Pedagogik fikrlar taraqqiyotida o‟qituvchi mahorati masalalari
Buyuk allomalarimiz o‗z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini,
mas‘uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini,
yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‗yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar,
shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‗g‗risida o‗z
mulohazalarini bildirganlar. Uyg‗onish davrining etuk namoyondalari Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus,
Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa‘diy Sheroziy, Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning
ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‗lajak murabbiylarga muhim
manba bo‗lib hisoblanadi.
Forobiy o‗zining didaktik qarashlarida ustoz, o‗qituvchining mas‘uliyatini
alohida ifodalaydi. ―Ustoz, - deydi u,- shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan
tashqari ko‗ngilchaklik ham qilmasligi lozim‖. Chunki ortiqcha zulm shogirdda
ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordi-yu ustoz juda yumshoq bo‗lsa, shogird uni
mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi.
Beruniy mamlakatning obodonligi ilm–fanning ravnaqi tufayli deb aytadi,
yoshlarning baxt–saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma‘rifat beruvchi
mudarrislarga bog‗liq deb ta‘kidlaydi. Ilm va ma‘rifat sari intiluvchi tolib va
mudarrislarga deydiki: ―Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi
illatlardan, odamni ko‗r qilib qo‗yadigan nafs va turli buzg‗unchi holatlardan, qotib
qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‗zlikni quli bo‗lishdan
ozod bo‗lmog‗i darkor‖.
Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham
aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga
etishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. SHarqda «SHayx ar-Rais» nomi
bilan mashhur bo‗lgan alloma - Abu Ali ibn Sino o‗qituvchi mahorati haqida fikr
yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o‗tadi:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‗lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o‗zlashtirib olayotganiga e‘tibor
berish;
- ta‘limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini
bilish;
- aqliy darajasiga mos ravishda ta‘lim berish;
- har bir so‗zning bolalar hissiyotini uyg`otishi darajasida bo‗lishiga erishish
zarur.
Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) jahon ilm-
fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‗shgan mashhur olim va adibdir. U o‗z
asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, mardlik va olijanoblikni
ulug‗laydi. Ulug‗ mutafakkir ―Navobig‗ ul-kalim‖ (―Nozik iboralar‖) asarida
kishilar ilmli bo‗lish, o‗qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‗ladi, olim kishi
oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo‗lsa, bu uning kamolotga
etganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‗g‗risida noyob fikrlar
bildirilgan: ―Murabbiy o‗qib tursagina murabbiy bo‗la oladi, agar o‗qishni to‗x-
tatib qo‗yar ekan, unda murabbiylik o‗ladi‖.
Shayx Muslihiddin Sa‘diy Sheroziy XIII asrda Eronda yashab ijod qilgan
yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo‗lishi bilan birga tajribali murabbiy
ham bo‗lgan. Shoir ―Guliston‖ asarida o‗z davri mudarrislarini turli toifaga bo‗lib,
ularni ta‘riflaydi. Qattiqqo‗l o‗qituvchilarni ―..basharasi tirishgan, tili zahar, yomon
xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko‗z, uni ko‗rishi bilan
shogirdlarining kayfiyati uchar‖ shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar.
Yana bir toifadagi o‗qituvchilar ―...sodda, yaxshi va yumshoq ko‗ngilli odam.
Unar-unmasga so‗zlamas edi va bolalarni ranjitadigan so‗zlar og‗zidan chiqmas
edi. Uning farishtadek axloqliligi va mehribonligini ko‗rgan bolalar murabbiyni
mensimay qo‗ydilar. Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham
o‗rganmaydilar. Alqissa bolalar o‗yin va to‗polonga berilib vaqtni bekorga
o‗tkazdilar‖.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod qilgan. U o‗z
asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go‗zal fazilatlarini kuylaydi.
«Iskandar xirodnomasi‖ asarida muallimlar to‗g‗risida noyob fikrlarni bildirgan:
―muallim aqlli, adolatli, o‗zida barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan
bo‗lishi kerak. O‗zini nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera
olmaydi‖. Shoir muallimning hayotdagi o‗rnini quyidagi baytida bayon qiladi:
―Ustod, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo‗lurdi jahon‖
Alisher Navoiy ijodida muallimlarga munosabat alohida berilgan. Uning fikricha, har
bir inson o‗ziga ta‘lim va tarbiya bergan ustozini, o‗qituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni
e‘zozlashi kerak. Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasini har qanday tasodifiy murabbiyga
ishonib topshirib bo‗lmasligini aytib, o‗qituvchiga yuksak talablarni qo‗yadi. Bolani
tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o‗stirish uchun nihoyatda savodli
o‗qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo‗lish kerak. Alisher Navoiy o‗qituvchini faqat dars
beruvchi, bilim beruvchi deb bilmaydi, balki mahoratli tarbiyachi bo‗lishi lozim deb ilm va
odobni birga olib borilishini, bu ikki jarayon hech qachon ajralmasligini ta‘kidlab o‗tadi.
Buyuk alloma o‗zining ―Mahbub-ul qulub‖ didaktik asarida o‗qituvchi xalq
oldida obro‗ga, hurmat va izzatga sazovor bo‗lishi kerakligini, u xalq g‗ami bilan
yashashini, xalqqa yordam beruvchi, xalq bilan birga bo‗lishi lozimligini aytadi.
Nodon, mutaasib, johil mudarrislarni tanqid qilib, mudarris olimlar orasidagi eng
sara ―malak qiyofali‖ kishi bo‗lishi, ya‘ni sof ko‗ngilli, pok qalbli, insofli, karam-
muruvvatli, odobli, vafoli, kishilikning eng yaxshi va oliyjanob hislatlarini o‗zida
aks ettiruvchi bo‗lishi kerak deydi. Ayniqsa, madrasalarda ta‘lim-tarbiya bilan
shug‗ullanuvchi mudarrislarga jiddiy talablarni qo‗yadi: «Mudarris kerakki, g‗arazi
mansab bo‗lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars
berishga havas ko‗rgazmasa va olg‗irlik uchun gap-so‗z va g‗avg‗o yurgizmasa,
nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‗lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni
unga bosh o‗rin bo‗lmasa, yaramasliklardan qo‗rqsa va nopoklikdan qochsa...
nainki, o‗zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni qilish mumkin, balki
halol desa, qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‗lsa va qilar ishlarni qilmaslik
unga qoida va odat bo‗lib qolsa, bu mudarris emas, yomon odatni tarqatguvchidir».
Demak, mudarris bilimli, fozil va donishmand bo‗lishi, kishilikning eng yaxshi
fazilatlarini o‗zida mujassamlashtirgan oliyjanob va kamtarin bo‗lishi, har qanday
yaramas ishlardan holi va pok bo‗lishi, o‗z xulqi va odobi bilan boshqalarga
namuna bo‗lishi lozim.
O‗qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‗g‗risidagi
muammolar Yevropa olimlari Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, G.Pestalotssi,
A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan.
Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o‗qituvchining eng
muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi,
iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab
beradi.
Yan
Amos Komenskiy o‗z davrida o‗qituvchilarning bola dunyoqarashini
rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‗qituvchilik «yer yuzidagi har qanday kasbdan
ko‗ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta‘kidlaydi. Muallifning fikricha,
o‗qituvchi o‗z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‗z qadr-qimmatini to‗la baholay
bilishi zarur. Ya.A. Komenskiy o‗qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi
fazilatlar namoyon bo‗lishi maqsadga muvofiqligini ta‘kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli,
axloqli, o‗z ishini sevuvchi, o‗quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas
uyg‗otuvchi, o‗quvchilarni o‗z ortidan ergashtiruvchi va diniy e‘tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalotssi o‗qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga,
asosan uning xalq ta‘limi tarmog‗ini takomillashtirishdagi roli hamda fan
asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‗xtalib o‗tadi.
A. Disterverg o‗qituvchining ta‘limdagi roliga yuqori baho berib, u o‗z
faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‗quvchilarni qalbdan
yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‗qituvchi bolalarning individual
xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan
darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‗lishi kerakligini takidlab o‗tgan.
Pedagog olim Djon Lokk o‗qituvchi psixologiyasining eng mu him
jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‗‘tadillik, g‗ayrat-shijoatlilik,
ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‗qituvchining pedagogik faoliyatidagi
rolini asarlarida yoritib bergan.
A.I.Gersen, L.N.Tolctoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy kabi rus
pedagog olimlari g‗arb mutafakkirlari g‗oyalarining voris lari sifatida
mazkur muammolarga o‗z mulohazalarini bildirganlar. Jumladan, A.I.Gersen
mulohazalariga ko‗ra, o‗qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan
munosabatda bo‗layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida,
axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste‘dodga ega bo‗lmog‗i
zarurki, unga har qaysi o‗qituvchi erisha olmaydi.
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta‘lim- tarbiya jarayonida o‗qituvchining
roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‗qituvchi kasbiga oid ilmiy mulohazalarida hech
bir Qonun yoki Programma, ta‘lim-tarbiya to‗g‗risidagi metod yoki tamoyillar
o‗qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati o‗rnini bosa olmaydi deb hisob-
laydi.
K.D.Ushinskiy o‗qituvchi ma‘naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda
ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadga muvofiq
ekanligi to‗g‗risidagi g‗oyani ilgari suradi. Mazkur g‗oyaning ijtimoiy ahamiyatini
tasdiqlovchi tizim – o‗qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar tizimini tashkil etishni u ilk bor
asoslab bergan.
K.D.Ushinskiy o‗qituvchining mashaqqatli mehnatini ta‘riflab shunday deydi: ―Hali
etilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‗lgan o‗ttiz yoki qirqta o‗quvchining ongini butun dars
davomida mashg‗ul qilib turish uchun o‗qituvchi o‗z so‗zlari va bergan masalalari to‗g‗risida
ko‗p bosh qotirishi, serdiqqat bo‗lishi kerak. Mana shu sababdan bilimi bo‗lgan har bir kishi
o‗qituvchi bo‗lishga layoqatli bo‗lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham etarlicha
ta‘rif qilinmaydigan bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‗r matonat va mahorat talab
qilinadi‖.
K.D.Ushinskiyning ta‘kidlashicha, o‗qituvchi qalbining bolalarga
nisbatan mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy
kuchini va qobiliyatini ko‗rsatadigan ma‘naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga ega
bo‗lib, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda namoyon bo‗ladi. Pedagogik
faoliyatning yana bir muhim tarkibiy qismi
o‗qituvchining xapakteri va his-
tuyg‗ularida, uning o‗quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon
bo‗luvchi pedagogik-psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini
qo‗llashdir. Uning fikricha psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning
barcha jabhalarida g‗oyatda keng qo‗llaniladigan faoliyat turi, shuning
uchun ushbu taktlarga ega bo‗lmasdan, odamlar orasida hech qanday muloqot va
nutq qobiliyatining o‗zi ham bo‗lishi mumkin emas, deb ta‘kidlaydi.
«Aqlli, fikran boy, bag‗ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni
qiziqtirmaydi, o‗zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan
tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun
xizmat qilish bilan..., – deb ta‘kidlagan edi mashhur rus pedagogi
V.A.Suxomlinskiy. – O‗qituvchi o‗zining butun borlig‗i, kundalik hayoti,
ma‘naviy madaniyati bilan hamkasblari va o‗quvchilarga o‗rnak bo‗ladi va
ularni o‗z ortidan ergashtiradi».
O‗qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy – nazariy
asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy –
pedagogik tayyorgarlik, o‗qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo‗nalishi va
bunda pedagogik mahorat to‗g‗risida so‗z yuritib, shunday yozadi: ―O‗qituvchi
muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‗qituvchilik mahoratini
egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga
murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning
umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir,
amaliyot bo‗lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat
– falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit
jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda
mushkul‖. Demak, o‗qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal
egallash talab etiladi, balki, pedagogik amaliyotni to‗g‗ri va maqsadli tashkil qilish
uchun chuqur ilmiy – nazariy ma‘lumotlarga ham ega bo‗lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‗qituvchi fazilatining mukammalligini o‗z
mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‗lishi bilan bir vaqtda
bolalarga bo‗lgan munosabatida, ularni xuddi o‗z farzandlaridek jon-dilidan
sevishida ekanligida ko‗rgan. Uning ta‘kidlashicha, ―agar o‗qituvchi faqat
ishiga havas qo‗ygan bo‗lsa, u yaxshi o‗qituvchi bo‗ladi. Agar o‗qituvchi
bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo‗ygan bo‗lsa, u oldingi
o‗qituvchidan yaxshiroq bo‗ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‗zida
mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o‗qituvchi bo‗la oladi‖.
Ma‘lumki, pedagogik mahorat tizimida o‗qituvchining pedagogik nazokati
(odobi) muhim mavqega ega. O‗qituvchi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak
cho‗qqilar sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai – nazardan yondashilganda,
muallifning so‗zlari, o‗qituvchi pedagogik mahoratiga qo‗yilgan talablarga mos va
hamohangdir.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‗z asarlarida o‗qituvchining kasbiy
fazilati to‗g‗risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: ―Pedagog darsda ma‘lum bir
o‗ziga xos rolni o‗ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‗ynashni
bilmaydigan o‗qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma‘lum ma‘noda
aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe‘limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol
bo‗lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‗ngil azoblari bilan, hijronli
his-tuyg‗ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Axir
biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‗ngil zahmatisiz ish bitirish
mumkin bo‗lsa, pedagog ham ko‗ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‗ladi.
O‗quvchiga ba‘zan muloqotda ko‗ngil azobini namoyish etishga to‗g‗ri keladi.
Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‗ynashni ham bilishi kerak.
Tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‗qituvchi g‗azablanganda, quvonganda, xafa
bo‗lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‗ularini bir holatdan
boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan
o‗tkazishni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‗ynash yaramaydi. Bu o‗yinda
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‗laydigan qandaydir kamar bor, bu
sizning go‗zal xulqingizni namoyish etib bog‗lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o‗yin
o‗lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‗ularingizni,
mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir‖.
Pedagog olim o‗qituvchining hech bir kasbga o‗xshamaydigan kasbiy
faoliyatini yuksak baholab, ―Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni,
quvnoq yoki jahldor bo‗lishni bilishi lozim, u o‗zini shunday tutishi kerakki, uning
har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin‖ – deb yozgan edi.
Shunday qilib, evropa mutafakkirlari o‗z ilmiy asarlarida o‗qituvchining
bir qator muhim fazilatlari haqida fikr yuritganlar. Bularning qatoriga
quyidagi fikrlarni alohida qayd etish lozim: o‗qituvchining har tomonlama
barkamol bo‗lishi, o‗zining yuksak hislatlari va his-tuyg‗ulari bilan boshqa
kasbdagi kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish
kobiliyati, darslarni o‗zlashtirishda orqada qolganlar bilan individual ishlar
olib borish, o‗quvchilar diqqatini o‗ziga qaratish mahorati, mustaqil ishlash va
o‗z mahoratini, malakasini oshirish, pedagogik-psixologik odob (takt)ga ega
bo‗lish, notiqlik san‘atini puxta bilish kabilardir. Shuni ta‘kidlab o‗tish joizki,
Sharq va G‗arb mutafakkirlari tomonidan tahlil qilingan o‗qituvchi kasbi
haqidagi ko‗pgina mulohazalar hozirgi kungacha o‗z ahamiyatini saqlab
kelmoqda, demak millati va kelib chiqishidan qat‘iy nazar ajdodlar merosini
takomillashtirish evaziga hozirgi kunda ta‘lim va tarbiyani yanada yuksak bos-
qichlarga ko‗tarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |