Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
317
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka ko‘chalarining
birida kelayotib
Rukona degan bir kishiga yo‘liqib qoldilar. Bu ersa Quraysh yigitlari ichida eng atoqlik
bahodirlardan edi. Uni ko‘rib:
— Ey Rukona, Xudodan qo‘rq. Men Allohning payg‘ambaridurman,
iymon keltirib,
musulmon bo‘lg‘il, — dedilar.
Anda ul:
—
Ey Muhammad, Payg‘ambarligingga bir alomat ko‘rsatur bo‘lsang iymon keltirur edim.
Dalil, hujjatsiz qanday musulmon bo‘lurman? — dedi.
Rasululloh:
— Agar alomat ko‘rsatsam musulmon bo‘lurmisan?— deb so‘radilar.
Rukona:
— Albatta, musulmon bo‘lurman, — dedi.
Yiroqdan ko‘rinib turgan bir tup daraxtga qarab:
— Alloh
izni bilan oldimga kelgil, — dedilar.
Shundog‘ deyishlari bilan, u daraxt
turgan joyida teng yorilib, ikki ajradi. Yarmisi shul
turgan joyida qoldi. Qolgan yarmi yerni yorganicha Rasulullohga kelib salom berdi. Muni
ko‘rgach, hayron qolib aytdikim:
— Ey Muhammad, eng ulug‘ ish ko‘rsatding, bunga buyurgil, yana o‘z
joyiga borsin, —
dedi.
— Agar buyursam, o‘z joyiga borib qo‘shilsa, iymon keltirurmisan? — dedilar.
— Albatta,
iymon keltirurman, — deb va’da berdi.
Rasululloh buyurdilar ersa, Xudo
qudrati bilan bu yarmi borib, u oldingi yarmiga
yopishib, ilgarigidek bo‘ldi.
Shundog‘ ulug‘ qudratni ko‘rib turib, yana iymon keltirmadi.
Rasulullohning daraxtlardan
ko‘rsatgan mo’jizalari ersa, besh-olti joyda bo‘lganligini mo’tabar hadis kitoblarida bayon
qilurlar.
Dostları ilə paylaş: