Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‗z asarlarida inson kamolotida uch narsa – irsiyat,
muhit, tarbiya muhim rol o‗ynashini ta‘kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta‘lim berishdek
mas‘uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va
mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo‗lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:
1) Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo‗lish.
2) Berilayotgan bilimning o‗quvchilar tomonidan o‗zlashtirilishiga e‘tiborni qaratish.
3) Ta‘limda turli shakl va metodlardan foydalanish.
4) O‗quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini nazorat
qilish.
5) Bolalarni fanga qiziqtira olish.
6) Berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish.
7) Bilimlarni o‗quvchilarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda tushunarli olib borish.
8) Har bir so‗zning bolalar hissiyotini uyg‗otish darajasida bo‗lishiga erishish.
Dostları ilə paylaş: |