77
Reja.
1. Qadimgi rus tangalarining paydo bo`lishi.
2. Rossiyada o`tkazilgan pul isloxoti.
VIII asr oxirlarida qadimgi rus davlati xududiga katta mikdorda sharq tangalari kirib
kela boshladi. Bu tangalar "
dirxam" deb atalib, O`rta Osiyo, Kavkaz orti. eron, Kichik
Osiyo. Messopotamiya kabi xamda Arab Xalifaligining katta xududida, Afrika
va Ispaniyaning turli
joylarida zarb qilinar edi. Ilgari VI-VII asrlarda Rusga sharq tangalaridan sosoniylarning
draxmalari xam etib kelgan edi.
Dirxamlar yirik dumalok shaklda zarb qilinar edi. Uning ikkala tomonida
xam yozuvlar
bo`lar edi. Bu yozuvlar xalifa yoki
shoxning nomi,
zarb qilingan shaxar, yil va shu kabilar edi.
Rus davlatiga Evropa tangalari XI asr davomida kirib kela boshladi. Bu tangalarning asosiy
qismini
german pfenniglari,
Anglo sakslarning pennlari tashkil qilar edi.
Vizantiya tangalari xam qadimgi Rusda katta rol’ uynadi. Vizantiyaning oltin tangalari
xalqaro savdo ishlarida ko`proq foydalanilsa, mis tangalaridan ichki savdodagi pul muomalasida
keng foydalanilar edi.
X asr oxiri - XI asr boshlarida Qadimgi Rusda o`zining xususiy tangasini chiqarish
uchun birinchi marta ko`rinish bo`ldi. YOzma manbalarda rus tangalarini zarb qilishning
boshlanishi xaqida ma`lumot saklanmagan. Lekin shu narsa aniqki, Rusda tanga zarb qilish
tasodifiy emas, balki bu butun Rus tarixining rivojlanishi davomida, avvalo ikki
yuz yil
mobaynida uning territoriyasida sharq tangalarining muomalada bo`lganligi natijasida yuzaga
keldi;
Tanga zarb qilish Vladimir I Svyatoslavich knyazlik qilgan davrda (980-1015),
aniqrog’i, 988 yilda xristianlik rasman qabul qilingandan keyin boshlandi. Bu xakda Iso
payg’ambarning oltin tangalarida va kumush tangalarning ba`zilarida tasvirlanganligi dalolat
beradi.
Tanga zarb qilishni Vladimir I ning ugillari Svyatopolk (1015-1019) va YAroslav
Mudriy (1019-11054) lar davom ettirdi. Oltin tangalarni faqat Vladimir zarb qildirgan edi. Uning
4 ta turdagi tangalari ma`lum Bu tangalarning old tomonida knyaz’, orqa tomonida Isoning tasviri
bor edi.
Pul muomalasi davrida XII-XIII-XIV asrlar pulsiz davr xisoblanadi. Mo`g’ul-tatarlarning
xujumi natijasida Rossiyada iqtisodiy xaet inkirozga uchragan.
XIV asrning so`nggi choragida 350 yillik tanaffusdan sung, Rusda yana tangalar zarb
qilingan.
78
YAngicha iktisoiy va siyosiy sharoitda rivojlanish yo`liga chiqib, bir vaqtning o`zida bir
qancha shaxar markazlarida zarb qilina boshlandi. Dastlab rus knyazlikdari orasida Moskva
knyazligi, knyaz
Dmitriy Donskoy davrida zarb qilindi. "
Dmitriy" nomi bilan ataldi. Old
tomonida, kulida qilich ushlab turgan kishi yoki "
xo`roz" aks ettirildi. aylanasiga "
Buyuk
Dostları ilə paylaş: