1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja


O„qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o„rni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-mavzu

O„qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o„rni 

XV  asrda  yashab,  ijod  etgan  mutafakkir,  Alisher  Navoiyning  yaqin  do‗sti 

Kamoliddin  Husayn  Voiz  al–Koshifiy  (taxm.  1440–1505  y.)  bola  tarbiyasida 

maktab  va  muallimning  alohida  o‗rni  borligi  haqida  gapirib,  muallimlar  dono, 

bilimli,  shirinsuxan,  adolatli  bo‗lishi  zarur,  deb  hisoblaydi.  Alloma  murabbiylar 

to‗g‗risida  ―Axloqi  Muhsiniy‖  asarida  shunday  yozadi:  “Murabbiy  (bolaga) 



nasihat  va  ta‟lim  berishda  lutf  va  odob  qoidalariga  rioya  qilishi  darkor. 

Jamoatchilik  joylarida  o„quvchiga  pand  berish  yaramaydi,  balki  xilvat  joyda 

bolaga  nasihat  qilish  zarur.  Agar  (murabbiy)  nasihat  berishning  fursati 

kelganini  bilsa,  unga  muloyimlik  bilan  murojaat  qilishi  lozim,  chunki  bizning 

zamonamizda muloyim va xushfe‟l  bo„lish  maqsadga muvofiqdir”.  

 Buyuk 


allomalardan 

Abdurahmon 

Jomiy 

o‗z 


asarlarida 

tarbiyachi-muallim 

foaliyatiga  quyidagicha  ta‘rif  beradi:  “muallim 

bilimli,  aqlli,  adolatli,  o„zida  butun  yuksak  fazilatlarni  mujassamlashtirgan 



bo„lishi  kerak.  O„zini  nomunosib  tutgan  odam  hech  vaqt  bolalarga  bilim  va 

odob bera olmaydi”. 

Hozirgi  zamon  o‗qituvchisi  qanday  ijobiy  sifatlarga  ega  bo‗lishi  lozim. 

Avvalo  zamonaviy  bilimlar,  ilg‗or  tajribalar  hamda  pedagogik  mahoratni  yuqori 

darajada  egallaganligi,  pedagogik  izlanish  vazifasiga  mos  tadqiqotlar  metodlari 

majmuasini  shakllantira  olishi,  nazariy  tadqiqot  va  amaliy  tajriba-sinov  ishlarini 

o‗tkazish  malakasiga  ega  bo‗lishi,  o‗qitadigan  o‗quv  fanidan  o‗quv  dasturi,  DTS, 

darsliklar  va  o‗quv-metodik  qo‗llanmalar,  elektron  darsliklarni  yarata  olishi  va 

amalda  qo‗llay  olishi  lozim.  O‗zining  pedagogik  faoliyatini  doimiy 

takomillashtirib  borishi,  kasbiy  sifatlarini  rivojlantirishi,  o‗z-o‗zini  nazorat  qilish 

va  baholash  malakasiga  egallashi,  yangi  pedagogik  g‗oyalarni  ishlab  chiqa  olish, 

zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  dars  jarayonida  qo‗llash  ko‗nikmalariga  ega 

bo‗lishi,  o‗qitishning  istiqbolli  yo‗nalishlari  talablari  asosida  metod,  shakl  va 

vositalarni  yaratish  va  ularni  ta‘lim  jarayonida  uzviy  qo‗llash  malakalarini  bilishi 

kerak. 


 O‗qituvchi  —  odobli,  adolatli  hamda  «bola  kalbining  injeneri»dir. 

Bolaning  ijobiy  va  salbiy  xususiyatlari  ba‘zan  murabbiydan  o‗tishini psixolog 

olimlar  ta‘kidlab  o‗tishgan.  CHunki  o‗quvchi  o‗qituvchining  yurish-turishi, 

kiyinishiga,  gapirishiga  taqlid  qiladilar.  Bola  garchi  yosh  bo‗lsa-da,  uning  inson 

ekanligini 

yoddan 


chiqarmaslik 

kerak, 


uni 

ko‗pchilik 

oldida 

obro‗sizlantirmaslik,  g‗ururini  toptamaslik  kerak. 

Pedagog  olim  Komil  Zaripov  o‗qituvchining  kasbiy  mahorati  mazmun  va 

mohiyatini  ―Ilg‗or  o‗qituvchi‖,  ―Ijodkor  o‗qituvchi‖,  ―Novator  o‗qituvchi‖ 

timsolida  asoslaydi va shunday ta‘riflaydi: 

 ―Ilg‗or  o‗qituvchi‖  avvalo  boshqa  o‗qituvchilarga  qaraganda  o‗z  ishiga 

mas‘uliyat  bilan  qaraydi.  SHu  sohadagi  ijobiy  tajribalarni  o‗rganib,  o‗z  darslarida, 

ta‘lim  muassasasidan  va  guruhdan  tashqari  tarbiyaviy  tadbirlarda  qo‗llaydi.  SHu 

orqali u ta‘lim  va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni  qo‗lga kiritadi.   

 ―Ijodkor  o‗qituvchi‖da  ham  ―Ilg‗or  o‗qituvchi‖dagi  xususiyatlar  bo‗lishi 

mumkin.  Ularning  jiddiy  farqi  shundaki,  ilg‗or  o‗qituvchi  mavjud  manbalarni 

o‗rganib,  shular  asosida  ta‘lim - tarbiya bo‗yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, 

ijodkor  o‗qituvchi  bor  manbalarga  tanqidiy  ko‗z  bilan  qaraydi.  Ko‗p  hollarda 

mavjud  metodik  yo‗l  –  yo‗riqlarga  o‗z  munosabatini  bildirib,  sharoit  va  vaziyat 

taqozosiga,  o‗zining  imkoniyatlariga  qarab  mavjud  tartiblardan  farqli    zamonaviy 

metodik usullardan  foydalanadi‖

1



 ―Novator  o‗qituvchi‖,  o‗zining  yaxlit  pedagogik  vosita  va  usullari  mavjudligi 



bilan  farqlanib  turadi.  SHu  bilan  birga  novator  o‗qituvchilarda  ilmiy  tahlil,  o‗ziga 

tanqidiy  ko‗z  bilan  qaray  bilish  xususiyatlari  ham  ega  bo‗ladi.  Ularning 

ko‗pchiligida  g‗oyat  murakkab,  boshqalar  o‗ziga  ishonmaydigan  sharoitlarda  ham 

o‗z ishlarining  to‗g‗ri ekanligiga  ishonch bo‗ladi.  

Demak,  pedagogik  mahorat  egasi  bo‗lish  uchun  o‗qituvchi  o‗zida  ham 

ilg‗orlikni,  ham  novatorlikni  (yangilikka  intilish),  ham  ijodkorlikni  tarbiyalashi 

lozim.  O‗qituvchi  pedagogik  mahoratini  ―O‗qituvchilarning  axloqiy  shakllanishi‖ 

                                                 

1

 Зарипов К.  Ўқитувчилар  малакасини оширишда мактаб раҳбарининг  роли. – Т.: ―Ўқитувчи‖,  1993,  97  – бет. 




yo‗nalishida  o‗rgangan  professor  Malla  Ochilov  pedagogik mahoratni egallashning 

muhim  manbasi  axloq  deb  ta‘kidlab,  kasbga  oid  axloq  normalarini  shunday 

ta‘riflaydi  “Faoliyatning  ma‟lum  bir  sohasi  bilan  shug„ullanuvchi  kishilarga 

taalluqli  axloqiy  normalar, talablar ham bor. Bunday  axloq kasb (professional) 

axloqi  deyiladi.  Har  bir  jamiyatda  hukmron  bo„lgan  axloq  bilan  kasb  axloqi 

o„rtasida  ma‟lum  bir  munosabat  mavjud.  Bu  umumiylik  bilan  xususiylik 

o„rtasidagi  munosabatdir.  Kasb  axloqi  umuminsoniy  axloq  nazariyasining 

qoidalari  va  kamchiliklarini  o„zida  mujassamlashtiradi,  oydinlashtiradi  va 

rivojlantiradi”.

2

  

Pedagogik  mahoratning  o‗ziga  xos  xususiyatlaridan  yana  biri,  uning 



o‗qituvchi  shaxsi  va  kasbi  to‗g‗risida  mukammal  ma‘lumot  va  tushunchalarga  ega 

ekanligidadir.  O‗qituvchi  inson  sifatida  shaxsiy  fazilatlarga  ega  bo‗lishi  bilan 

birga,  kasbiy,  ya‘ni  ixtisoslik  fazilatlariga  ham  ega  bo‗lishi  lozimligini  tajriba 

ko‗rsatmoqda.  Buni  yuqorida  kasb  axloqi  to‗g‗risida  bildirilgan  fikrlar  misolida 

ham ko‗rdik.  


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin