Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo`lib aytmoqchi bo`lgan fikr surat shaklida aks
ettirilgan. Lekin, suratli, so`zlar bilan ko`p narsani ifoda etib bo`lmagan va bu
soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600
dan ortiq bo`lgan. Bu yozuv 3-ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan.
Mesopotamiyaning Ur, Bobil, Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud
bo`lgan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Yevropa davlatlariga keng
tarqalgan. Misrda bundan VI-VII ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli
iyeroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasm va belgilar
bilan ifoda etilgan bo`lib zamonlar o`tishi bilan bu belgilar alifbo belgilariga
aylangan. Odamlar buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no
birkitib qo`yishning bu usuli ― “buyumli yozuv” deb atalgan. Son, raqamlarni
bildirish uchun, masalan, taxtachalarga o`yib shartli belgilar o`yilgan. Bu
xatcho`plardan turli xildagi shartnomalar tuzishda foydalanilgan. Xatcho`p
bo`lakchalari birlashtirilganda kertiklar bir-biriga mos kelgan. Xatcho`plar kalendar
sifatida ham qo`llanilgan (unga kunlar, haftalar soni va hokazolar o`yilgan). Ular
qarz shartnomalarida tilxat o`rnida ham xizmat qilgan. Yozib emas, balki xotirada
saqlab qolinishi lozim bo`lgan ayrim ma`lumotlarni saqlashda ham xatcho`plardan
foydalanilgan. Ular perulik cho`ponlarda, Lotin Amerikasi va Afrikaning boshqa
ba`zi xalqlarida hozir ham bor. Bir tizimcha ho`kizlarni, boshqa tizimcha sigirlarni
sanash uchun xizmat qiladi; bu tizimcha ikki tutamga ajratiladi - bir tutami bilan
sog`im sigirlar va boshqa tutami bilan bo`g`oz sigirlar sanaladi. Uchinchi tizimcha
buzoqlarni sanash uchun ishlatiladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu cho`ponning
podasida necha bosh mol borligini bildiradi. Qadimgi xitoylar ham hisob-kitob va
yodda saqlash uchun tizimchalardagi tugunlardan foydalanganlar
3
Qadimgi xalqlarda vaqt hisobi ham ko`pincha tugunlar bilan olib borilgan.
Eramizdan oldingi V asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot hikoya
M.M.Is`hoqov,I
B.
Xudaynazarov, Yordamchi tarixiy fanlar T.: TDSHI, 2018.
16-bet
Dostları ilə paylaş: