mamlakatlarida rivojlanishi tarixi bayon etilgan hamda o‗sha davr notiqlari haqida
ma‘lumotlar berilgan. Ushbu asar hozirgi global o‗zgarishlar davrida insonni
ma‘naviy jihatdan kamolotga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur
noyob asar ko‗plab SHarq va G‗arb tillariga tarjima qilinib shuhrat qozongan.
Kayqovus o‗z asarida har bir yoshni aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasida
turmush tajribasi muhim ahamiyat kasb etishini aytadi. Bolalarni faqat yaxshi
mudarris tarbiyani hayot bilan bog‗lagan holda kamolotga etkazish mumkin deb,
uning yo‗llarini va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur
bo‗lgan quyidagi yo‗nalishlarda ta‘lim-tarbiya berish nazariyasi ko‗zda tutilgan:
1. Kayqovus bilim haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy etuklik haqida.
Kayqovus
mudarrislarning
axloqli
ekanligini
birinchi
belgisi,
uning
suxandonligida deb biladi va “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq
qobiliyatidir” deydi. Suhandonni shogirdlarga notiqlikda rost so‗zlash kerakligini
ta‘kidlaydi.
U so„zlarni to„rt xilga bo„ladi: birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi,
ikkinchisi aytiladigan va biladigan, uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga,
bilishga zaruriyati yo‗q, ammo aytsa ham bo‗ladi. To‗rtinchisi - biladigan va
zaruriyat bo‗lmasa aytilmaydigani. Eng yaxshisi to‗rtinchisi, ya‘ni biladigan va
aytilmaydigani, deydi. So‗zlaganda andishalik bo‗lish, sovuq so‗zlik bo‗lmaslik,
kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‗zini diqqat bilan eshitish odoblarini
ta‘kidlab o‗tadi.
Odamlarni ham to„rt xilga bo„ladi: birinchi xil kishilar ko‗p narsani biladi va
yana bilgisi kelaveradi. Bular olim va fozillar bo‗lib, ularga bo‗ysunish kerak,
deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar
bo‗lib, bunday kishilarni o‗qitish va o‗rgatish kerak. Uchinchisi, bilganini ham
bilmaydi, go‗yo uyquda yashagandek, ularni uyg‗otish kerak. To‗rtinchisi,
bilmaydi va bilmaganini ham tan olmaydi. Bular johil kishilar bo‗lib, ularni
o‗qitish befoyda, ulardan qochish kerak, deydi.
Dostları ilə paylaş: