Nafas olish fiziologiyasi


Plevralararo  manfiy  bosimning  ahamiyati



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

Plevralararo  manfiy  bosimning  ahamiyati.  Nafas  olish  paytida  ko’krak 

qafasining  o’lchami  kattalashadi,  ko’krak  qafasining  harakati  ortidan  ergashib 

o’pkaning ham o’lchamlari ortadi. 

Nafas  olish  paytida  o’pkaning  kengayib  o’z  o’lchamini  o’zgartishini  qanday 

tushuntirsa bo’ladi? 

O’pka  elastik  to’qimalardan  tashkil  topgan  va  u  havo  o’tkazmaydigan  visseral 

parda  (plevra)  bilan  o’ralgan.  Visseral  plevra  ko’krak  qafasining  ichki  devorini 

qoplab  turuvchi  parietal  plevrasiga  juda  zich  holda  joylashgan.  Plevralar  varaqlari 

orasida  yupqa  kapillyar  suyuqliklar  qatlami  bo’lib,  u  varaqlarni  bir-biriga 

ishqalanishiga  qarshilik  ko’rsatadi.  Plevra  varaqlari  doimo  bir-biriga  tiqilinch 

tutashadilar, lekin o’pka  o’zining tabiiy hajmi chegarasidan ortiq kengayadi, bu esa 

plevralar orasidagi manfiy bosimni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bola tug’ilguniga  

qadar  ko’krak  qafasi  yalpoq  holda  bo’ladi.  Embrional  rivojlanish  davrida  ham  kam 

miqdorda  plevralararo  manfiy  bosim  bo’lishi  aniqlangan.  U  embrional  rivojlanish 

davridagi  nafas  harakatlari  tufayli  yuzaga  keladi  va  o’z  navbatida  plasentadan 

homilaga qon kelishini kuchaytiradi. Ko’krak qafasiga ergashib o’pkaning kengayishi 

tug’ilgandan  keyingi  dastlabki  nafas  olishdan,  u  yerdagi  mavjud  atmosfera  bosimi 

yoki  o’shanga  yaqin  bo’lgan  bosim  ta’siri  ostida  boshlanadi.  Yangi  tug’ilgan 

bolalarda  nafas  olish  paytida  o’pkaning  kengayishi  natijasida  manfiy  bosim  keskin 

oshadi.  Hayotining  ikkinchi  xaftasidan  boshlab  ko’krak  qafasi  hujayralari  o’pka 

to’qimalariga  nisbatan  tez  o’sishi  natijasida  o’pka  ham  yana  va  yana  cho’zila 

boshlaydi.  Shu  sababli  nafas  chiqarishda  o’pka  kengaygan  bo’ladi,  demak  voyaga 

yetgan odamlarda nafas chiqarish vaqtida manfiy bosim bo’ladi. 

Manfiy  bosim  qanday  yuzaga  keladi?  O’pkaning  elastik  iplari  tufayli  plevra 

varaqlari orasidagi bosim atmosfera bosimidan kam, ya’ni manfiydir. Plevra varaqlari 

orasidagi  bosimning  kamayishi,  eng  avvalo  o’pkadagi  bosim  to’lig’icha  plevraning 

visseral  varag’i  chegarasidan  tashqariga  berish  imkoniyati  bo’lmaganligi  sababli 

ta’min  etiladi  va  bunga  o’pkaning  elastik  iplari  yo’l  qo’ymaydi.  Odatiy  nafas 




 

123 


chiqarishda  plevra  varaqlari  orasidagi  bosim  atmosfera  bosimidan  611,8  Pa  ga  va 

odatiy nafas chiqarishda esa – 399 Pa ga kam bo’ladi. 

Nafas  olishda  o’pkaning  cho’zilishini,  ya’ni  ularning  elastik  iplarining  ortishi 

hisobiga manfiy bosim ortadi. Nafas chiqarishda esa o’pka cho’zilishining kamayishi 

natijasida  manfiy  bosim  ham  pasayad.   Kuchli  nafas olishda manfiy  bosim  6650 Pa 

gacha yetishi va undan yuqori ham bo’lishi mumkin. 

O’pka ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng, plevra varaqlari orasidagi bosim 

esa  atmosfera  bosimidan  past,  o’pka  ichidagi  havosi  bilan  kengayadi  va  nafas 

olinganda  uning  o’lchami  kattalashganida  ham  kengaygan  ko’krak  qafasi 

devorlaridan  ketmaydi.  Ana  shu  sababli  ham  ko’krak  bo’shlig’idagi  parietal  va 

visseral  plevralar  orasidagi  manfiy  bosim  nafas  olishda  o’pkaning  kengayishini 

ta’minlaydi. 

Ko’krak qafasi jarohatlanganda yoki visseral plevra varaqlari yirtilganda o’pka 

ichidagi va uning tashqarisidagi bosim, ya’ni hosil bo’lgan  plevralararo bo’shliqdan 

havoning  kirishi  hisobiga  ular  orasidagi  bosim,  tenglashganida  nafas  olish  mumkin 

bo’lmay qoladi.   

Plevra  varaqlari  orasiga  havoning  kirishi  pnevmotoraks  deb  yuritiladi.  To’liq 

ikki  tomonlama    pnevmotoraksda,  agar  ko’krak  qafasining  hosil  bo’lgan  teshiklari 

teng  bo’lsa  va  o’pka  kengayib  qayta  qisqarmaydi,  natijada  nafas  olish  to,xtaydi  va 

havo yetishmasligi tufayli o’lim yuz beradi. 

Bir  tomonlama  pnevmotoraksda,  agar  ko’krak  qafasida  hosil  bo’lgan  teshik 

tezda yopilsa, u yerga tushgan havo shimiladi va nafas olish  tiklanadi. 



O’pkaning tiriklik sig’imi.   Odatda voyaga yetgan odam o’rtacha 500 ml havo 

oladi va chiqaradi (o’rtacha 300 dan 600 ml.gacha.) havoning bu hajmi nafas havosi 

deyiladi. Yirik shoxli havonlarda u o’rtacha 6-8 l. ni tashkil etadi. 

Lekin  barcha  nafas  havosi  o’pkaga,  ya’ni  uning  alveolalariga  yetib  bormaydi. 

Nafasga  olingan  havoning  ma’lum  qismi  og’iz  bo’shlig’ida  hiqildoqda,  burun 

bo’shlig’ida, kekirdak va bronxlarda qolib ketadi.  Bu organlar  yuqori nafas  yo’llari 

deyiladi. Nafasga olingan havoning qon bilan birikish imkoniyati bo’lmagan qismini 

ushlab qoladigan havo yo’llarini ushbu qismi o’lik yoki zararli bo’shliq deb ataladi. 




 

124 


Voyaga  yetgan  odamlarda  bu  havoning  hajmi  140-160  ml.ga  teng  va  uning 

miqdori muskullarning bo’shashishi natijasida bronxlarning kengayishi tufayli ortishi 

va  aksincha  bronxlarni  torayishi,  ularning  muskullari  qisqarganida  kamayishi 

mumkin. 


Demak,  nafas  havosining  hajmidan  faqatgina  340-360  ml  havo  o’pka 

alveolalariga yetib boradi (500-160 yoki 140). 

Agar odatiy nafas olishdan keyin, qo’shimcha ravishda maksimal nafas olinsa, 

o’pkaga    yana  1500  ml  havo  olish  mumkin  va  bu  havoning  hajmini  nafas  olishni 

zahira hajmi, yoki qo’shimcha havo hajmi deyiladi. Agar odatiy nafas olishdan oldin 

maksimal  nafas  chiqarilsa,  so’ngra  esa  maksimal  nafas  olinsa,  yana  1500  ml  havo 

olish  mumkin.  To’lig’icha    nafas  chiqarilganidan  keyin,  nafasga  olish  mumkin 

bo’lgan havo hajmiga nafas chiqarishning zahira hajmi deyiladi. 

Bu  har  uchala  –  nafas,  qo’shimcha  va  zahira  havolarning  yig’indisi  o’pkaning 

tiriklik sig’imini tashkil etadi va qisqacha O’TS deb qayd qilinadi. 

Odamlarda  o’pkaning  tiriklik  sig’imi  3-4  L.ga  teng  bo’lsa,  yirik  shoxli 

hayvonlarda 26-30 L.ga tengdir. Tiriklik sig’im yoshga qarab, ya’ni ko’krak qafasi va 

o’pkaning  o’sishiga  bog’liq  holda  kattalasha  boradi.  18  yoshdan  35  yoshgacha  u 

maksimal  darajada  bo’lsa,  35-40  yoshdan  keyin  kamaya  boradi.  Ayollarda  tiriklik 

sig’imi,  erkaklarga  nisbatan  kam.  Tiriklik  sig’imi  tana  uzunligining  (har  5  sm  bo’y 

uzunligiga 400 ml) va gavda hajmini (ya’ni tiriklik sig’imidan 7 marta ko’p) ortishi 

bilan osha boradi.    

O’pkaning  tiriklik  sig’imiga  bajarilayotgan  ish  turi,  ayniqsa  sport  va  jismoniy 

tarbiya bilan shug’ulanish hamda tananing holati katta ta’sir ko’rsatadi. Tik turganda 

u o’tirgandagidan, o’tirganda esa yotgandagidan kattadir. Uning miqdori, o’pkaning 

qon bilan to’lishi ortganida, o’pkaning to’lig’icha tiklanishiga va ko’krak qafasining 

maksimal darajada kengayishiga qarshilik ko’rsatuvchi barcha holatlarda kamayadi. 

O’pkaning  tiriklik  sig’imini  o’lchashga  spirometriya  deyiladi.  Hattoki  kuchli 

yoki  maksimal  darajada  nafas  chiqarilganidan  keyin  ham  o’pkada  odamlarda  1  L, 

otlarda  esa  10  L.gacha  havo  qoladi,  ya’ni  uni  chiqarishning  imkoniyati  yo’q. 



 

125 


O’lganidan keyin ham qoladigan havoning bu hajmiga qoldiq havo deyiladi. Qoldiq 

havo bilan o’pkaning tiriklik sig’imi o’pkaning umumiy sig‟imi deyiladi. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin