Eng qadimgi davrlardan eramizning XII asrlarigacha o‘qituvchilik
faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy qarashlar.
Ta‘lim va tarbiya tarixini o‗rganar ekanmiz, uning rivojlanishi, yillar
davomida shakllanib borishi ustoz va shogird faoliyatiga bog‗liqligining guvohi
bo‗lamiz. Eng qadimgi davrlardayoq mudarrislar (o‗qituvchilar) ta‘lim va
tarbiyaning samarali ta‘sir usullarini qidirib topib, hayotga tatbiq eta boshlaganlar.
Buning
natijasida
eramizdan
oldingi
davrlardayoq
ta‘lim-tarbiyaning
samaradorligiga erishilishi uchun o‗qituvchiga bo‗lgan talablar kuchayib bordi.
O‗qituvchi mahoratini takomillashtirish yuzasidan turli g‗oyalar, nazariya va
tavsiyalar paydo bo‗la boshladi.
Miloddan avvalgi VII – VI asrlarda O‗rta Osiyoda ishlab chiqarish
kuchlarining ortib borishi bilan ijtimoiy hayotda ham ijobiy o‗zgarishlar ro‗y berdi.
Turk va fors tilida so‗zlashuvchi xalqlar o‗rtasida o‗zaro madaniy aloqalar yuzaga
keldi. YOsh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda asrlar davomida qo‗llanib
kelingan, erli millatning o‗ziga xos urf – odati va an‘analariga mos ravishda tatbiq
etilgan ta‘lim va tarbiyaning noyob usul va vositalari, tadbir va shakllari vujudga
kela boshladi. Hali maktab bo‗lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq
qabila a‘zolari bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do‗stlik, mehr-
shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasida aql idrok bilan faoliyat
olib borishgan. Ularning ta‘lim-tarbiya usullari yillar davomida hayot tajribasi va
sinovlaridan o‗tib, sayqallanib o‗sha davrning olijanob mevasi sifatida bizning
davrimizgacha etib keldi.
VII asrlarga kelib O‗rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish
bevosita ta‘lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizg‗in faoliyati hamda ularga
qo‗yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga
sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta‘lim
va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish,
rag‗batlantirish, maqtash, namuna ko‗rsatish, tanbeh berish, ta‘qiqlash, majbur
qilish, po‗pisa qilish, qo‗rqitish kabi usullardan foydalanganlar. Biroq
mudarrislarning o‗zi bolaga ta‘lim-tarbiya berish uchun mukammal amaliy va
nazariy bilimga ega bo‗lishi kerak edi. SHu sababli mudarrislar savodli madrasa
toliblari orasidan tanlangan va ma‘lum muddat tayyorgarlikdan o‗tishgan.
Markaziy Osiyoning Xorazm zaminida shakllangan eng qadimiy va
“o„tmishdagi dinlarning eng kuchlilaridan bo„lgan” (YU.A.Rappoport)
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖da bolalar ta‘lim-tarbiyasiga oid
qiziqarli ma‘lumotlar berilgan. ―Avesto‖da ta‘kidlanadiki, bilim va tarbiya
hayotning eng muhim tirgagi bo‗lib hisoblanadi. Har bir yoshni shunday
tarbiyalash zarurki, u avvalo yozishni o‗rganish asosida bilim olishi kerak, so‗ngra
esa odob-axloqi bilan eng yuksak pog‗onaga ko‗tarilsin. Kohin muallimlari
oqsoqollar Kengashi tomonidan tanlanib, qat‘iy belgilangan qoidalar asosida
yoshlarga ta‘lim va tarbiya berishgan. ―Avesto‖da bolalarni o‗qitish va tarbiyalash
qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o‗qish va yozishga o‗rgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan o‗tgan muallimlar bolalarni etti yoshidan boshlab,
diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktablarda ―muqaddas
yashil ko‗ylak‖ kiydirish marosimi o‗tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni
―Avesto‖da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug‗lovchi ezgulik va yaxshilik
ma‘budasiga sig‗intirishgan. Duolar quyidagi so‗zlar bilan boshlangan: ―Men
zardushtiylik diniga sodiq qolishga va‘da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi
so‗zlar, yaxshi amallarga ishonaman...‖. Marosimdan so‗ng muallimlar bolalarga
sovg‗alar ulashishgan. Muallimlar mashg‗ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan
jismoniy jazodan ko‗ra ko‗proq o‗z diniga ishonch va e‘tiqodni, dunyodagi barcha
yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig‗inishni, odamlar
boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog‗diruvchi Axrimandan esa nafratlanish
hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog‗lom va baquvvat bo‗lib o‗sishi bilan birga
o‗z dinining barcha rasm-rusumlarini to‗liq bajarishiga, o‗rganilayotgan fanlarni
puxta bilishiga, axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgo‗ylik, saxovatlilik kabi
fazilatlarni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. ―Avesto‖da er, suv va
havo muqaddas deb e‘lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini
buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish
yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta‘limotida ilgari
surilgan umuminsoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va
yomonlik, ta‘lim va tarbiya haqidagi g‗oyalari bilan ulkan pedagogik ta‘sir kuchiga
ega bo‗lgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning o‗z kasbiga sadoqatini alohida
ta‘kidlab o‗tish lozim. Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi:
fikrning sofligi, so„zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Muallimlar ta‘lim va
tarbiyada yoshlar ongiga ―bergan so‗zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish,
savdo–sotiq va shartnomalarga qat‘iy amal qilish, qarzni o‗z vaqtida to‗lash,
aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‗lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni
qalbdan chiqarib tashlash, iymon–e‘tiqodli bo‗lish, miskinlarga yordam berish,
yaxshi niyat, yaxshi so‗z va yaxshi amallarga qo‗l urish‖ kabi insoniy tuyg‗ularni
singdirish uchun qizg‗in mehnat qilganlar. Xullas, ―Avesto‖ dunyodagi eng
qadimgi din – zardushtiylik ta‘limotining axloqiy falsafasi sifatida e‘tirof etiladi.
Buyuk allomalarimiz o‗z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini,
mas‘uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini,
yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‗yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar,
shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‗g‗risida o‗z
mulohazalarini bildirganlar. Uyg‗onish davrining etuk namoyondalari Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus,
Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, SHayx Sa‘diy SHeroziy, Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning
ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‗lajak murabbiylarga muhim
manba bo‗lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o‗tib, o‗z qimmatini
yo‗qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib,
boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning gullab yashnashi
faqat ta‘lim va tarbiyaga bog‗liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his
qilishgan. SHuning uchun muallimlar kuchi va g‗ayrati bilan barkamol avlodni
tarbiyalash ularning eng yorqin orzusi bo‗lib kelgan. O‗zbekiston deb atalmish
muazzam zaminimizda yashab o‗tgan allomalarning bu borada o‗z o‗rni va hurmati
bor. Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda muallimning o‗rni to‗g‗risida
allomalarimiz ijodiy merosidan juda ko‗p misollar keltirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |