Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

3-rasm. Kislorodning turli bosimida (38

o

 da) gemoglobinning kislorod bilan to’yinish 

darajasini ifodalovchi egri chiziq. 

 

Rasmdan  ko’rinib  turganidek,  alveola  havosidagi  kislorodning,    parsial  bosimi 



nolga  teng  bo’lganda,  gemoglobin  oksigemoglobinga  aylanmaydi.  Kislorod    parsial 

bosimini 

ko’tarilishini 

dastlabki 

davrida 

gemoglobin 

jadal 

ravishda 



oksigemoglobinga aylanib boradi, kislorod parsial bosimi simob ustuni xisobida  70-

100mm.ga  yetishi  bilan,  qondagi  gemoglobinning  qariyb  hammasi  (96%  ga  yaqin 

qismi)  oksigemoglobinga  aylanib  qoladi. Arterial  qonda  kislorodning  parsial  bosimi 



 

116 


95-100mm  atrofida  bo'ladi.  Bu  esa  undagi  barcha  gemoglobinning  oksigemoglobin 

holatida bo'lishini ko’rsatadi. To'qimalarda kislorodning parsial bosimi juda past shu 

sababli  to'qima  kapillyarlarida  oksigemoglobin  tezda  dissotsiatsiyalana  boshlaydi, 

ya’ni  gemoglobin  bilan  kislorodga  parchalana  boshlaydi.  Ajralib  chiqayotgan 

gemoglobin 

tezda 


to'qimalarga, 

hujayralarga 

o’tib, 

o’zlashtiriladi. 

Oksigemoglobinning  dissotsiatsiyalanish  darajasiga  harorat  va  qon  pH-  ko'rsatkichi  

ta’sir ko’rsatadi. Harorat va vodorod ionlari konsentratsiyasining ko’rsatkichi qancha 

yuqori bo’lsa, oksigemoglobinning parchalanishi ham shuncha tezlashadi. Binobarin, 

to'qimalarda  kislorodning  hujayralarga,  karbonat  angidridning  qonga  o’tkazilishi  

natijasida,  qon  muhitining  kam  darajada  bo’lsa  ham,  kislotali  tomonga  siljishi 

oksigemoglobinning  dissotsiatsiyalanishini  tezlashtiradigan  asosiy  omillardan  bo’lib 

qoladi. Organ qancha tez ishlasa, unga shuncha ko’p qon oqib kelishi kerak bo’ladi; 

bu  vaqtda  kislorodning  o’zlashtirilishi  ham,  qonning  karbonat  angidrid  bilan 

to’yinishi  ham  shuncha  tez  boradi,  buning  ustiga  ishlayotgan  organda  harorat  ham 

ko’tarilgan bo’ladi. Mana shularning hammasi, faol ishlab turgan organning kislorod 

yetarlicha  ta’minlanishi  uchun  to’la-to’kis  sharoit  yaratib  beradi.  Qonida  12gr/%  

gemoglobin  bo’lgan  hayvonning  100ml  qoni  to'qima  kapillyarlaridan  o’tganida 

o’zidan  5ml  kislorod  bo’lishi  tekshirishlarda  isbotlangan.  Qondagi  gemoglobin 

16gr/%ga yetganida 100ml qondan to'qimalarga o’tadigan kislorod 6,5ml ga boradi. 

Atmosfera  havosida  binobarin,  alveola  havosida  kislorod  parsial  bosimining  bir 

muncha kamayishi qonda oksigemoglobin hosil bo’lishining kamayishi va shu tufayli 

organizmda  sezilarli  o’zgarishlar  kelib  chiqishiga  olib  bormaydi.  Chunki  kislorod 

parsial  bosimi  simob  ustuni  xisobida  60mm  ga  teng  bo’lganda  ham,  qondagi 

gemoglobinning qariyb 90% oksigemoglobinga aylanadi. Ammo kislorodning parsial 

bosimi 


ancha 

kamayib, 

taxminan 

50mm 


dan 

pastga 


tushsa, 

qonda 


oksigemoglobinning  hosil  bo’lishi  kamayadi,  natijada  qon  kislorod  bilan  yaxshi 

to’yinmay  qoladi,  gipoksemiya  deb  shunga  aytiladi.  Bu  vaqtda  organizm 

to'qimalarining  kislorod  bilan  taq’minlanishi  kamayadi,  oqibatda  to'qimalarda 

kislorod kamchiligi – gipoksiya kuzatiladi. Agarda gipoksemiya juda kuchli, sezilarli 




 

117 


darajada bo’lsa, to'qimalarga kislorod mutlaqo bormay qo’yadi, bu anoksiya deyiladi. 

O’z-o’zidan ma’lumki, bunda shoshilinch choralar ko’rilmasa organizm o’lib  qoladi. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin