2
I BOB. Keys-stadi innovatsion o‘qitish texnologiya sifatida
1. Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi
Bugungi kunda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga
joriy qilish, o‘quv faoliyatida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini ta’minlash,
ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim
oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Biz shaxsiy-kasbiy faoliyatimizda turli xil muammoli vaziyatlarga duch
kelamiz, aynan shu vaziyatlarning muqobil yechimini izlash, yuzaga kelgan har
qanday muammoli jarayoning yechimini topa olish, istiqboli rejalarni tadbiq qila
olish bizning bilim, mahoratimizga bog‘liqdir. Aynan amaliy vaziyatlarni hal
qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga
keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o‘rgatuvchi, yangi
yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan biridir.
Keys-stadi texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quv guruh o‘quvchilarning
bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish
orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek
texnologiya talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga,
taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga
o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.[21, 1b]
Amaliy vaziyatlarni hal etish uslublari va vositalari, ya’ni keys-stadi
(ingilizcha “case”-yig‘ma, aniq amaliy, holat, stadi-o‘quv) texnologiyasi bo‘lib, u
tashkilot, shaxslar guruhi yoki alohida shaxslar hayotidan olingan real vaziyat
deganidir.[25, 17 b] Gary Thomas quyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o‘tadi:
Keys stadilar bu shaxslarni, voqealarni, qarorlarni, davrlarni, loyihalarni,
qonunlarni, tashkilotlarni va boshqa tizimlarni bir yoki undan ortiq usullar orqali
2
avvaldan o‘rganib kelinayotgan tahlili hisoblanadi. Keysning subyekti tahliliy
vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.[25, 6-7 b]
Cheklangan miqdordagi elementlarni o‘rganish uchun namunalardan va jiddiy
bayonnomalardan(qoidalar to‘plamini) foydalanish o‘rniga, keys stadi usuli o‘z
ichiga yagona bir vaziyat yoki voqeani uzoq muddat davomida chuqur o‘rganishni
o‘z ichiga oladi. Ular voqealarga, ma’lumot yig‘ishga, ma’lumotni tahlil qilishga
va natijalarni e’lon qilishga tizimlashtirilgan qarashlarni ta’minlaydi. Natijada
o‘rganuvchi sodir bo‘lgan voqeani qanday sodir bo‘lganligi haqidagi tushunchasini
yanada rivojlantirishi mumkin va kelajakdagi izlanishlar uchun nimalar muhim
hisoblanishini bilib olishi mumkin. Keys- stadilar, farazlarni dunyoga keltirishda
hamda ularni sinovdan o‘tkazishda muhim rolni o‘ynaydi. [25,511 b]
Keys-stadi bo‘yicha yana bir ta’rif bu uni tadqiqot strategiyasi deb
belgilanishidan iborat. Keys-stadi bu bir yoki bir nechta keyslarni, ko‘p
miqdordagi dalillarni o‘z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq
va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys-
stadilar statistik izlanishlar va ko‘p ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan
farqlay olish lozim. Bir mavzudagi tadqiqot keys- stadi ma’lumotlaridan
foydalanib, xulosalar qabul qilish uchun asos keltirib beriladi. Bu yana Lamnek
fikrlarida o‘z tasdiqini topadi va shakllanad. Keys-stadi – bu tadqiqotli
yondashish, aniq ma’lumotlar olish texnikalari va metodologik paradigmalar
orasida joylashgan. Ba’zida keys-stadi, keys-buk bilan adashtiriladi, deb
hisoblaydilar.[52]
Keys-buk metodi, yoki boshqacha qilib aytganda keys metodi asosan
Ameriaka Qo‘shma Shtatlarining huquqshunoslik maktablarida huquqni o‘qitishni
asosiy uslubi hisoblanadi. U Garvard huquqshunoslik maktabida Kristofer
Kolumbus Langdell tomonidan kashf qilingan.[53] Bunda huquqiy hujjatlarni
mavhum rezyumesini o‘rganish o‘rniga Amerika qonunlarini yaqindan tanishishni
yaxshi yo‘li bu sud fikri va qarorining o‘zini o‘rganib chiqishdir, degan tamoyil
asos qilib olingan. [14,118] Shu maqsadda amerikalik huquqshunos professorlar
2
huquqning aniq sohalariga tegishli mashhur sudlarda amalga oshirilgan ishlarni
yig‘ishadi, bular maxsus o‘quv-qo‘llanmalar “keysbuklar” deb ataladi. Ba’zi
professorlar ishlarga o‘zgartirishlar kiritib, ularning mag‘zinigina ayrim
ma’lumotlarni olib tashlagan holda qoldiradi, ba’zilari esa ishni bus-butunligicha
qoldiradi. Umumiy usullardan biri bu yangi qonun yaratishga turtki bo‘lgan ishga
aloqador barcha ma’lumotlarni qisqacha xulosa bilan keltirib berishdan iboratdir.
Odatda amerika huquqshunoslik maktablarida keysbuk uslubi Suqrot metodi bilan
uyg‘unlashgan. Mazkur sinf uchun o‘qituvchi bir nechta vaziyatlarni o‘qishga
beradi va yana unga qo‘shimcha bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni talab
qilishi mumkin. Sinfda o‘qituvchi o‘rganish tayinlangan ish bo‘yicha
o‘quvchilarga savollar beradi, ularning qonularni, vaziyatni tushungan,
tushunmaganligini aniqlab oladi va bu jarayon bahs munozara tarzida kechadi.
Agarda ma’lum bir qonun jiddiy bahsga sabab bo‘lsa, unda bu qoida shubha ostiga
tushadi. Bu o‘qitish metodi boshqa o‘quv dasturlaridagi o‘qitish metodidan 2 ta
xususiyati bilan farq qiladi:
1) O‘quvchilardan birlamchi manbalardan, ya’ni qonun tilida yozilgan ishlardir.
2) Amerika huquqshunoslik maktablarida asosan sinfda keysni anglash uchun
diologlardan foydalaniladi, to‘g‘ridan- to‘g‘ri ma’ruza o‘qib berish orqali emas.
Ba’zi huquqshunoslik maktablarida esa keysbuk metodi ma’ruzalar bilan
uyg‘unlashtirilgan bo‘ladi. Bular asosan soliq qonunlarini va savdo-sotiqga oid
qonunlarni o‘rganadigan sinflarda uchraydi. Bu usul yana Kanada, Avstraliya va
Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarning umumiy qonunlarida qo‘llaniladi. Keysbuk
uslubi, keys -stadi uslubiga juda o‘xshaydi, lekin ular bir xil emas.[25,317 b]
Keys- stadi texnologiyasi aniq o‘quv materiallar asosida maxsus ishlab
chiqilgan vaziyatlarni aniqlash, yechishga yo‘naltirilgan bo‘lib oldindan o‘quv
soat mavzusi asosida tuziladi va talabalar bilan birgalikda tahlil qilish maqsadini
ko‘zlaydi.
2
Keysda bayon qilingan muammoli vaziyat ma’lum bir institusional tizimda
ko‘rib chiqiladi, bunda hayotdagi tipik muammolar qayta yaratadigan holda real
yoki sun’iy qurilgan hodisalar sifatida aks etiriladi.
Keys- stadi texnologiyasi kelib chiqishi va ta’lim tizimida qo‘llanilishi
o‘tgan asrning yigirmanchi yillariga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda bu
texnologiya undan ham oldinroq mavjud bo‘lib o‘quv jarayonlarida qo‘llanilib
borilgan. Keys-stadi texnologiyasining kirib kelishida yunon faylasufi
Suqrotning maktabi alohida ahamiyatga egadir. Chunki Suqrotning shogirdlari
bilan olib borgan bahs-munozarali suhbatlari, aynan keys-stadi texnologiyasini
eslatadi. Shuningdek turli kashfiyotlarning o‘z tasdig‘ini topishi, isbotlanishida
ham keys-stadi texnologiyasi o‘ziga xos o‘ringa ega. Masalan tanqidiy keyslar
ko‘pchilik nazariyalarni isbotini topishda qo‘llanilgan.
Tanqidiy keysni umumiy muammoga bog‘liq bo‘lgan strategik ahamiyatga
ega keys deb aytish mumkin. Tanqidiy keys quyidagi umumlashtirish turiga ijozat
beradi, “agar bu ushbu keys uchun haqiqiy bo‘lsa, bu hamma(ko‘pchilik) keyslar
uchun haqiqiy hisoblanadi’. Keys-stadi yana mashhur faylasuf Karl Popperning
falsifikatsiya (sohtalashtirish) deb nomlangan test turini umumlashtirishning
samarali usuli hisoblanadi. Buning inkor shakli “agar bu ushbu keys uchun to‘gri
hisoblanmasa, unda bu har qanday keys uchun haqiqiy hisoblanmaydi” degan
ko‘rinishda bo‘ladi. Falsifikatsiya bu ilmiy takliflarni rad qila oladigan jiddiy
testlardan biridir: agar faqat bitta kuzatuv ilmiy farazga mos kelmasa, u holda bu
faraz rad qilinishi yoki qaytadan o‘rganilishi kerak.
Popperning o‘zi mashhur “qora oq qushlar” misolidan foydalanib, kuzatuv
jarayonida faqat bitta qora qushning aniqlanishi bu farazni rad qilinishini yoki
soxta ekanligini aniqlab beradi va shu yo‘l orqali bu umumiy ahamiyatga ega
bo‘lib, kelajakdagi izlanishlarga va nazariya yaratishlarda turtki bo‘ladi.[25,119b]
Galileo Galiley tomonidan Aristotelning Butun dunyo tortishish qonuni rad
qilinishi o‘z-o‘zidan emas bu keys-stadiga asoslangan va bu keys ma’lumotlarga
tayangan holda tanlangan. Raddiya asosan farazdan boshlangan, keyinchalik u
2
tajriba orqali o‘z isbotini topgan. Shunga qaramasdan, Aristotelning tortishish
qonuni rad qilinmasdan oldin 2000 yilgacha ilmiy fakt deb qabul qilinib kelgan.
O‘zining tajribasida, Galileo quyidagi sababni keltirgan: agarda ikkita jism bir
vazndagi bir xil tepalikdan tashlab yuborilsa bir xil paytda, ular yerga bir xil
tezlikda birdaniga tushishadi. Agar bu ikkita jism bir-biriga birlashtirilsa, bu jism
ikki marta ko‘p vaznda bo‘ladi va Aristotel qonuniga ko‘ra yerga ikkita ayrim
jismga qaraganda tezroq qulaydi. Bu natija Galileoni qoniqtirmaydi. Bu qarama-
qarshilikni bartaraf qilishni yagona yo‘li bu qulash omili hisoblangan vaznni olib
tashlashdan iborat edi. Galileoning tajribalari har xil vazndagi jismlarni har xil
tepalikdan va har xil shamol tezligida tashlab ko‘rishdan iborat emas edi. Aksincha
bu yagona tajriba, ya’ni keys -stadi edi. [14, 221 b]
Galileoning qarashi ikkilanishlarga sabab bo‘ldi, Aristotelning qarashi esa
darrov rad qilinmadi va havo nasosi kashf qilinmaguncha yarim asr hukm surdi.
Havo nasosi kashf qilinishi o‘quvchilarga ma’lum tajribalarni o‘tkazishga
yordam berdi, bunda tanga yoki qo‘rg‘oshin parchasi vakum trubalari ichida
pardek bir xil tezlikda tushishadi. Bu ilmiy tajribadan keyin Aristotelning qarashi
butunlay rad qilindi. Lekin, metallarning va parni oqilona tarzda tanlanganini
ta’kidlab o‘tish lozim. Shular yordamida Galileo o‘z fikrini isbotlab berish
uddasidan chiqdi. Keysni strategik tarzda tanlash keysning umulashtirishga olib
kelishini kuzatish mumkin.[14, 224 b]
Keys-stadi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida
qo‘llanila boshlangan. “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu
so‘z ko‘proq tibbiyot va huquqshunoslik sohalarida qo‘llanilib kelingan, ta’lim
tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi. [30, 117 b]
1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish
tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va
muhokama qilishni ta'limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur
o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. [43,5 b]
2
Turli-xil vaziyatli mashqlar to‘plangan ilk kitob 1921 yilda Kouplend va
Garvard biznes maktabining rahbari Volas Donam homiyligida chop qilingan.
Keys- stadi texnologiyasining rivojlanishida Garvard va Manchestr maktablari
alohida ahamiyatga egadir, ular bir-biridan qo‘llanish usullari orqali farq qiladi.
Keys- stadi uslubi birinchi marotaba ijtimoiy fanda Frederik Le Play
tomonidan 1929 yil oila byudjeti statistikasini hisoblashda qo‘llangan.[38,120 b]
Keyinchalik keys stadilar ijtimoiy fanlarda yangi nazariyalarni yaratishda
sotsiologlar Barney Glaser va Anselm Strauss tomonidan 1967 yil, “asoslangan
nazariyada” tadqiqot metodi sifatida qo‘llanilgan. [30,110 b]
XX asarning boshlarida Garvard maktabining o‘qituvchilari darslarida
ma’ruza
o‘qish
jarayonida
fikrlashga
undovchi
masalalarni
to‘liq
tushuntirmaganlar, bu masalarga javoblarni talabalarning o‘zlari toptirishga
harakat qilganlar va talabalarning bildirgan yechimlarini qayd qilib borganlar. Bu
jarayon davomida turli hil muammolarni ham kiritib, talabalarni yechimlarni
topishga undaganlar.[36,116 b]
XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu texnologiya dunyo bo‘ylab keng
tarqaldi. Ko‘pgina mamlakatlarda bu texnologiyadan faqat iqtisod fanlarini
o‘qitishda qo‘llanilib kelingan edi. O‘sha paytda bu texnologiya ustida rossiyalik
olimlardan
G.A
Bryanskiy,
Yu.Yu
Ekaterinoslavskiy,
O.V
Kozlova,
Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platonov, D.A Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S.
Rapopportniklar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ammo bu davrda texnologiyaga
yetarlicha darajada e’tibor qaratilmagan, turli ijtimoiy qatlamlar tomonidan
taziyiqga uchraganligi sabab bu texnologiya dars jarayonlarida qo‘llanilmay
qo‘yilgan.
Keys-stadi texnologiyasi 1990-yillarning ikkinchi yarimda Rossiyalik
mutaxassislar tomonidan yana qayta o‘rganila boshlandi. Iqtisodiyot sohasida olib
borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar natijasida, zarur paytda mustaqil va
to‘g‘ri qarorni qabul qilib, qiyin bir holatdan chiqaradigan , to‘g‘ri tavakkal qila
biladigan iqtisodchilarga talab keskin oshdi. Buning natijasida ko‘plab oliy ta’lim
2
muassalarida o‘qitilayotgan fanlarda keys texnologiyasi qo‘llanila boshlandi va
shuningdek iqtisodiyot sohasiga yangi yo‘nalishlar qo‘shildi: menejment,
marketing, sotsiologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Ushbu yo‘nalishlar orqali
ta’lim sohasiga interaktiv o‘qitish uslublari kirib keldi.
Keys stadi o‘zining uzoq shakllanish bosqichlariga egaligi bilan ahamiyat kasb
etadi. Keys-stadilar farazlarni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llanilishi yaqin o‘n
yilliklarda paydo bo‘lib, mashhur uslubga aylanishga ulgirdi. Keys- stadilardan
foydalanish ta’limda, xususan ta’lim evolyutsiyasida mashhurlikka ega
bo‘ldi.[36,21b] Hozirda tajriba olamida ma’lum bo‘lganlarning ko‘pchiligi keys-
stadilar yordamida erishilgan va ko‘p sohalarda qo‘llaniladi, shular ichiga
psixologiya,
sotsiologiya,
antropologiya,
tarix,
ta’lim,
iqtisodiyot,
siyosatshunoslik, menejment, geografiya, biologiya va tibbiyot kiradi. Masalan,
barcha yuqori saviyadagi siyosatshunoslikka oid jurnallardagi maqolalarning
yarimi keys-stadilardan foydalanadi. Lekin bu yerda, Oksford professori Bent
Flyvbjerg ta’kidlaganidek aqlga zid fikr bor. Keys-stadilar keng ko‘lamda
qo‘llanilayotgan bir paytda, ularga bo‘lgan e’tibor pastligi va umuman e’tibordan
chetda qolayotgani tushunarsiz holat. Oliygohlarda taklif qilinayotgan kurslar
buning isbotidir. Ma’lumki keys - stadi paradoksi mavjudligi uning tadqiqot uslubi
deb qabul qilinganligi sabablidir. Bu keys stadi tushunmovchilikni hal qilish orqali
paradox yechimini topishi mumkin.[25,16 b]
Flyvbjerg(2006) keys stadining tadqiqot sifatidagi cheklanishlarga oid 5 ta
tasdiqlovchi gaplarni ko‘rsatib beradi: [14, 310 b]
1. Umumiy, nazariy bilim aniq, amaliy bilimdan qadrliroqdir.
2. Ayrim bir keysga asoslangan holda ilmiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.
3. Keys-stadi farazlarni dunyoga keltirishda juda foydali uslublar va farazlarni
tekshirib ko‘rishda va nazariya yaratishda qulay hisoblanadi.
4. Keys-stadi verifikatsiyaga moyil bo‘ladi, ya’ni tadqiqotchi fikrini
isbotlashga moyillik.
2
5. Ko‘p hollarda aniq misollar yordamida umumlashtirish va nazariyani
rivojlantirish qiyin kechadi.
Keys-stadi texnologiysi faqat ta’lim sohasiga hos uslubiy yangilik emas, bu
uslub talabaning bilim faoliyatga yo‘naltirishdan tashqari, uning kommunikativ
qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilgandir.
Hozirgi kunda keyslarni yozadigan va ularni nashr qiladigan Michigan
Universitetidagi Glabolens kabi markazlar mavjud. Dunyo bo‘yicha yuridik
maktablarda keys stadilarni o‘qitish va ularni yozish faoliyatning markaziy vazifasi
hisoblanadi. Yevropa Keys Kliring Uyi va Globalensga o‘xshagan ba’zi
tashkilotlarda eng yahshi o‘qitish keyslarini aniqlash uchun musobaqalar olib
boriladi. Ayrim muassasalar o‘qitish keyslarini yozishda juda faol qatnashadilar
(taqdirlangan mukofotlar soni bilan aniqlangan), bularga: Garvard biznes maktabi,
Virjiniya universitetining Darden maktabi, Michigan universitetidagi Ross biznes
maktabi, Richard Ivey biznes maktabi, Osiyo menejment instituti, Hindiston
menejment instituti, Ahmedobod va Kong universitetidagi Osiyo keys tadqiqot
markazi kabilar kiradi. [14,313b]
Dostları ilə paylaş: |