knyaz‟ Dmitriy muxri" deb yozildi. Orqa tomoniga Tuxtamish nomi yozildi, bu uning Oltin
Urdaga vassalligini bildirar edi.
Mana shunday tangalar Rus davlatining feodal tarkokligi davrida XIV asrlarda barcha
shaxar markazlarida zarb qilingan. Albatta, Rus davlatida markazlashgan davlatning tashkil
topishi jarayoni, tangashunoslik soxasigaxam ta`sir ko`rsatgan. By esa Moskva knyazligi atrofida
yagona Rus davlati qaror topganligi o`z ifodasini topgan. Buyuk knyaz’ Ivan III davrida o`ziga xos
tangalar zarb etilgan.
1534-35 yillarda Elena Glinskaya tomonidan pul isloxoti o`tkazildi. YAngi tangalarning
vazni va ulchov birligi o`zgardi. Mis tangalar- kopeykalar paydo bo`la boshladi. Rus tangalari mis
metaliga asoslanadi. Biroq Ivan Grozniy xam uz davrida yangi tangalarini zarb qildira boshladi.
Lekin katta qiymatdagi tangalarning yo`qligi salbiy okibatlarga olib keldi.
1610 yilda Moskva knyazi Vasiliy SHuyskiy davrida oltin tangalar-koopeykalar zarb
qilina boshlandi. "Trivennik" va "pyatachok" pullari muomalada bo`la boshladi.
1654 yili Aleksey Mixaylovich tomonidan yana pul isloxoti o`tkazildi, Yirik kumush
tangalar - "Taler" kabi, yirik mis tanga "dengi" - koopeykalari muomalada bo`la boshladi. Bu
isloxot xam iqtisodiyotga xech qanday ta`sir ko`rsatmadi, salbiy okibatlarga olib keldi.
XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Rossiyada xokimiyat, mashxur davlat arbobi
sarkarda Pyotr I xokimiyat tepasiga kelishi bilan davlatning barcha soxalarida o`tkazgan isloxotlari
uz natijalarini bera boshladi. Jumladan isloxot numizmatika soxasidaxam olib borilgan.
1700 yilda "poltina" va "polpoltushka" nomli mis tangalar zarb kildirgan.
1701 yili kumushdan "poltina","polpoltushka" zarb kildirgan.
Nixoyat 1704 yilda kumush rubl. ko`p partiyada mis koopeykalar zarb kildirgan. undagi
yozuvlar slavyan xarflari bilan bilan bitilgan.
5- va 10 tiyinlik tangalar rubl - taler, kumushdan "oltin" tangalar, rubl, "taler" va mis
tangalar, oltin - chervonetslar zarb qilina boshlangan. By esa mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy
okibatlarga olib kelgan.
CHervonets og’irligi 3,4 gramm G’arbiy Evropaning dukati bilan tenglashgirilgan.
Mana shu tarzda XVIII asrda Pyotr I ning isloxotlari natijasida Rossiyaning iqtisodiy
xayotida stabillashuv jarayoni ruy berdi. Bunga chervonets, rubl deb nomlangan pullarning zarb
etilishi xam ijobiy ta`sir ko`rsatgan.