1-Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‟qituvchi mahorati masalalari Reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#44277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-mavzu

SHaxsiy  sifatlar  tizimida:  milliy  mafkuraviy  onglilik,  milliy  odoblilik, 

farosat,  nozik  didlik,  o‗z  kasbiga  sadoqat  va  vijdoniylik,  tashabbuskorlik, 

bolajonlik,  talabchanlik,  adolatparvarlik,  pedagogik  odob,  tadbirkorlik,  qat‘iylik, 

har  qanday  vaziyatda  o‗zini  idora  qila  olish,  millatlararo  muloqot  madaniyati, 

kuzatuvchanlik,  samimiylik,  topqirlik,  kelajakka  ishonch,  xushmuomalalilik  kabi 

fazilatlarga  ega bo‗lishi kerak. 



Kasbiy  sifatlar  tizimida:  pedagogik  ziyraklik,  O‗zbekistonning  o‗z  istiqlol 

va  taraqqiyot  yo‗li  mohiyati,  beshta  tamoyil  rivojlanishining  ma‘naviy  –  axloqiy 

negizlarini  bilishi,  milliy  tarbiya  mohiyati  va  mazmunini  chuqur  anglash,  chuqur 

ilmiy  nazariy  salohiyati,  pedagogik  ijod,  o‗z  fanining  tarbiyaviy  imkoniyatlarini 

mukammal  bilish,  pedagogik  bilimlarni  takomillashtirishga  intilish,  mamlakatimiz 

Prezidentining  ichki  va  tashqi  siyosatidan  xabardorlik,  o‗zbek  xalqining  an‘analari, 

qadriyatlari,  urf  –  odatlarini  yaxshi  anglashi,  siyosat,  tarix,  madaniyat,  ma‘naviyat, 

adabiyot  va  san‘at,  axloqshunoslik,  dinshunoslik,  huquqshunoslik,  o‗lkashunoslik, 

texnikaga  oid  ma‘lumotlardan  xabardorlik,  etnopedagogika,  etnopsixologiyaga  oid 

bilimlarga  ega bo‗lish va hokazo. 

Bo‗lajak  o‗qituvchilarda  yuqorida  qayd  qilingan  milliy  pedagogikaning 

faoliyatga  tayyorlovchi  shaxsiy  va  kasbiy  sifatlariga  ega  qilish  lozim.  Bu  hol 

kasbiy  mahorat  egasi  bo‗lish  va  kadrlar  tayyorlashning  milliy  dastur  talablarini 

bajarishga  yordam beradi. 



“Muallimning  yuksak  sifati  uning  aqli,  ilmi,  fikri,  so„zi,  axloqu-

odobidadir,  –  degan  edi  taniqli  murabbiy,  maktabshunos  olim  Hikmatulla 

Abdullaev  o‗zining  ―YAshil  daftar  hikmati‖  asarida.  –  O„qituvchining  yuz 



qarashlari  ham,  gapirishlari  ham,  qalbi  ham,  ko„rinishi  ham,  yurish-turishi 

ham,  kiyinishi  ham  chiroyli  va  ibrat  namunasi  bo„lsin.  Ayniqsa,  uning  nutqi 

tushunarli,  ravon,  ta‟sirli  bo„lishi  darkor.  U  muloqotda  bamisoli  so„z  zargari 

ekanligini ko„rsata olishi muhimdir. SHunga erishish  kerakki, odamlar, ayniqsa, 

                                                 

2

 Очилов  М. , Очилова Н.  ―Ўқитувчи  одоби‖. – Т.:  ―Ўқитувчи‖,  1997,  6-бет. 




ota-onalar  va  o„qituvchilar  uni  rostgo„y,  halol,  pokiza,  sog„lom  fikrli, 

shafqatli va muruvvatli,  insonparvar kishi  sifatida  e‟tirof  etsinlar”. 

O‗qituvchi  «Sog‗lom  avlod  uchun»  kurashchi,  bor  bilimi  va  tajribasini 

ta‘lim-tarbiya  ishiga  bag‗ishlagan,  o‗z  qadrini,  o‗z  hurmati,  o‗z  obro‗sini 

saqlaydigan  inson.  SHuning  uchun  vaqt  oltindan,  duru-gavhardan  qimmatlidir.  U 

har  bir  daqiqa  vaqtni  to‗g‗ri  taqsimlaydigan,  bajariladigan  vazifalarni  hisobga 

oluvchi, 

darsga  tayyorlanishi,  dars  o‗tkazishni  rejalashtiradigan,  ta‘lim 

muassasasining  umumiy  qo‗shimcha  topshiriqlarini  tez  va  sifatli  bajaradigan 

hamda vaqtida ovqatlanish, vaqtida dam olishni biladigan intizomli  shaxsdir. 

Ta‘lim  va  tarbiya  jarayoni  har  bir  o‗qituvchidan  ulkan  aql-zakovat,  sabr-

toqat,  matonat,  o‗quvchilarga  va  o‗z  kasbiga  yuksak  mehr-muxabbatli  bo‗lishni 

talab  etadi.  O‗qituvchining  doimo  izlanuvchan,  bilim  va  tajribasini  orttirib 

borishi,  o‗quvchilarni  chuqur  tushunish,  ularning  ic hki  d unyo s ini  p ayq ay 

o lis hi,   o ‗ s is h  va  rivo jlanis h  darajalarini nazorat qilib borishi na zarur paytda 

so‗z,  ish  yoki  amaliy  harakat  bilan  yordam  bera  olish  qobiliyati  ta‘lim  va 

tarbiya  jarayonining  muvaffaqiyatini  ta‘minlovchi  omillardir. 

Pedagogik  kasb  –  bu  barkamol  inson  sifatida  xarakterlanuvchi  ijtimoiy 

ahamiyatga  molik  fazilatlarning  barqaror  tizimidir.  O‗qituvchi  o‗z  kasbiga  ixlos 

qo‗yishi  va  uning  ijtimoiy  ahamiyatini  tushunib  etishi,  bolalarga  ta‘sir 

o‗tkazishi  va  ular  bilan  hamdardligini  namoyon  qila  olishi  shunday  fazilatlar 

majmuasidirki,  ular  o‗qituvchi  faoliyati  va  muloqoti  bilan  uyg‗unlashganda 

o‗qituvchi  mehnatining  bir  butunligiga  erishiladi. 

O‗qitish  va  tarbiyalash  –  bular  bir-biridan  ancha  farqli 

tushunchalardir.  O‗qituvchi  o‗z  kasbining  to‗la  ma‘nodagi  egasi  bo‗lishi 

uchun    atrof  muhitidagi  odamlar  orasida  hurmat–e‘tibor  qozona  olishi  kerak. 

O‗qituvchi  hamma  joyda  madaniyatli  murabbiy,  ezgu  fazilatlar  egasi  sifatida 

namuna  bo‗lishi  zarur.   

O‗qituvchining  mahorati  pedagogika  oliy  ta‘lim  muassasalarida  bilim  va 

malakalarni  egallash  davridayoq,  shakllanib  boradi.  Pedagogik  kadrlar 

tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirish  va  qayta  tayyorlash  tizimi  kasbga 

moslashishi,  tanlangan  kasb  ichidagi  uzluksiz  taraqqiyotga  moslasha 

oladigan,  keng  ma‘nodagi  o‗qituvchining  shakllanishiga  bo‗lgan  talabga 

muvofiq, 

holda 


bilimlarning 

pedagogik-psixologik 

va 

umummilliy 



mavqeining  o‗sib borishida aks etmog‗i lozim. 

Ayniqsa,  o‗qituvchilarning  qobiliyatida  notiqlik  san‘ati  qanchalik  kuchli 

va  ta‘sirchan  bo‗lsa,  o‗quvchilar  uning  so‗zini  zo‗r  ishtiyoq  bilan  tinglaydi. 

O‗qituvchi  o‗z  kasbiga  ixlos  qo‗yib,  o‗zining  pedagogik  iste‘dodini,  samimiy 

munosabatini  o‗quvchilar  orasida  namoyon  etsa,  o‗qituvchi  bilan  o‗quvchilar 

orasidagi  o‗zaro muloqot  yuksak  darajada  mustahkamlanib  boraveradi. _  

O‗qituvchilik  faoliyati  ushbu  kasbni  tanlagan  har  bir  yosh  yigit  va 

qizlardagi  qobiliyat  va  iste‘dodning  barcha  qirralarini  ishga  solishga  majbur 

qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “jamoada 40 ta qobiliyatsiz o„qituvchi 

o„rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o„qituvchi bo„lgani ma‟qul” ligi haqida 

gapirgan  edi.  Bu  bilan  u  qobiliyatsiz  kishilar  ta‘lim-tarbiya  ishiga  katta 

zarar etkazishi mumkinligini  alohida  uqtiradi. 



Avvalo,  o‗qituvchilar  –  ta‘lim  muassasasidagi  ta‘lim  va  tarbiyaviy 

jarayonining  asosiy  tashkilotchilaridir.  Yigit  va  qizlarning  ma‘lumot  jihatidan 

umumiy  tayyorgarlik  darajasi  hamda  mustaqil  ijodiy  tafakkur  taraqqiyoti, 

tarbiyalangan 

darajasi 

dastur 


va 

darsliklargagina 

emas, 

balki 


o‗qituvchilarga,  ularning  mahorati  hamda  fuqarolik  hislatlariga  ham  taalluqli 

bo‗ladi.  SHu  boisdan  ham  pedagogika  oliy  ta‘lim  muassasalariga 

o‗qituvchilik  kasbini  sevgan,  unga  chin  ko‗ngildan  qiziqqan  va  moyilligi 

bo‗lgan  iqtidorli  yoshlargina  qabul  qilinishi  lozim. 

 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin