Shuni yodda tutish kerakki, pedagogik faoliyat bu bir tomonlama emas,
balki ikkitomonlama (hamkorlikdagi) faoliyatdir. Unda ikkita faol tomon ishtirok
etadi: o‘qituvchi – o‘quvchi. Maqsad – o‘quvchi shaxsini rivojlantiriishdir.
shaxsni shakllantirishning umuminsoniy g‘oyasi sifatida xizmat qilib kelayotgan
tarbiyaviy ishni amalga oshirish bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyatning asosiy
N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatning o‘zaro bir-biri bilan aloqador quyidagi
uch tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatadi: konstruktiv, tashkilotchilikka doir va
kommunikativ. Konstruktiv faoliyat mazmunli (o‘quv materialini tanlash va
tizimlashtirish, pedagogik jarayonni rejalashtirish va tashkil etish), konstruktiv
operativ (o‘zining va o‘quvchilarning harakatlarini rejalashtirish); konstruktiv-
moddiy (pedagogik jarayonning o‘quv-moddiy bazasini loyihalash) jihatlarni
o‘zida aks ettiradi. Tashkilotchilik faoliyati – o‘quvchilarni faoliyatning xilma-xil
turlariga jalb etish. Kommunikativ faoliyat – pedagogning ta‘lim oluvchilar,
o‘qituvchilar jamoasi, jamoatchilik, mahalla va ota-onalar bilan munosabatini
yo‘lga qo‘yish.
Pedagogik faoliyatning o‗ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi.
1. Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o‗zining alohida
xususiyatlari, ro‗y berayotgan voqealarni idrok qilishi va ularga o‗zicha baho
beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta‘kidlanganidek,
har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o‗z maqsadi, ishtiyoqi va
shaxsiy xulqqa ega bo‗lgan ishtirokchisi hamdir.
2. Pedagog doimo o‗sib-o‗zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga
yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish
mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.
3. O‗quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan
o‗qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta‘sir etadi.
SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o‗zida jamiki ta‘sirlarga va
o‗quvchilarning o‗zida paydo bo‗lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda
tutadi.
Pedagogik maqsadning o‗ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:
1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‘ni
pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog`liqdir. Uning mehnati
yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo‗naltirilgan. Pedagogik
faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta‘minlaydi. Bir avlod
tajribasini, ikkinchi avlodga o‗tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi
tabiiy imkoniyatlarni ro‗yobga chiqaradi.
2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog`liq. Bunda
pedagogik maqsad o‗quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o‗z faoliyati
maqsadini va unga erishish yo‗llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish
o‗quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote
ta‘kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so‗z ham, tinglovchilarni
mahliyo qilish ham o‗z-o‗zidan kelaveradi».
3. Pedagogik (ta‘lim-tarbiya) jarayonda o‗quvchi faoliyatini boshqarish
shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‗quvchi kelajagi tomon
yo‗naltirilgan bo‗ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o‗z faoliyatini
mantiqan o‗quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik
pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.
Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‗ziga xosligi o‗qituvchidan
quyidagilarni talab qiladi:
- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to‗la anglab, o‗z shaxsiga qabul qilishi.
Jamiyat maqsadlarini «o‗sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;
- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;
- o‗quvchilar qiziqishlarini e‘tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning
belgilangan maqsadlariga aylantirish.
Dostları ilə paylaş: