1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


“Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so‟rov savollari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-mavzu

“Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat”ga doir blits-so‟rov savollari 

1.  Pedagoglik  kasbiga qanday talablar  qo‘yiladi? 

2.  Pedagogik jarayon deganda nimani  tushunasiz? 

3.  Pedagoglik  kasbi  haqida  Sharq  mutafakkirlari  qanday  fikrlarni  bayon 

etishgan? 

4. Abu Ali  ibn Sinoning  mudarrislarga  tavsiyalari? 

5. Alisher  Navoiy asarlarida  mudarrislar  faoliyati  haqida? 

6. O‗qituvchi  o‗quvchilar  bilan  o‗zaro  hamkorlik  qilishi  uchun  nimalarga 

e‘tibor berishi lozim? 

 

Pedagogik faoliyat va uning o‟ziga xos xususiyatlari 

Pedagogik  faoliyat  bu  mazmunini  o‘quvchilarni  o‘qitish,  tarbiyalash, 

rivojlantirish  tashkil  qilgan  faoliyatdir.   

Shuni  yodda  tutish  kerakki,  pedagogik  faoliyat  bu  bir  tomonlama  emas, 

balki  ikkitomonlama  (hamkorlikdagi)  faoliyatdir.  Unda  ikkita  faol  tomon  ishtirok 

etadi:  o‘qituvchi – o‘quvchi.  Maqsad – o‘quvchi shaxsini rivojlantiriishdir.   

Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  asrlar  davomida  yuksak  ma‘naviyatli 

shaxsni  shakllantirishning  umuminsoniy  g‘oyasi  sifatida  xizmat  qilib  kelayotgan 

tarbiyaviy  ishni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq.  Pedagogik  faoliyatning  asosiy 

turlari  sifatida  tarbiyaviy  ish va o‘qitish aks etadi. 

N.V.Kuzmina  pedagogik  faoliyatning  o‘zaro  bir-biri  bilan  aloqador  quyidagi 

uch  tarkibiy  qismini  ajratib  ko‘rsatadi:  konstruktiv,  tashkilotchilikka  doir  va 

kommunikativ.  Konstruktiv  faoliyat  mazmunli  (o‘quv  materialini  tanlash  va 

tizimlashtirish,  pedagogik  jarayonni  rejalashtirish  va  tashkil  etish),  konstruktiv 

operativ  (o‘zining  va  o‘quvchilarning  harakatlarini  rejalashtirish);  konstruktiv-




moddiy  (pedagogik  jarayonning  o‘quv-moddiy  bazasini  loyihalash)  jihatlarni 

o‘zida  aks  ettiradi.    Tashkilotchilik  faoliyati  –  o‘quvchilarni  faoliyatning  xilma-xil 

turlariga  jalb  etish.  Kommunikativ  faoliyat  –  pedagogning  ta‘lim  oluvchilar, 

o‘qituvchilar  jamoasi,  jamoatchilik,  mahalla  va  ota-onalar  bilan  munosabatini 

yo‘lga qo‘yish. 

Pedagogik  faoliyatning  o‗ziga xosligi  quyidagilarda  namoyon bo‗ladi. 

1.  Inson  tabiatning  jonsiz  moddasi  emas,  balki  o‗zining  alohida 

xususiyatlari,  ro‗y  berayotgan  voqealarni  idrok  qilishi  va  ularga  o‗zicha  baho 

beradigan,  takrorlanmaydigan  faol  mavjudotdir.  Psixologiyada  ta‘kidlanganidek, 

har  bir  shaxs  takrorlanmasdir.  U  pedagogik  jarayonning  o‗z  maqsadi,  ishtiyoqi  va 

shaxsiy xulqqa ega bo‗lgan ishtirokchisi  hamdir. 

2.  Pedagog  doimo  o‗sib-o‗zgarib  boradigan    inson  bilan  ishlaydi.  Ularga 

yondashishda  bir  xil  qolip,  shakllanib  qolgan  xatti-harakatlardan  foydalanish 

mumkin  emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib  turishni  talab qiladi. 

3.  O‗quvchilarga  pedagogdan  tashqari,  atrof-muhit,  ota-ona,  boshqa  fan 

o‗qituvchilari,  ommaviy  axborot  vositalari,  ijtimoiy  hayot  ham  ta‘sir  etadi. 

SHuning  uchun  ham  pedagog  mehnati  bir  vaqtning  o‗zida  jamiki  ta‘sirlarga  va 

o‗quvchilarning  o‗zida  paydo  bo‗lgan  fikrlarga  tuzatishlar  kiritib  borishni  nazarda 

tutadi. 

Pedagogik maqsadning o‗ziga xosligini   quyidagilarda  bilish  mumkin: 

1. Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  jamiyat  tomonidan  belgilanadi,  ya‘ni 

pedagog  faoliyatining  natijasi  jamiyat  manfaatlari  bilan  bog`liqdir.  Uning  mehnati 

yoshlar  shaxsini  har  tomonlama  kamol  toptirishga  yo‗naltirilgan.  Pedagogik 

faoliyat  avlodning  ijtimoiy  uzviyligi  (ketma-ketligi)ni  ta‘minlaydi.  Bir  avlod 

tajribasini,  ikkinchi  avlodga  o‗tkazadi,  ijtimoiy  tajriba  orttirish  uchun  insondagi 

tabiiy  imkoniyatlarni  ro‗yobga chiqaradi.  

2. Pedagog  faoliyati  doimo  shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog`liq. Bunda 

pedagogik  maqsad  o‗quvchi  maqsadiga  aylanishi  muhimdir.  Pedagog  o‗z  faoliyati 

maqsadini  va  unga  erishish  yo‗llarini  aniq  tasavvur  qilishi va bu maqsadga erishish 

o‗quvchilar  uchun  ham  ahamiyatli  ekanligini  ularga  anglata  olishi  zarur.  Gyote 

ta‘kidlaganidek:  «Ishonch  bilan  gapir,  ana  shunda  so‗z  ham,  tinglovchilarni 

mahliyo  qilish  ham o‗z-o‗zidan kelaveradi». 

3. Pedagogik  (ta‘lim-tarbiya)  jarayonda  o‗quvchi  faoliyatini  boshqarish 

shuning  uchun  ham  murakkabki, pedagog maqsadi doimo o‗quvchi kelajagi tomon 

yo‗naltirilgan  bo‗ladi.  Buni  anglagan  holda,  mohir  pedagoglar  o‗z  faoliyatini 

mantiqan  o‗quvchilar  ehtiyojlariga  muvofiq  holda  loyihalaydilar.  Hamkorlik 

pedagogikasining   tub mohiyati  ham ana shundan iborat. 

Shunday  qilib,  pedagogik  faoliyat  maqsadining  o‗ziga  xosligi  o‗qituvchidan 

quyidagilarni  talab qiladi:    

-      jamiyatning  ijtimoiy  vazifalarini  to‗la  anglab,  o‗z  shaxsiga  qabul  qilishi. 

Jamiyat  maqsadlarini  «o‗sib» uning pedagogik nuqtai  nazariga  aylanishi; 

-   muayyan harakat  va vazifalarga  ijodiy  yondoshishi; 

-  o‗quvchilar  qiziqishlarini  e‘tiborga  olish,  ularni  pedagogik  faoliyatning 

belgilangan  maqsadlariga  aylantirish. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin