‘tilgan manbalari boshlang‘ich yoki
fundamental manbalar hisoblanadi. Keyslarni shakllantirishda ikkinchi darajali
manbalar ham mavjuddir. [21,17 b]
Keys-stadi texnologiyasida muammoli vaziyatlarni yaratishda qo‘shimcha
manbalar bu adabiyotlardir, ya’ni barcha keyslarning zahiraviy manbasi u
foydalangan adabiyotlari hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
2
1. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlar. Turli hil muammoli vaziyatlarni
ifodalashda, ijtimoiy-gummanitar fanlarga tegishli ma’lumotlarni keltirish,
ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish, jarayoni ma’lum darajada
dolzarblashtiradi va keyslarga nisbatan qiziqishni talabalarda kuchaytiradi. Badiiy
adabiyotlardan foydalanishning o‘ziga xosliklaridan biri bu muallifning iqtidori va
asarlarining go‘zalligi yordamida keyslarni yanada mazmundor bo‘lishi
ta’minlashdir. Publistik maqola xos aniqlik keysni tizimlashtirishda yordam
beradi. Badiiy, ommaviy (publistik) adabiyotlardan foydalanish keys tarkibini
estetik jihatdan bezaydi, talaba faoliyati ijtimoriy hayot bilan bog‘laydi va
ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantiradi.
2. Hayotiy voqealarni keyslarda shakllantirish tahlil qilish jarayoning qiziqarli
bo‘lib o‘tishiga olib keladi. P. Sherement va G. Kanishenkolarning ta’kidlashicha
turli kompaniyalar faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keyslar talabalarda katta qiziqish
uyg‘otadi. Agarda talabalar ichida o‘qishni tamomlagandan keyin ma’lum
korxona, tashkilotlarda ishlashni rejalashtirgan talabalar bo‘lsa, o‘sha kompaniya,
tashkilotlar faoliyati haqida keys tuzish maqsadga muvofiqdir. Yoki masalan
“SAMSUNG” firmasi faoliyati to‘g‘risida tuzilgan keys o‘z uyida ushbu
kompaniyada ishlab chiqarilgan maxsulot (texnika) mavjud bo‘lgan talabalarning
qiziqishiga sabab bo‘ladi. [21,18b] Yana bir misol, mamlakatimizda futbolni
rivojlantirish haqida tuzilgan keys futbolga qiziquvchilar orasida iliq kutib olinadi.
Agarda keyslar talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqmagan holda tuzilsa uning
mazmuni tushunarsiz bo‘ladi, talabani fikrlashga undamaydi. Ushbu misollardan
ko‘rinib turibdiki keyslarda real voqealik aks etsagina talabalar ongiga tez va oson
yetib boradi.
Bir so‘z bilan aytganda keysdagi vaziyatlar mavjud holatlar asosida tuziladi,
ya’ni keysdagi holatlar imkon qadar atrofda sodir bo‘layotgan muammolar asosida
vujudga keladi. Qanchalik kundalik turmushdan uzoqlashilsa keys samaradorligi
shuncha kamayadi. Real voqealik va kundalik turmushdagi vaziyatlarni o‘z ichiga
olgan, ya’ni asos qilib olgan keyslardan foydalanish o‘qituvchiga ham engilik
2
tug‘diradi. Shuningdek bunday keyslarda vaziyatda ko‘rsatilgan kompaniya,
tashkilot, ta’lim muasasalari, ijodiyot markazlari a’zolari yoki keys qahramonlari
bevosita ishtirok qilishi mumkin.
3. Keysni ilmiylik va ko‘rgazmali vositalar bezaydi. Keysni tuzishda uning
har bir qismiga e’tibor berish kerak. Keysning tarkibida ko‘rgazmali vositalar,
ilovalar, statistik ma’lumotlar kabi manbalarning aks etishi uning mukammaligini
belgilab beradi.
4. Keysni tuzishda ilmiy manbalar, ilmiy maqolalar, ilmiy risollar foydalanish
lozim, bu o‘z-o‘zidan keysda ilmiy manbalarning bo‘lishini talab qiladi. Keyslarni
ishlab chiqish davomida ilmiy adabiyotlardan foydalanish unga katta talabchanlik
va aniqlikni kiritadi, keysning ilmiyligini belgilab beradi.
5. Keyslar uchun to‘ldiruvchi manba sifatida internet va uning resuslari
kiritilgan. Internet o‘zining keng doiradaligi, o‘zgaruvchanligiva tezkorligi bilan
farq qiladi. Shuning uchun ham keys tarkibida internet asosiy o‘rida turadi.
Dostları ilə paylaş: |