O‟pka ventilyatsiyasi. Odatiy holdagi nafas chiqarishdan keyin o’pkada zahira
va qoldiq havolar qoladi va u alveolyar havoni tashkil etadi. Alveolyar havoning
hajmi 2500-2800 ml.ga teng. Har bir odatiy nafas olishda 500 ml havo qabul qilinadi,
undan zararli bo’shliqda qolgan havo ajratib tashlansa, o’pkaga 360 ml havo tushadi,
bu paytda alveoalardagi havoning bor-yo’g’i 1/7 qismi (360:2500) ventilyasiya
qilinadi. Olingan havoning alveolyar havoga nisbati o’pka ventilyatsiyasining
koeffisiyenti deb ataladi. 1 daqiqada olingan havoning miqdori yoki nafasning
daqiqalik hajmi, 1 daqiqadagi nafas olish soniga ko’paytirilgan nafas hajmiga teng
bo’ladi. Odatiy nafas olishda erkaklarda u 5-8 L.ga, ayollarda esa 3-5 L.ga teng.
O’pka ventilyasiyasining hajmi moddalar almashinuvining jadalligi bilan aniqlanadi.
Nafasning daqiqalik mutloq hajmi bolalarda 5 yoshdan boshlab kattalarga
nisbatan ancha ko’p, 12 yoshda voyaga yetgan odamlardan 2 barobar ko’p. Hattoki
yangi tug’ilgan bolalarda nafasning daqiqalik hajmi 1 kg tirik massasiga hisoblab
chiqilganida voyaga yetgan odamlarnikidan 2 marta ortiq.
Odamlarda nafasning daqiqalik hajmini eng yuqori bo’lishi 20-30 yoshda qayd
qilinadi. Qarilik paytida o’pka ventilyasiyasining hajmi kamayadi.
Sog’lom odamlarda odatiy nafas olishda doimo yurakdan haydalayotgan
qonning daqiqalik hajmiga teng bo’lgan yoki daqiqada o’pka kapillyarlaridan
o’tadigan qon oqimi tezligiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi va bu nisbat 0,8-1,0 ga
teng bo’ladi.
O’z-o’zidan bajarilayotgan nafas olishda o’pka ventilyasiyasi kislorod qabul
qilinish darajasiga mos bo’ladi. O’pka ventilyasiyasi alveolalarga kislorodni
tushishini va karbonat angidrid gazining chiqarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari
bu gazlarning arterial qondagi ma’lum tarkibini saqlab turadi. O’pka ventilyasiyasini
imkoniyat darajasida o’z-o’zidan maksimal tezlashtirishda, nafas chastotalari 1
daqiqada 50-80 gacha, nafas hajmini 2-4 litrgacha, nafasning daqiqalik hajmini 100-
200 l.gacha oshiradi. O’pka ventilyasiyasi gazli soatlar yo’rdamida o’lchanadi.
|