Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
321
alayhi vasallam yerga qo‘l uzatib bir siqim mayda tosh oldilar.
Hovuchlarini ochishlari bilan u mayda toshlar sado qilib tasbeh aytishgali turdi. Ari
g‘o‘ng‘illagandek ularning tasbeh tovushlarini atrofda o‘ltirgan sahobalar eshitdilar.
So‘ngra changallaridagi mayda toshlarni yerga qo‘ydilar. Tasbeh aytib turgan toshlar,
yerga qo‘yishlari bilan to‘xtab, jim bo‘lib qolishdi. Yana ularni olib,
Abu Bakr Siddiq
olaqoniga qo‘yib edilar, yana tovushlari chiqdi. Andin olib yerga qo‘yib edilar, tasbehdan
to‘xtadi.
So‘ngra shu tartibda Hazrati Umar, Hazrati Usmon qo‘llariga
soldilar, yana tasbeh aytgali
turdi.
Hazrat Ali u kuni yo‘q edilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu
uchovlaridan boshqa sahobalar qo‘llariga ham qo‘ydilar ersa, hech birlarining qo‘llarida
tasbeh aytmadi».
Bundan ma’lum bo‘ldikim, boshqa sahobalarga qaraganda
choryorlarning Xudo oldida
darajalari ulug‘ ekandir. Raziyallohu anhum.
Dostları ilə paylaş: