1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ishiga  havas  qo„ygan  bo„lsa,  u  yaxshi  o„qituvchi  bo„ladi.  Agar  o„qituvchi 

bolaga  faqat  otasi  va  onasi  kabi  havas  qo„ygan  bo„lsa,  u  oldingi 

o„qituvchidan  yaxshiroq  bo„ladi.  Bordiyu,  ikkala  hislatni  ham  o„zida 

mujassamlashtirsa,  u holda u mukammal va mahoratli  o„qituvchi  bo„la  oladi”. 

Ma‘lumki,  pedagogik  mahorat  tizimida  o‗qituvchining  pedagogik  nazokati 

(odobi)  muhim  mavqega  ega.  O‗qituvchi  nazokatsiz,  kasb  odobisiz  yuksak 

cho‗qqilar  sari  odimlay  olmaydi.  Masalaga  shu  nuqtai  – nazardan yondashilganda, 

muallifning  so‗zlari,  o‗qituvchi  pedagogik  mahoratiga  qo‗yilgan  talablarga  mos  va 

hamohangdir.   

SHunday 

kilib, 


evropa 

mutafakkir 

olimlari  o‗z  ilmiy  asarlarida 

o‗qituvchining  bir  qator  muhim  fazilatlari  haqida  fikr  yuritganlar.  Bularning 

qatoriga  quyidagi  fikrlarni  alohida  qayd  etish  lozim:  o‗qituvchining  har 

tomonlama  barkamol  bo‗lishi,  o‗zining  yuksak  hislatlari  va  his-tuyg‗ulari  bilan 

boshqa  kasbdagi  kishilardan  ajralib  turishi,  bolalar  ruhiyatiga  oson  kira  olish 

kobiliyati,  darslarni  o‗zlashtirishda  orqada  qolganlar  bilan  individual  ishlar 

olib  borish,  o‗quvchilar  diqqatini  o‗ziga  qaratish  mahorati,  mustaqil  ishlash  va 

o‗z  mahoratini,  malakasini  oshirish,  pedagogik-psixologik  odob  (takt)ga  ega 

bo‗lish,  notiqlik  san‘atini  puxta  bilish  kabilardir.   

      Hozirgi    kunda  ham  yevropaning  yetakchi  olimlari  (B.P.Zyazin,  V.A.Kan-

Kalik, 

Y.N.Kyuluytkin, 

N.D.Nikandrov, 

L.I.Ruvinskiy 

va 

boshqalar) 



o‘qituvchining  pedagogik  mahoratini  yanada  takomilashtirish  uchun    ilmiy-

tadqiqot  ishlarini  olib  bormoqdalar.  Xususan,  ular  o‘z  asarlarida  ―mukammal 

egallangan    pedagogik  mahorat‖ni  o‘qituvchi  doimo  orzu  qilib  intiladigan,  ammo 

yetisha  olmaydigan  yuksak  ideal  kasbiy  mahorat  sifatida  izohlaydilar.    Shu 

ma‘noda  ―mahorat‖  terminini  o‘qituvchiga  nisbatan  kompliment,  ya‘ni  maqtov 

tariqasida  eng  oily  baho  sifatida    qo‘llash  mumkin.  Pedagogik  mahorat  faqat 

o‘qituvchi  batamom  o‘zlashtirishi  lozim  bo‘lgan  kasbiy  bilim    va  ko‘nikmalarni 

egallashning  eng  yuqori  cho‘qqisi  sifatida    qabul  qilinmasligi  kerak.  Tajribali 

o‘qituvchi  o‘z  ijobiy  yutuqlari  bilan  qanoatlanib  qolmasdan,  hamisha  kasbiga  oid 

yangiliklarni  o‘zlashtirib  borishi,  jamiyat  taraqqiyoti  tufayli  paydo  bo‘ladigan 

zamonaviy  pedagogik  vazifalar  va  muammolarni  hal  qilishda  faol  ishtirok  yetishi; 

                                                 

7

 Педагогика:  Учеб. пособие для  студентов  пед.  институтов  /Под ред. Ю.К.  Бабанского.  – М: Просвещение, 



1983,  600-бет.   


o‘zining  kasbiy  ko‘nikma  va  malakalarini  uzluksiz  oshirib  borishga  intilishi  lozim. 

Bu pedagogik mahoratni  egallashning  ajralmas  qismidir.   

Pedagogik  mahoratni  egallash  va  rivojlantirishda  (malaka  oshirish, 

takomillashtirishda)  o‘qituvchi  o‘zi  bilgan  va  o‘rgangan  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  shakllantirib  boradi.  Demak  o‘qituvchi  kasbiy  mahoratini  oshirishga 

intiladi.  Uning  chegarasi  bormi?  Bizga  ma‘lumki,  bo‘lajak  o‘qituvchining 

pedagogik  mahorati  aslida  pedagogika  oiiy  ta‘lim  muassasalarida  rasmiy  ravishda  

egallanadi  va  bunga  tajribali  ustozlar,  olimlar  jalb  etiladi.  So‘ngra  o‘quv  -

tarbiyaviy    faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqini  beruvchi  hujjat  bilan  

ta‘minlanadi.  Shu  bilan  birga,  ba‘zan  yosh  o‘qituvchining  tajribasi  va  malakasi 

yetarli  emasligi  ham  tan  olinadi.  Demak,  o‘qituvchining  kasbiy  tayyorgarligini 

yanada  oshirish  uchun,  avvalo  uning  malakasini  oshirishga  sabab  bo‘ladigan, 

pedagogik  mahoratini  shakllantiradigan  zamonaviy  manbalarni,  omillarni,  vosita 

va  metodlarni  izlab  topish  zarur.  Ushbu  yondashuv  o‘qituvchi  pedagogik 

mahoratini   rivojlantirish  muammolarini  hal  etishda muhim  ahamiyat  kasb etadi.  

Ta‘kidlash  joizki,  har  bir  o‘qituvchi  ko‘nikma  va  malakalarini  oshirish  bilan 

birga,  o‘z  kasbiga  sadoqatli  bo‘lishi,  uni  sevishi  hamda  uzluksiz    takomillashtirib 

borishi    shart.  Bunda  belgilangan  maqsad  sari  intilish,  albatta  pedagogik 

mahoratning  eng  yuksak  cho‘qqilarini  egalashga    ishonch  –  o‘qituvchi  uchun 

muhim  ahamiyatga  ega.  

Hozirgi  zamon  yevropa  olimlari  ilmiy  pedagogik  tadqiqotlari  tahliliga  ko‘ra, 

o‘qituvchining  kasbiy  mahoratini  oshirish  muammolarini  hal  yetish  quyidagicha 

talqin  yetiladi:   

-  o‘quv – tarbiyaviy jarayonni  eng qulay  uslublarini  topish va joriy  etish; 

-  o‘z mehnatini  muntazam  ilmiy  asosda tashkil yeta olish; 

-  o‘qituvchi pedagogik qobiliyatini  va pedagogik madaniyatini  oshirish; 

-  pedagogic muammolarni  mohirona hal  etish yo‘llarini  takomilashtirish; 

-  amaliy  va nazariy  bilimlarni  doimiy oshirib borish; 

-  kasbiy ijodkorlikni  uzluksiz  rivojlantirish. 

 SHuni  ta‘kidlab  o‗tish  joizki,  SHarq  va  G‗arb  olimlari  tomonidan  tahlil 

qilingan  o‗qituvchi  kasbi  haqidagi  ko‗pgina  mulohazalar  hozirgi  kungacha  o‗z 

ahamiyatini  saqlab  kelmoqda,  demak  millati  va  kelib  chiqishidan  qat‘iy  nazar 

ajdodlar  merosini  takomillashtirish  evaziga  hozirgi  kunda  ta‘lim  va  tarbiyani 

yanada  yuksak  bosqichlarga  ko‗tarish  mumkin. 

 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin