BANI SA’LABA QABILASINING ELCHILARI Bani Sa’laba qabilasi ersa, Rasulullohni ko‘rmay turib o‘z yerlarida iymon keltirgan
kishilar edi. Raislardan to‘rt kishini elchi qilib Rasulullohga yubordilar.
Madinaga kelgach, to‘g‘ri masjidga kirishib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Shu chog‘da
Hazrati Bilol qaysi bir namozga takbir tushirmoqchi bo‘lib turgan edi.
Anda ular:
— Yo Rasulalloh, biz ersak siz bilan ko‘rishmay turib butun qabilamiz bilan hammamiz
iymon keltirdik, ular o‘z tomonlaridan bizni elchi qilib yubordilar. Hijrat qilmagan kishilar
o‘z yurtida iymon keltirganlari bilan Xudo oldida qabul bo‘lmagay, degan so‘zni siz
aytgansiz deydilar. Bu qanday ishdur, shul to‘g‘rimi? — deb so‘radilar.
Rasululloh:
— Islom yo‘lida bo‘lsanglar, unga to‘sqinlik yo‘q ersa, qaysi joyda tursanglar ham uning
ziyoni yo‘qdur,— dedilar.
Shu bilan bir necha kun turishib, Islom asoslarini o‘rganishgandan keyin, o‘z yerlariga
qaytmoqchi bo‘lishdi. Bularning har biriga besh uqiya kumush hadya berib, qaytmoqqa
ruxsat qildilar.